V bob. Boshqaruv usullari


Boshqaruvning tashkiliy - ma’muriy usullari


Download 138.72 Kb.
bet3/10
Sana24.04.2023
Hajmi138.72 Kb.
#1393787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

5.2. Boshqaruvning tashkiliy - ma’muriy usullari
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu usullarga:

  • boshqipish apparatining muayayyan strukturasini tuzish;

  • har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash;

  • kadrlarni to‘g‘pi tanlash;

  • buyruqiar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.

Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek, bo‘ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Tashkiliy usullar shu yo‘l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funksiyalari bajarilishining:

  • tashkiliy barqarorligini;

  • intizomliligini;

  • muvofiqliligini;

  • uzluksizligini ta’minlaydi.

Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o‘zaro aloqa ishlarini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi.
Shu bilan birga, ma’muriy yoki to‘g‘pidan-to‘g‘pi boshqaruv usuli xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tanlash erkinligini cheklab qo‘yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, ma’muriy boshqarish bozorga xos bo‘lgan tartibga solish hapakatiga to‘sqinlik qiladi.
Biroq rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o‘z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to‘sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo‘sinda boshqaradi.
Ma’muriy usullardan:

  • iste’molchilarning huqyqlarini himoya qilish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni ta’qiqlash;

  • odamlar sog‘lig‘iga zararli mahsulotni reklama qilishni taqiqlish kabi sohalarda faol foydalaniladi.


Download 138.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling