Узбекистон республикаси кишлок ва сув


Download 0.83 Mb.
bet22/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199415
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
302 Muzaffar

2.5 - rasm. Axos-340C traktorining 1104D-44T dvigitilining krivoship shatun mexanizmida ish jarayonida hosil bo‘ladigan tangensial kuchlar diagrammasi (namuna)



2.6 - rasm. Axos-340C traktorining 1104D-44T dvigitilining krivoship shatun mexanizmida hosil bo‘ladigan yig‘indi tangensial kuchlar diagrammasi

TΣ – dvigateldagi yig‘indi tangensial kuch; To‘ – o‘rtacha tangensial kuch; K – ortiqcha ish miqdorini tasniflovchi yuza

2.3.6 Maxovik massasini aniqlash

Dvigatel tirsakli valining turli holatlaridagi tangensial kuch qiymatidan o‘rtacha qarshilik (tangensial) kuchi qiymatini ayirib ular orasidagi farqni aniqlash mumkin. Bu farq 2.6-rasmdagi K yuzaga teng bo‘lib u ortiqcha ish miqdorini tasniflaydi, yoki uni maxovik va boshqa aylanuvchi detallarning ishchi yo‘lida to‘plagan kinetik energiyasi deb atash ham mumkin. Ortiqcha ish miqdorini aniqlashda K yuzadan foydalaniladi:

Aoi = K ∙ μr ∙ μL ∙ Fp ∙ 102=464 J,

bu erda, K – o‘rtacha qarshilik kuchi va yig‘indi tangensial kuch o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi yuza, mm2; μr, μL - bosim va uzunlik masshtablari, MPa/mm va m/mm; Fpporshen yuzasi, sm2 da. Uzunlik masshtabi quyidagicha aniqlanadi:

μL = 4 ∙ π ∙ R / Ltd =0,0033 m/mm,

bu erda, R – krivoship radiusi, m da; Ltd – tangensial kuch diagrammasida abssissa o‘qi uzunligi, mm da.

Traktor dvigateli uchun ortiqcha ishni boshqa formula yordamida ham aniqlash mumkin:

Aoi = Idv ∙ δ ∙ ω2 J,

bu erda, Idv – dvigatelning harakatlanuvchi massalarini dinamik inersiya momenti, kg.m2; δ – dvigatel tirsakli valining notekis aylanish darajasini ko‘rsatuvchi koeffitsient, traktor dvigatellari uchun δ = 0,01...0,006 oralig‘ida tanlanadi; ω–dvigatel tirsakli valining burchak tezligi, sek-1.

Oxirgi tenglama yordamida traktor dvigatelining harakatlanuvchi massalarini dinamik inersiya momenti aniqlanadi:

Idv = Aoi / δ ∙ ω2 =1,65 kg∙m2

Dvigatel maxovigining massasi quyidagicha aniqlanadi:

Gmax = Idv ∙ a / (Dmax / 2) 2=48,5 kg,

bu erda, a-inersiya momentining qancha qismi maxovikning dinamik inersiya momentini tashkil etishini ko‘rsatuvchi koeffitsient, traktor dvigatellari uchun a = 0,75...0,90, avtomobil dvigatellari uchun a = 0,85...0,90 oralig‘ida qabul qilinadi; Dmax-maxovik gardishi kesimining og‘irlik markazidan o‘tkazilgan aylana diametri, traktor dvigatellari uchun Dmax= 0,35...0,58 m, avtomobil dvigatellari uchun Dmax= 0,30...0,45 m oralig‘ida qabul qilinadi.

YUqorida ta’kidlanganidek dinamik hisob bo‘yicha hisoblashlarni bajarish va diagrammalarni qurishda kompyuterda Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dasturdan foydalaniladi. Natijalar jadval va alohida diagrammalar shaklida keltiriladi (9-ilovaga qarang).

3 - BO‘LIM

Bu bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida berilgan traktor dvigatelining quvvati, transmissiyasining uzatmalar soni, hamda etakchi g‘ildirakning diametri orqali traktorning asosiy parametrlari aniqlanadi. Bu parametrlarga traktorni asosiy qismlarini FIK, traktorni harakatga keltiruvchi urinma kuch, nazariy va haqiqiy tezliklar, traktorni harakatlanishiga qarshilik kuchi, traktor yurish qismida shataksirashdagi yo‘qotishlar, ilmoqdagi foydali tortish kuchi va quvvati hamda traktorning tortish FIK kiradi.

Tortish kuchi bo‘yicha hisobning ikkinchi qismida, traktorning nazariy tortish tavsifnomasi qurilib, unda loyihalashtirilayotgan traktorning tekis gorizontal tekislik sharoitida harakatlanganida tortish va tejamkorlik ko‘rsatkichlari aniqlanadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling