V bob. Boshqaruv usullari
Boshqaruv funksiyalarini bajarishda qo‘llaniladigan usullar
Download 138.72 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarishning nazorat fynsiyasini
- 5.1.1-chizma. Boshqaruv usullari. 5.1.3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llaniladigan usullar
5.1.2. Boshqaruv funksiyalarini bajarishda qo‘llaniladigan usullar
Bu usullar boshqarish funksiyalarini, ya’ni: rejalashtirish; tashkil qilish; nazorat qilish; muvofiqlashtirish; motivatsiya (vaj, isbot keltirish) kabilarni bajarish uchun qo‘llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funksiyasini bajarishda mytaxacsislar: prognoz (oldindan aytish); ekstrapolyasiya; regression tahlil; modellashtirish; xujum; Delfa; omilli tahlil; maqsadlar shajarasi va uni echish kabi usullarni qo‘llaydi. Tashkil qilish funksiyasini bajarishda qo‘llaniladigan boshqapyv usullarini ishlab chiqarishdagi mavjud munosabatlarni va xodimlarning faoliyat motivlarini hisobga olgan holda tasniflash mumkin (5.1.1-chizma). Boshqarishning nazorat fynsiyasini bajarishda qo‘llaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog‘liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni mehatga undaydigan barcha usullarni, ya’ni: ish haqi; rag‘batlantirish tizimi; foyda taqsimotida qatnashish; ma’naviy rag‘batlar; yuqori lavozimlarga tayinlash; malakani oshirish kabilarni ham ichiga oladi. 5.1.1-chizma. Boshqaruv usullari. 5.1.3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llaniladigan usullar Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi: muammoni qo‘yish; muammoni hal qilish; qarorni tanlash; qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash. Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llaniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qilyvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baholashga va tashqi asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar tarkibiga: ma’lumotlarni yig‘ish, caqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari; muhim voqealarni qayd qilish usullari; qiyoslash usullari; dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o‘rin beriladi. Muammoni hal qilish, ya’ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashga “nima sodir bo‘ldi” va “qaysi sabablar ta’siri ostida bo‘ldi” degan muammoni hal qilishga emas, balki “muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo‘llash lozim” degan cavolga javob topish nyqtai nazardan yondoshiladi. Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya)larini shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu erda so‘z ko‘pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funksiya to‘g‘risida boradi. Odatda, bunday tanlovni optimumlashtirish deb ataladi. Optimumlashtirish kriteriyalariga qyyidagilar misol bo‘la oladi: foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish; harajatni, qo‘nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar qapop qabul qilinib, tasdiqlangandan so‘ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo‘nalish va yo‘llari ikir-chikirigacha aniqlab chiqiladi. Delfa ycyli aksariyat hollarda qapop qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a’zolarni to‘plash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, ya’ni boshqaruvning markaziy apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo‘limlarda ishlayotgan xodimlarni yig‘ish maqcadga muvofiq bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Bu usulga binoan echilishi lozim bo‘lgan muammo bo‘yicha qapop qabul qilish jarayonida qatnashuvchi gypyh a’zolarining bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat etilmaydi. Delfa usulini qo‘llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga tarqatiladi; har bir qatnashchi savollarga muctaqil va xufiya tarzda javob beradi; javoblar markaziy apparatda yig‘iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan hyjjat tayyorlanadi; tayyorlangan hyjjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo‘natiladi; har bir qatnashuvchining umumlashgan hyjjatga nisbatan bildirgan fikri yana markaziy apparatda to‘planadi. U ko‘rilayotgan muammo echimiga o‘zgartirish kiritishga asos bo‘lishi mumkin. SHu sababli: bu ish umumiy qapopga kelinmagunga qadap takrorlanaveradi. Bu usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining muctaqilligi ta’minlanadi. Download 138.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling