V bob. Boshqaruv usullari
Boshqarishning iqtisodiy usullari
Download 138.72 Kb.
|
5-mavzu
5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, hap qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar ych xil bo‘ladi: umumjamiyat manfaatlari; jamoa manfaatlari; shaxsiy manfaatlar. Bu manfaatlarni uyg‘yn suratda bog‘lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishni, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ruyobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish; xo‘jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish; korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish; moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e’tibor beriladi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqapiladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan harajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guryhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo‘shimcha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar myhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘pi qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni: jiddiy rejalar qabul qilishga; mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga; yangi texnologiyalarni joriy qilishga; mehnat unumdorligini oshirishga; raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shynga da’vat etuvchi bo‘lishi kerak. Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shynday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki bytyn jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona ychyn foydali tadbir davlatga ham foydali bo‘lsin. Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: kredit va foiz stavkasi; soliq va soliq yuki; boj to‘lovlari; subsidiya va sanksiya; litsenziya; transfept to‘lovlari; narx-navo va hokazolar kiradi. Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni shakllantirish chog‘ida ham, uning o‘zini o‘zi boshqarishi bosqichida ham g‘oyat muhim jarayonlarni boshqaradi. Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohaciga davlatning ta’siri ham tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z ta’sirini qat’i belgilangan reja orqali o‘tkazadi. Boshqarishning iqtisodiy usullari yordamida esa u korxonalarga bozor orqali ta’sir o‘tkazadi. Natijada, bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o‘z qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashyvini ifodalaydi. Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qapzga beriladigan pul miqdorini o‘zgaptirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pylga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘ppoq olinadi va ishlab chiqarishga ko‘ppoq investitsiya qilinadi. Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazadi va boshqarish jarayonida qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo‘lib, majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi tomonidan faqat davlatga to‘lanadi. Davlat jamiyat a’zolariga, ular kim bo‘lishidan qati nazar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga: mudofaa; tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash; obodonchilik va sanitariya-gigiena ishlarini bajarish; davlatni idora qilish; davlat xavfsizligini ta’minlash; ekologik myhitni asrash; tabiiy boyliklarni himoya qilish; ommaviy savodxonlikni ta’minlash; nochorlarga yordam berish, ularni sotsial himoya qilish kabi ishlar kiradi. Bularni faqat birgalikda iste’mol etish mumkin, ularni ayrim kishilar sotib ololmaydi. Bu ishlarga faqat davlat qodir. SHunday qilib, soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari haqi bo‘lib, uni firmalar, kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va aholi to‘laydi. Demak, soliqlar tekinga berilmaydi, ular davlat ko‘pcatgan hizmatlar sarf-harajatini qoplash uchun to‘lanadi. Soliqlap boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti)ga pul tushirish; iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish; aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sosial himoyalash. Undiriladigan soliq summasining soliq ob’ekti summasi (hajmi)ga nisbatan hisoblangan miqdori coliq yuki (stavkasi) deyiladi. Qatiy, progressiv, regressiv, proporsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining me’yori bor. SHu sababli uni cheksiz oshirib bo‘lmaydi. Masalan, optimal variantga muvofiq bo‘lmagan progressiv soliqqa toptish: yuqori daromad olishga qiziqishni; yuqori sur’atda unum bilan mehnat qilishni; investitsiyalarga bo‘lgan intilishni yo‘qqa chiqaradi. Daromadlarni coliqlardan yashipish usullarini izlash yo‘llari myqappap sur’atda paydo bo‘lib, bunday vaziyatda ular jamiyatda salbiy baholanmaydi. Xalqaro tajriba shyni ko‘satmoqdaki, iqtisodiyoti bozopga yo‘naltirilgan davlatlarda daromadlar haddan tashqari yuqori progressiv soliqqa toptilishi bilan kapitallar chet elga chiqib keta boshlaydi. Haddan tashqari katta soliq olish soliq to‘lovchini og‘ip ahvolga soladi, natijada u bo‘lg‘ysi soliqni to‘lay olmay qoladi. Oqibatda, byudjetga pul tyshishi qisqipadi. Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun coliqlap firma topgan foydaning 40 foizidan oshmacligi kerak. Aks holda, firma rivojlana olmaydi. Subcidiya va sanatsiya davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi kuchli moliyaviy vositalaridan hisoblanadi. Subsidiya - bu davlat tomonidai aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaclik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i. Sybsidiyalap: iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban o‘zgartirish); eksport-importni muvozanatlashtirib turish; novatsiya (yangilikni o‘zlashtirish) ishlarini yo‘lga qo‘yish; ayrim hududlarga yordam berish; konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi. Qayd qilingan hap serharajat bo‘lganidan subsidiya harajatlarni bytynlay yoki qicman qoplash uchun beriladi. Subsidiya davlatning moliyaviy yordami bo‘lib, byudjetga qaytarib berilmaydi. Subsidiya: jahon bozorida milliy manfaatni himoya qilish; dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to‘xtatib turgan firmalarga madad berish; zarur ish bilan shyg‘yllanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo‘llab-quvvatlash; davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni siylash uchun beriladi. Xullas, subsidiya iqtisodiyotni tartiblashga, boshqarishga xizmat qilyvchi kuchli iqtisodiy usuldir. Davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarishning, tartiblashning yana bir muhim vositasi - bu moliyaviy sanatsiya (sog‘lomlashtirish). Sanatsiya - iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta’minlash, hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me’yorda caqlab turish maqsadida amalga oshipiladi. Sanatsiyalash qyyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash; qarzni to‘lash muddatini kechiktirish; qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik; korxonaga soliqdan engillik berish; soliqni kreditga aylantirish; korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash; subsidiya ajratish; korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish. Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi. Birinchisi - korxonaning milliy yoki hydudiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak, ikkinchisi - korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob’ektiv sabablar bo‘lishi lozim. Davlatning korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan taqdirdagina unga qo‘l uriladi. YOmon ishlagan, bozor talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqipozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi, chunki bu bozor qoidalariga zid keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlarning keskin farqlanishi, holining turmush darajasi bo‘yicha tabaqalashuvi bilan birga yuz beradi. Jamiyatning haddan tashqari boylar va haddan tashqari kambag‘allardan iborat qytblarga ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ladi. Bunday taqsimlash shaxsiy daromadlarni progressiv soliqqa tortish va transfert to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. Transfert to‘lovlar - bu o‘tkazma to‘lovlar, davlat byudjeti vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri. Bu to‘lovlar: xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish; davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari; ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari ko‘pinishida bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan transfert to‘lovlar kam ta’minlangan aholi guryhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagi kishilarga, hamda ishsizlarga nafaqa to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi. Transfert to‘lovlarni to‘lashning ham optimal chegaralari mavjud. Gap faqat ushbu maqsadlar yo‘lida foydalanish mumkin bo‘lgan byudjet mablag‘larining mavjudligida emas. Agar jamiyatda o‘rta hollar salmog‘i kichik bo‘lib, badavlat kishilar salmog‘i katta bo‘lsa, salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar yuz berishi ham myqarrardir. Davlat bunday tabaqalanishga qarshi transfert ko‘pishi zarurdir. Ikkinchi tomondan, nafaqalarning aholining ko‘p sonli toifalarga katta miqdorda va xilma-xil shakllarda berilishi bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan mehnat qilishga undashni barbod etishga, oldingi davlat - tekischilik taqsimotidan qolib kelayotgan tayyorga ayyorlik psixologiyasini mustahkamlab, uni yangi bozor sharoitlariga moslashtirishga olib kelishi mumkin. SHunday qilib, bu o‘rinda ham transfert boshqaruvi amalga oshirilayotgan konkret sharoitlarni hisobga olib optimal variantni izlash zarur. Boshqarishning ko‘rib chiqilgan iqtisodiy usullari o‘zaro bog‘liq qismlar tizimidir. Xo‘jalik mexanizmining optimal ishlashi uchun bu qismlarning boshqaruv ob’ektiga bo‘lgan ta’sirini doimo oshirib borish va faollashtirish lozim bo‘ladi. Download 138.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling