Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi


Texnologik bug` kondensata


Download 1.27 Mb.
bet33/45
Sana21.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1643803
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
МУКТ маьруза матн

Texnologik bug` kondensata



6-rasm. AS-72M kurilmasinnnng texnologik sxemasi


(f-11X8m; N-63,5m)

1-ammiak gazini isitgich; 2-nitrat kislotasini isitgich; 3-NIF jixozlash; 4,5 - qo`shimcha neytrallagichlar; 6-kombinatsiyalangan bug`latish jixozi; 7-bug`-xavo aralashma yuvgich; 8,18-skrubberlar; 9-gidrotutqich-neytrallagich; 10-suyuqlanma fil`tri; II-suyuqlanma baki; 12- nasos; 13-markazdai kochma nasos; 14-ammoniy nitrat eritmasi uchun bak; 15-yukoridagi bak.16-akustik granulyator.17-donalashtiruvchi minora.19.22 ventilyatorlar.20-lentali transporter. 21-donalarni kaynovli katlamli sovitgich .23.24-xavo isitgich, 25-xavo puflagich.


Gaz xolatidagi ammiak isitgich 1 dan utib, 120-160°S gacha qiziydi. Nitrat kislota (58-60% lir esa isitgich 2 dan utib, xarorati 80-90°S gacha kutariladi. Ular ikkita iarallel ishlaydigan NIF jix,oziga tushadi. Azotni bug`-tomchi bilan (NN3, NN NNOz Oz, NN4NOz, N02 xolida) yo`qotilishini kamaytirish uchun nitrat kislota me`yoridan ortikrok bo`ladi. Chunki ammoniy nitrat eritmasi yuzasida NNOz bug` bosimi ammiaknikiga nisbatan kamrok bo`ladi. Jixozdan chikayotgan NNO3) kontsentratsiyasi (2-5 g/l) avtomatik boshkarib turiladi. Bu eritmaning xarorati 150-170°S, NN4NOz mikdori esa 89-92% bo`ladi. Bu eritma asosiy 4 va nazoratchi 5 neytrallagichlarda ammiak bilan neytrallanadi. Bularga 30-40% li Mg(NOz)2 eritmasi beriladi. Kontsentratsiyasi 0,1-0,5 g/l ammiakli NN4NOz eritmasi kombinatsiyalangan bug`latgich jixozi 6 ga tushadi. Undan suyuqlanma gidroto`sqich — neytrallagich 9 va fil`tr 10 orkali yiruvchi bak 11 ga tushadi. Bakdan nasos 12 yordamida bak 15 ga yuboriladi. Bu bak esa donadorlovchi minora 17 ustida joylashgan bo`ladi. Yukoridagi bak 15 dan suyuqlanma uchta vibroakuistik (tebranma akuistik) donadorlagich 16 orkali minoraga sochiladi (bundan tashkari yana uchta donadorlagich zaxirada — navbatda turadi). Donadorlovchi minora 17 kesimi to`g`ri burchakli 11x8 m, kalinligi 2 mm li 08x17T markadagi po`latdan yasalgan va uning balandligi 63,5 m ga teng. Minoraning tashki tomoni uglerodli po`lat bog`lamlar bilan maxkamlangan.


Xosil kilingan suyuqlanma tebranma akuistik donadorlagich (2.7- rasm) da plastika 3 ga o`rnatilgan soplodan tushadi va plastinkadan ostki teshikli tebratgichdan kelayotgan akuistik tebranishni singdirib sochiladi.

7-rasm. Akustik donadorlagich:


1-korpusi; 2-soplo; 3- plastinka; 4-turli fil`tr; 5-teshikli tebranuvchi gag/shk.
Selitra suyuqlanmasi 0,2% namlikda 167°S atrofidagi xaroratda kristallana boshlaydi, 140°S xaroratda esa to`la yutadi. Minora ostidan berilayotgan xavo mikdori yoz oylarida 500 ming mz/soat, kish faslida esa 300-400 ming mz/soat bo`ladi. Minoraning ostki konussimon kismidan donador maxsulot lentali transportyor 20 ga tushadi. Undan uch sektsiyali sovutgich 21 ga tushadi va xavo yordamida «kaynovchi katlam» da sovutiladi. Sovutgichdan o`tgan maxsulotning xarorati yoz faslida 40-50°S, kish faslida esa 20-30°S bo`ladi. Donadorlash va sovutish jarayonlarida selitraning namligi yana 0,1-0,15% ga kamayadi. Tayyor maxsulotda 99,8% NN2Oz bo`ladi. Agar atmosfera xavosining namligi 60% dan yukori bo`lsa, uni isitgichlar 23 orkali yuboriladi. Maxsulot polietilen yoki 3-4 kavatli qog`oz koplarga joylashtirilib tikiladi va omborga yuboriladi.Minoraning yukori kismidan xavo oltita skrubber 18 ga tushadi. Unda NN4NOz changlari va ammiak 20% li ammoniy nitrat eritmasi bilan yuviladi va ventilyator 19 yordamida atmosferaga chikariladi. Bundan tashkari bu skrubberlar orkali bug`latgich jixozidan yuvgich 7 orkali o`tgan gazlar va neytralizator skrubberi 8 dan o`tgan gazlar xam o`tadi.
Minoradagi kotish jarayonida kristallar 1-shakldan 11-ga, sovitgichdagi qotish jarayonida esa II —> III —> IV o`tish yuz beradi. Natijada maxsulotning solishtirma xajmi o`zgaradi (III da IV dan katta va donachalar mustaxkam emas). Kristallarning TG dan IV ga o`tishini ta`minlovchi eng samarali usul eritmaga magniy nitrat (0,3-0,6%r ko`shish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda suyuqlanmadagi namlik 0,25% dan oshmasligi lozim. Natijada 50,8°S xaroratda II —> IV o`tishni ta`minlash mumkin. Bu o`tish tufayli maxsulotning solishtirma xajmi kichik bo`lib, donachalarning mustaxkamligi oshadi.
Jarayonning texnologik sharoiti material va issiklik oqimlarini avtomatik boshkarish orkali yaratiladi. Bunda maxsuldorligi 56,8 t/sutka bo`lgan kurilmalarda 1 t donador ammiakli selitra (34,5% ) ishlab chikarish uchun 0,213 t ammiak (100% li), 0,793 t nitrat kislotasi (100% li), 0,96 kDj bug` va 28,3 kvt/soat elektr energiyasi sarf bo`ladi.
Ko`pincha texnik maksadlarda kristallik xolatidagi ammiakli selitra ishlatiladi. Bunday kristallik xolatidagi ammiakli selitra barabanli kristallizatorlarda xosil kilinadi. Buning uchun 97,5-98,5% li NN4NOz suyuqlanmasi ichki qismi suv okimida sovutiladigan barabanli kristallizator yuzasida ko`g`itilib, maxsulot kirgich yordamida kirib olinadi. Kristallik maxsulotning namligi 2% atrofida bo`ladi. Uni turli okimli baraban quritgichda 110-120°S gacha isitilgan xavo bilan kuritiladi. Natijada maxsulot 75°S gacha kiziydi va undagi namlik 2 barobar kamayadi.
2.3. Ammiakli selitra ishlab chikarishning chet ellardagi texnologiyalari
Garbiy Evropada ammiakli selitra asosidagi bir necha xil murakkab o`g`itlar xam ishlab chiqariladi. Ular dan biri oxak-ammiakli selitra xisoblanadi. Bu o`g`it tarkibidagi NN4NOz va SaSOz ning ogirlik nisbati 80:20 dan 53:47 gacha kattalikni tashkil etadi. Portlash xavfi bo`lmasligi uchun odatda 60% NN4NOz va 40% SaSOz aralashmasi (M = 26-28%) ni ishlatish ma`kul xisoblanadi. Bunday o`g`itlar nordon (kislotali) muxitli tuproklarda keng ishlatiladi. Bundan tashqari ammoniy sul`fat-nitratli (2Sh4r2504*2]2N4MOz o`g`itlar xamda NN4NOz va KS1 larning birgalikdagi suyuqlanmasidan kaliy-ammoniyli selitra olinadi. Bunday o`g`itlar juda oz mikdorda ishlab chikariladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling