3.1.1 Dvigatelning rostlash tavsifnomasi ko‘rsatkichlarini aniqlash va tavsifnoma grafigini qurish
Hisoblanayotgan dvigatelning rostlash tavsifnomasi, ya’ni (Mdv, Ndv, ge = f(ndv)ni qurish uchun quyidagi emperik formulalardan foydalanib dvigatelning quvvati, burovchi momenti va samarali solishtirma yoqilg‘i sarfining joriy qiymatlari aniqlanadi.
Dvigatelning quvvati:
Ndvi = Nn∙ (0,7∙ (ndvi / nn) + 1,3∙ (ndvi / nn)2 – (ndvi / nn)3), kVt
bu erda: Ndvi, ndvi - dvigatel samarali quvvatining va aylanishlar chastotasining joriy qiymatlari kVt, min-1; Nn, nn -dvigatelning nominal quvvati va nominal aylanishlar chastotasi kVt, min-1. Nn va nn qiymatlari 1-bo‘limda aniqlangan.
Dvigatel tirsakli vali aylanishlar chastotasining joriy qiymatlarini quyidagicha olish tavsiya etiladi.
Bulardan - dvigatelning salt ishlashdagi maksimal aylanishlar chastotasi bo‘lib, bu qiymat formulaga qo‘yilmaydi, u faqat dvigatelning tortish tavsifnomasidagi rostlagich ishlash qismini chizish uchun ishlatiladi.
Dvigatel quvvati ning va aylanishlar chastotasi ning joriy qiymatlaridan foydalanib dvigatel burovchi momentining joriy qiymatlari quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
, N∙m,
Samarali solishtirma yoqilg‘i sarfining joriy qiymatlari quyidagicha aniqlanadi:
g/kVt . soat,
bu erda: - dvigatelning nominal samarali solishtirma yoqilg‘i sarfi, g/kVt . soat (bu ko‘rsatkich qiymati dvigatelning issiqlik hisobini bajarishda aniqlangan); -dvigatel tirsakli valini nominal aylanish chastotasi, min-1.
Rostlash tavsifnomasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning hisoblangan qiymatlari quyidagi 3.1-jadvalga yoziladi va shu ma’lumotlardan foydalanib 3.1-rasmdagi dvigatelning nazariy rostlash tavsifnomasi chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |