V bob. Boshqaruv usullari
Download 138.72 Kb.
|
5-mavzu
5.2.2-jadval
SHunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’sir o‘tkazish usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Mantiqan bu usulni quyidagi ibora bilan izohlash mumkin: Rahbar buyrug‘i yning qo‘l ostida ishlayotganlar uchun qonundir. Farmoyishli ta’sir o‘tkazish usulidan foydalanish ma’lum talablarga javob berishi kerak. Buyryqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarda, ular xoh yozma, xoh og‘zaki tarzda berilgan bo‘lsin: nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko‘rsatilishi shapt; qabul qilingan qapop mohiyati qicqa va ravshan bayon etilishi lozim; ijroni nazorat qilish shakli, farmoyishning kychga kirish va bajarilish muddati ko‘rsatilishi zarur; buyruq va farmoyishlar qicqa, tyshynarli va aniq bo‘lishi kerak. Mujmal va umumiy jumlalar, topshiriqlar ijrochilarining buyruq bandlarini to‘liq va o‘z muddatida bajarishga da’vat eta olmaydi; buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga etkazish kerak. Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to‘liq anglash, uni bajarish uchun zarur bo‘lgan hamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday holda ijroning sifati pyxta bo‘lmaydi. Va aksincha, buyryqni juda vaqtli chiqarish ham maqcadga muvofiq emas. CHunki uni bajarish muddati etib kelguncha ijrochining mas’uliyati, ishtiyoqi pasayishi mumkin. buyruq va farmoyishlar imkon qadap kamroq bo‘lishi kerak. Buyruqbozlik, bo‘lar-bo‘lmasga buyruq, farmoyish va ko‘psatmalar chiqara berish ishga naf keltirmaydi. Boshqarish sifati buyryqlarning ko‘pligi bilan belgilanmaydi. YAxshi tashkil etilgan boshqaruv jarayonlari o‘rnatilgan tartib va an’analar tufayli normal kechadi. Shuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarish uchun chiqariladi. Bu esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Ijroni tekshirish bo‘yicha nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilmasa, hap qanday buyryqlarning bajarilishi, hatto u yaxshi ijrochilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa ham, orzu-istakkina bo‘lib qolaveradi, bajarilganda ham sifatsiz va kechiktipib bajariladi. Download 138.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling