Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish mumkin emas
-§. Tenglamalarni taqribiy yechish (Vatarlar va urinmalar usullari)
Download 1.66 Mb.
|
Hosilaning tatbiqi (2)
3.3-§. Tenglamalarni taqribiy yechish (Vatarlar va urinmalar usullari).
B iz tenglamalarni taqribiy yechishning ikki usuli – ildiz yotgan oraliqni ketma-ket ikkiga bo‘lish va al-Kishiy usuli bilan tanishmiz. Ularda a; b] kesmada qaralayotgan f (x) funksiyaning uzluksiz, monoton bo‘lishi va tengsizlikning bajarilishi talab etiladi, chunki shu holdagina [a; b] da yagona ildiz mavjud bo‘ladi. Shu shartlarning bajarilishi talab qilinadigan yana ikki muhim usul bilan tanishamiz. 1) Vatarlar usuli. f (x)=0 tenglamaning shu oraliqda yotgan x* ildizini ε aniqlikda topish kerak bo‘lsin. A(a; f (a)) va B(b; f (b)) nuqtalardan o‘tkazilgan AB vatar OX o‘qini x1 nuqtada kessin, y1=0 (V.23-rasm). a nuqtada bo‘lsa, x0=a va x1 nuqtalar izlanayotgan x* ildizga boshlang‘ich va birinchi yaqinlashish bo‘ladi (aks holda, bo‘lsa, x0=b, x1 lar yaqinlashish bo‘ladi). Agar bo‘lsa, masala hal qilindi va x*≈x1 deb qabul qilinadi. Aks holda shu kabi hisoblashlar [x1; b] kesma va A1B vatarga nisbatan takrorlanadi va hokazo. x1 yaqinlashishni aniqlash uchun AB vatarning tenglamasiga x=x1, y=0 qo‘yilib, x1 topiladi: Shu kabi, x2 yaqinlashishni topishda (1) dagi a o‘rniga x1 qo‘yiladi: va hokazo, har qaysi xk yaqinlashish oldin topilgan xk-1 bo‘yicha aniqlanadi: Bu jarayonda B nuqta qo‘zg‘almas bo‘lishini, xk yaqinlashishlar x* aniq yechimga quyi tomondan yaqinlashib borishini ko‘ramiz. Agar bo‘lsa, A nuqta qo‘zg‘almas bo‘ladi va x* ga yaqinlashishlar munosabat bo‘yicha aniqlanadi. Bu holda ok yaqinlashishlar x* ga o‘ng tomondan yaqinlashadi. 1-misol. tenglamani ε=0,0001 gacha aniqlikda yechamiz. Yechish. Ixtiyoriy tartibda a=-3, b=-2,9 nuqtalarni tanlaymiz. Ularda f(-2,9)=2,52...<0, f (-3)=4>0, demak, f(2,9)f(3)<0 bo‘lishini ko‘ramiz. Funksiya (-3;-2,9) intervalda uzluksiz, monoton, demak, yagona ildizga ega. Uni topishda vatarlar usuli qo‘llanolganda, oldin x0 boshlang‘ich yaqinlashish aniqlanadi. Demak, x0=-2,9. U holda: ya’ni hali talab qilingan aniqlik ta’minlangan emas va hisoblashlar davom ettirilishi kerak: Lekin ; hisoblashlar yana davom ettiriladi: Talab qilingan aniqlikka erishildi. Javob : x*≈-2,94040. 2) Urinmalar usuli. Agar f (x) funksiya [a; b] kesmada uzluksiz, differensiallanuvchi va f (a) f (b)<0 bo‘lsa, kesmaning uchlaridan birida f (x) grafigiga o‘tkaziladigan urinma OX o‘qini albatta kesadi (V.24-rasm). Kesishish nuqtasi f (x)=0 tenglama ildizining biror yaqinlashishini beradi. Boshlang‘ich yaqinlashish sifatida [a; b] kesmaning shunday uchi (V.24-a rasmda B nuqta, V.24-b chizmada A nuqta) tanlanadiki, unda f funksiya va uning f hosilasi bir xil ishoraga ega bo‘lsin. Undan o‘tkaziladigan urinma OX o‘qini albatta kesadi va x1 yaqinlashishni beradi. Bu holda boshqa uchidan o‘tkaziladigan urinma OX o‘qini [a; b] kesmada kesmasligi mumkin. Barcha xk yaqinlashishlar uchun yuqoridagi kabi rekurrent formulani tuzish maqsadida A(a;f (a)) yoki B(b;f (b)) dan o‘tuvchi urinma tenglamasiga y=0 qo‘yiladi. Jumladan, A nuqtadan o‘tuvchi urinmaning tenglamasi bo‘yicha yoki (4) rekurrent munosabatni, B nuqta bo‘yicha esa ni hosil qilamiz. Agar boshlang‘ich yaqinlashish sifatida x=a yoki x=b tanlangan bo‘lsa, qilgan xk yaqinlashishlar ushbu rekurrent formula bo‘yicha topiladi: 2-misol. tenglamani urinmalar usulini qo‘llab yechamiz. 1-misolda ko‘rsatilganidak, ε=0,0001 bo‘lsin. Yechish. f (x) funksiya [-3;-2,9] kesmada differensiallanadi. Unda Bu kesmada fva f(-3) larning ishoralari bir xil musbat. Boshlang‘ich yaqinlashish sifatida x0=-3 ni olamiz. (6) formuladan foydalanamiz: hisoblashlar davom ettirilishi kerak: bo‘lmoqda. Zarur aniqlikka erishildi, hisoblashlar to‘xtatiladi. Izlanayotgan ildiz: -2,9404. 0>0> Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling