2.3.5 Karshilik kuchining o‘rtacha qiymatini (o‘rtacha tangensial kuchni) aniqlash
Dinamik hisobda bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish uchun qarshilik kuchi (tangensial kuch)ning o‘rtacha qiymati ikki xil usulda aniklanib, ular o‘rtasidagi farq aniqlanadi:
O‘rtacha tangensial kuchni issiqlik hisobi natijalariga ko‘ra aniqlashda to‘rt taktli dvigatellarda quyidagi ifodadan foydalaniladi:
To‘ ih = pi’ ∙ Fp ∙ 103 / (2 π), kN
bu erda, pi’ – issiqlik hisobida aniqlangan o‘rtacha indikator bosim, MPa; Fp – porshen yuzasi, m2.
Aniqlangan o‘rtacha tangensial kuchni jadvaldagi tangensial kuchning o‘rtacha qiymati To‘ (2.6-rasmga qarang) bilan solishtiriladi. Ikki xil usul bilan aniqlangan o‘rtacha tangensial kuchlar o‘rtasidagi farq 5% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |