Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi


Kam energiya sarflash orkali ammoniy nitrat olish


Download 1.27 Mb.
bet36/45
Sana21.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1643803
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
МУКТ маьруза матн

Kam energiya sarflash orkali ammoniy nitrat olish. Ma`lum bo`lgan barcha turdagi sxemalar buyicha ammiakli selitra olishda nitrat kislotasini xattoki bosim ostida ammiak bilan neytrallanganda xam 95% dan yukori bo`lmagan kontsentratsiyali ammoniy nitrat eritmalari xosil kilinadi. Eritmani suyuqlanma xosil kilinguncha buglatish uchun anchagina mikdorda qo`shimcha issiklik sarflanishiga to`g`ri keladi.
(«Endjiniring») firmasi tomonidan yaratilgan yangi ammiakli selitra ishlab chikarishning «AN-2E» jarayonida bosim ostidagi neytrallash orkali bu kamchilik bartaraf etilgan. Neytrallanish 180°S xaroratda o`tkaziladi, bu neytrallagichda bosimning 0,4 va 0,8 MPa orasida (jarayonda ishlatiladigan nitrat kislota kontsentratsiyasiga bog`liq xolda) o`zgarishi orkali ta`minlanadi. Shunday kilib, fakatgina reaktsiya issiqligidan foydalanish xisobiga ammoniy nitrat eritmasining kontsentratsiyasini 99,7% gacha oshirish imkoniyati yaratiladi. Bu issiklik buglatish jixozining issiklik almashtirgichiga — neytrallagichdan olinadigan va unga nisbatan past xaroratda issiklik almashtirgichdan kaytariladigan tsirkulyatsiyali suyuqlik okimi orkali uzatiladi. Bunday tsirkulyatsiya neytrallagichdagi eritma xaroratini boshkarish imkoniyatini yaratadi. Bu usulning afzalligi texnologik jarayonda tozalanmagan bug xosil bo`lishi kuzatilmaydi.
Ammiakli selitra ishlab chikarish turli jarayonlarida reaktsiya issikligi bug` xosil kilish uchun ishlatiladi. Atmosfera bosimiga yakin bosim ostida (0,12 MPa) va 135°S xaroratda neytrallanishda 85% kontsentratsiyali eritma xosil kilinadi; 180-185°S xaroratda yukori bosim [-0,4 MPa ostida 75-77% li, 180°S xaroratda 0,4-0,8MPa bosim ostida («AN-2E» usuli buyicha) esa 65% li eritmalar olinadi. Yukorida kontsentratsiyalari keltirilgan eritmalar — neytrallagichga -60% kontsentratsiyali nitrat kislota berilishiga muvofik keladi.
«AN-2E» jarayonida neytrallagichdagi xaroratni va shu xarorat bilan reaktsiya xarorati orasidagi farkni o`zgartirish, shuningdek buglatish bo`limidagi vakuumni o`zgartirish orqali turlicha belgilangan kontsentratsiyali ammiakli selitra eritmalarini xosil kilish mumkin. Jarayon shunday boshkariladiki, bunda neytrallagichdagi bosim doimo ayni xaroratdagi eritma kaynash bosimidan yuqorida ushlab turiladi. Bu xolda texnologik bug` xosil bo`lmaydi va odatdagi texnologik sxemalarda ammiakli selitra tomchilarini tutib qolishi uchun va kondensatni texnologik bugdan tozalash uchun kullaniladigan kurilmalar talab etilmaydi. Neytrallanish jarayonida azotning yukotilishi nixoyatda oz darajada bo`ladi.
2.10-rasmda «A1\-OE» jarayonining soddalashtirilgan texnologik sxemasi tasvirlangan. Neytrallagichdan buglatish bo`limiga issiklikni tashuvchi ammiakli selitra okimining tsirkulyatsiyasi jarayonning asosi xisoblanadi. Issiklik almashtirgichdan sung eritma neytrallagichga k.aytariladi. Eritmaning tsirkulyatsiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Buglatish bo`limiga selitra eritmasi okimining kritilishidan oldin bosim ostidagi eritma redutsirlanadi (ya`ni, suyuqlik ustidagi bosim pasaytiriladi), bu esa uning xaroratining pasayishiga olib keladi. Eritmaning buglatish xaroratini pasaytirish uchun esa standart vakuum kurilmalari ishlatiladi.
Neytrallagich vertikal kurinishdagi idish bo`lib, yukori bosim ostida ishlashga muljallangan, jixozning ichida tik kiyalikda kuvur joylashtirilgan, u orkali eritma buglatish jixoziga kontsentrlash uchun yuboriladi.
Neytrallagich kuvvati unga beriladigan ammiak mikdori bilan aniqlanadi, ammiak mikdori esa kiritiladigan kislota mikdoriga muvofik kelishi kerak. Kislotaning ozgina mikdori reaktorning pastki kismidan olinadigan eritma ok.imiga Eritmaning rN qiymatini belgilangan darajada ushlab turilishi uchun kushiladi.
Nitrat kislota kontsentratsiyasi o`zgargandagi neytrallash jarayonini to`g`ri boshkarilishi kislota berish yunalishda joylashtirilgan, sezgir element biriktirilgan maxsus xisoblash kurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
Atmosferaga
Nitrat kislota

55% kontsentratsiyali nitrat kislota kizdirgich 1 ga va sungra Neytrallagich 2 ga tushadi, unga buglatgich 4 da bug`lanadigan gaz xolatdagi ammiak xam beriladi.
Sxemada atmosfera bosimida ishlaydigan neytrallagich kursatilgan, undan ammoniy nitrat eritmasi vakuum ostida ishlaydigan buglatgich 5 ga uzatiladi. Buglatgichdagi vakuum kondensator 7 da texnologik bugni suv bilan kondensatlanishi natijasida xosil kilinadi. Bug`latgichdan chikadigan ammoniy nitratning bir kismi buglatgich va reaktor urtasida tsirkulyatsiyalanadi. Buglatgich 5 dan chik.adigan texnologik bug separator 6 dan sung nitrat kislotani k.izdirish uchun k.izdirgich 1 da va suyuq. ammiakni buglatish uchun buglatgich 4 da kisman ishlatiladi. Buglatgichda xosil kilingan ammoniy nitrat eritmasi kayta neytrallagich 8 ga tushadi, u erda ammiak gazi bilan -88% kontsentratsiyagacha kayta neytrallanadi va buglatuvchi jixoz 9 ga uzatiladi, u erda 95% li kontsentratsiyagacha buglatiladi. Buglatilgan eritma kayta buglatish jixoziga beriladi. Xosil kilingan 99,5% li suyuqlanma donadorlash minorasida statik donadorlagichlar yordamida tomchilatiladi (rasmda ko`rsatilmagan). Elash va sovutish boskichlaridan o`tgan maxsulot tarkibida 34,5% azot va 0,4% namlik bo`ladi. Donachalarning o`lchami 1-4 mm orasida bo`ladi. Stabillovchi qo`shimchalar qo`shish nazarda tutilgan.
Lozim topilganda 95% li eritmani (qo`shimcha buglatishsiz) donadorlash minorasiga to`g`ridan-to`g`ri uzatish orkali govak selitra olinadi. Govak donachali maxsulotni maxsus kurilmalarda quritish natijasida undagi kolgan namlik yukotilishi mumkin.
Yukorida keltirilgan donadorlangan ammiakli selitra ishlab chikarishning texnologik sxemasi kui jixatdan ishlab chikarishda qullanilayotgan boshka sxemalarga uxshab ketadi. «]\ogy]<-Nuago» («Norsk-Gidro») firmasi tomonidan yaratilgan yirik donachalar (7-11 mm li) olish bilan tarelkali (likopchali) donadorlagich ishlatish orkali 99,5% li suyuqlanmadan changlanmaydigan donador ammiakli (yoki oxakli-ammiakli) selitralar olishning original yuqori xaroratli usuli xam mavjuddir. Jarayonning texnologik sxemasi 2.12-rasmda kursatilgan.
«]\og8`-Nus1go» firmasi kuvvati 400 t/sutka bo`lgan tarelkali donadorlash kurilmasiga egadir. Eng yirik kurilmani (600 t/sutkar Gretsiyada «NNVE» firmasi qurgan. «Soshrashe Rgansa{5e (1e `tago1e») frantsuz firmasi uzining korxonalaridan biridagi eski donadorlash minoralari o`rniga kuvvati 800 t/sutka bo`lgan «2gy2-Nus`-o» firmasining sxemasini tanlagan.



2.12-rasm. «Mog8|<-11u(1go» (<«11orsk-1ti;1,ro») firmasi usuli bo`yicha targlkali donadorlagichdan foydalanib donadorlangan ammiakli va oxak-ammiakli tarelkalar texnologik sxemasi:
1-dastur bunkeri; 2-ta`minlagich; 3-tarelkali donadorlagich; 4-baraban; 5-sovutgich;6-elak; 7-tegirmon; 8-kukunlashtiruvchi barabanlar; 9-skrubber; 10-separator.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling