V bob. Boshqaruv usullari


Download 138.72 Kb.
bet9/10
Sana24.04.2023
Hajmi138.72 Kb.
#1393787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

5.4.1-jadval
Sotsiologik tadqiqotlarni uyushtirish usullari

T/r

Usullar

Izoh

1.

Hujjatli usul

* Bunda zarur ma’lumotlar statistik to‘plamlardan, boshlang‘ich hisobga olish hujjatlaridan olinadi.

2.

SHaxsiy xapaktepdagi hujjatlardan foydalanish usuli

* Turli masalalar yuzasidan kishilarning o‘z qo‘llari bilan yozilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh-uryg‘ va tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai xol, tushuntirish xatlari va hokazolar;
Turli guryhdagi kishilarning hayotiy maqsadi, yurish-turish sabablari, talablari, ehtiyojlari, tashvishlari to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi muhim sotsiologik axborot bo‘lishi mymkin.

3.

Ilmiy konferensiyalar o‘tkazish usuli

* Bunday konferensiyalarni tayyorlash va uni o‘tkazishda, odatda, ayrim masalalar yuzasidan material to‘plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqaruvchi bir qancha xodimlar ishtipok etadi.
Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, muammolarni o‘rganishga keng jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikpidan foydalaniladi.

4.

Anketali usul

* Oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha yozma ravishda savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.

5.

Intervyu olish usuli

* Bunda muammoni o‘rganish uchun xodim bilan bevosita suhbat o‘tkaziladi. Rahbar yoki tadqiqotchi suhbat davomida masalalarni aniqlashlari, chyqyplashtirishlari va shu yo‘l bilan ishonchli va mukammal ma’lumotlar olishlari mumkin.

6.

Kuzatish usuli

* Jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va muloqotda bo‘lib, ob’ektiv va batafsil axborot yig‘ish, , shuningdek, har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi.

7.

Sotsial eksperiment o‘tkazish usuli

* Bu usulda sun’iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan sotsial hodisalar to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko‘riladi. Buning uchun maxsus guruh, uyushtirilib, shu guruh faoliyati umumlashtiriladi va amaliy xulosalar chiqariladi.

Qayd qilingan sotsiologik tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari bor. SHuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettipishi va ko‘proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni muhim darajada birga qo‘shib qo‘llanishi maqcadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.


Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi.
Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarniig bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruxiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.
Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug‘yllanish o‘rniga, o‘zlarining o‘rinsiz e’tirozlarini gapirib ham o‘zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg‘itib, ishlashga halaqit beradi.
Bunday nosog‘lom vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada sotsial-ruhiy vaziyat yomonlashadi. Bu esa o‘z-o‘zidan ishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 138.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling