V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


III.bob.Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlamtirishning maqsad va ustuvor yo’nalishlari


Download 1.16 Mb.
bet15/27
Sana04.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1329231
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)

III.bob.Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlamtirishning maqsad va ustuvor yo’nalishlari
Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo‘ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani. korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun. avvalo, etarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ko‘plab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo‘lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish ham bundan istisno emas. Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko‘nikmalarni o‘zaro uyg‘un holda qo‘llash ta’lim-ta’lim bilan bog‘liq masalalarni talab darajasida hal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish ғоят muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sifati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarning asosiy tavsiflarini tadqiq qilish rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Bunday yondashuvda uni o‘zgartirish jarayonida ta’lim sifati tarkibi va mazmunidagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratadi. Ta’lim tizimiga ob’ektiv ravishda xos bo‘lgan integral sifat — inersiyalilik — ta’lim va kasb-hunar dasturlarining tegishli tarkibiy qismlarini takomillashtirishga tegishli darajada prog­nozlashtirib yondashish zarurligini anglashda, ularning aniq o‘zlashtirilishini ta’minlashda, shuningdek, tegishli pedagogik tizimga singdirilgan ilmiy bilimlarning bashoratli yo‘nalishi sharoitida hisobga olinishi mumkin. Aynan shu boisdan ham, uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-tarixiy, etnopsixologik va boshqa turdagi prognoz qilish natijalarini majburiy tartibda integratsiyalashni ko‘zda tutuvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini rivojlantirishni prognozlashga tizimli yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari (talabaning vazifalari). Talaba ushbu mavzuni to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng boshqaruv tamoyillari va usullari, rahbarning vakolatlari, rahbarning ish vaqtini rejalashtirish, boshqaruv mexanizmi, ishontirish mexanizmi, bo‘ysinuvchi shaxslar bilan munosabatlar, rag‘batlantirish, rag‘batlantirish tarkibi, mexanizmi va nazoratini o‘rganadilar.
Ijodiy yunalish prinsipi o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarishda qo‘llaniladi. Uni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar orkali asoslanadi:

  • o‘quv faoliyati turlarining har xilligi (ma’ro‘za, seminar, amaliy mashgulot, kollokvium, mustakil ta’lim, malakaviy amaliyotlar, kurs ishlari vax.k.);

  • o‘qitiladigan fanlarning turli-tumanligi;

  • ta’lim oluvchi shaxslarning o‘ziga xosligi.

Muntazam rejalashtirish prinsipi o‘quv-ta’lim jarayonini amalga oshirishda ta’lim massassasining barcha bo‘linmalarida qo‘llaniladi.
Moslanuvchanlik prinsipini holat o‘zgarib turgan sharoitda faoliyat ko‘rsatilayotgan rahbarlar qo‘llaydilar.
Hamfikrlilik prinsipi boshqaruv idealogiyasini aniqlaydi (har bir munosabat).
Hamkorlilik prinsipi kafedrani, fakltetni, bo‘lim hamda rektorat tomonidan boshqaruvda qo‘llaniladi.
Buyurtmachiga yunaltirilganlik institutning yuqori kurslarida talabalarni buyurtmachiga moslashtirish kasb sirlarini chukur o‘zlashtirishlariga erishishni nazarda tutadi.
Ijobiy fikrlash prinsipi hamma vaqt boshqaruvning boshka prinsiplari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Vakolat berish prinsipi xodimlarning malakasini oshirishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv prinsiplarini tanlash va samarali tarzda foydalanish muvaffakiyatga erishishning asosi holos. Boshqaruv samarasining muhim omili boshqaruv usulidir.
Boshqaruv usuli.
Boshqaruv usuli rahbarning boshka qo‘l ostidagi rahbarlarga vakolatlar bershi, ularga imkoniyatlar berish, takliflaridan foydalanish, ularga ishonish va ularning harakat rejalarini amalga oshirishga bog‘liq buladi. bularga mos ravishda rahbarning o‘zini tutishining turt xil usuli mavjud:
1) Avtokratik.
2) Byurokratik.
3) Demokratik.
4) Aristokratik.
Avtokratik usul rahbar o‘z g‘oyalarini (kidirib topgan g‘oyalarni), rejalarni xech kim bilan maslahatlashmasdan amalga oshirishi bilan harakterlanadi. O‘z fikrini buyruq bilan amalga oshiradi.
Byurokratik usulda boshqaruv rasmiy tus oladi instruksiyalar, buyruklar, qo‘llanmalar, qog‘ozlar bilan ishlanadi.
Demokratik usul rahbar va jamoani o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatining optimal munosabatiga asoslangan. Uning xususiyati - bajaruvchilarning rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayonida faol katnashadilar. Rahbar tomonidan o‘z qo‘l ostidagilarga ishonch bildirilishi va ularni ruxlantirishi natijasida yuqori darajada unumdorlikga erishiladi.
Xodimlariga «Buni biz o‘zimiz amalga oshirdik» deyish imkonini beradigan rahbar eng yaxshi rahbardir.
O‘quv-ta’lim jarayonini amalga oshirishda demokratik usul, yuqori tashkshyutlarning direktiv buyruklarini amalga oshirishda avtokratik, xisob va xisobot masalalarida byurokratik usuldan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Rahbar va hokimlik.
Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi. ta’sir etish vositasi sifatida hokimlik besh xil buladi:

    1. Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish, xizmat mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va x.k. lar bilan qo‘rqitish.

    2. Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar extiyojlarini koniktirish orkali ta’sir qilish.

    3. Ekspert hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali amalga oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng optimal qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor o‘rtasida, o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir.

    4. Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy xususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘xshashga harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal kiling:

  1. Sizni barcha kollektiv a’zolari dikkat bilan ko‘zatib turganliklarini esdan chikarmang.

  2. O‘zingizda yulboshchilik sifatlarini rivojlantiring.

  3. Zararli odatlardai ko‘tilishga harakat kiling.

  4. Nutqingizni ko‘zatib boring.

  5. O‘z karorlaringizda muhim buling, ketma-ketlikga rioya kiling.

  6. Tashki kurinishingizni tartibga soling.

  7. Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga kiziktiring.

  8. Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan xisoblashing.

  9. Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga buysunish an’anasiga asoslangan. Bu tarixiy shakllangan munosabatlar usulidir. Bu usulda bajaruvchi xodim rahbar xodimga emas, balki ma’lum mansabga buysunadi. Bu rahbarni o‘z qo‘l ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay usulidir. Ammo, o‘zgarishlar vaqtida bu usul samara bermaydi.

Hozirgi bosqichda ta’lim va ta’limda novatorlik yondashuvi jadal rivojlanayotganligi ta’lim muassasasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlardandir.
Yangicha sharoitlarda «ta’lim» tushunchasi mazmunini tubdan qayta idrok etish zarur. Bu uzluksiz ta’limning o‘xshash tizimi yordamida ijtimoiy va kasbiy moslashgan yaxlit shaxs mazmunining maqsadi, vazifalari, metodlari va vositalarini shakllantirishni qayta idrok etishni bildiradi.
Shu munosabat bilan bilimlar va hayotga «ta’lim» tushunchasini shaxs tashabbusining ahamiyatini ta’kidlaydigan tarzda yondashuv sifatida tushunish lozim. Shu bois «ta’lim» tushunchasi bu tez o‘zgaruvchan dunyoda yashash uchun zarur bo‘lgan yangi metodologik usullar, ko‘nikmalar, ko‘rsatmalar va qadriyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Boshqacha aytganda, ta’lim shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga ega yangi vaziyatlarni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun harakatlanuvchi jamiyat tomonidan prognoz qilingan zarur ijtimoiy-axloqiy jarayondir.
An’anaviy tarzda vujudga kelgan ta’lim tizimi strategik jihatdan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’lim funksiyasini bajargan holda «ta’lim» so‘zining yangicha talqiniga oid maqsadli ko‘rsatmalarni amalga oshirishga yo‘naltirilmagan.
Ko‘maklashuvchi ta’lim faqat ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy yo‘nalishlarning mavjud tizimini saqlashga, ya’ni konservativ-bar­qaror jamiyatning normal faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan. Shu bois bunda shaxs allaqachon ma’lum bo‘lgan, takrorlanuvchi vaziyatlardan chiqa olishi uchun mo‘ljallangan, qayd qilingan usullar va qoidalar ustunlik qiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi, «ta’lim» so‘zining qayta idrok etilishi «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’limni «innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan:
1. Voqealarni «oldindan ko‘ra bilish», o‘zini real voqelikda va keyingi ijtimoiy va kasbiy rolini anglab yetish qobiliya­tini tarkib toptirish; shaxsni ongli, oldindan anglab yetilgan muqobillarni — umumiy xulq-atvorni, ishonch-e’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyoqarashni tanlashga yo‘naltirish.
2. Mahalliy (shaxsiy yo‘naltirilgan) tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beruvchi «qatnashish» prinsipini ro‘yobga chiqarish.
Boshqaruv va tashkil etishning yangi tuzilmasini shakllantirish, KTMD va KTMM asosida ta’limni ta’minlash, chet el tajribasini o‘zlashtirish, turli texnologiyalar, metodikalar va hokazolarni joriy qilish — bularning hammasi innovatsiya deb nomlangan jarayon bilan boQliq.
Bunday hodisaning sababini ta’lim tizimi xodimlari ta’lim-kasb-hunar dasturlari va metodikalarining xilma-xil variantlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lganliklari bilan izohlash mumkin.
Boshqa sababi — jamiyatdagi ijtimoiy vaziyat o‘zgarib borayotganida, demokratlashtirilayotgani va insonparvarlashtirilayotganida, mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlari yo‘lidan rivojlanishga o‘tayot­ganidadir. Yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan ishlab chiqarishning talablari oshib borayotgani ham yangiliklarni o‘zlashtirishni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mamlakatimiz ta’lim tizimini dunyo ta’lim tizimi bilan muvofiq holga keltirish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Raqobatbardosh malakali kadrlarning eng muhim sifatlari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
— o‘quvdagi o‘zlashtirishning yuqori darajasi va o‘zini o‘zi rivojlantirishga qodirligi;
— mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida tegishli ta’lim muassasasida olingan malakani tasdiqlash;
— ishlab chiqarishda yuqori darajadagi ijtimoiy faollik va mehnat unumdorligi;
— ishlab chiqarishda intizomlilik, mas’uliyat, ixtirochilik, ijodkorlik;
— o‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadalar hamda tanlangan kasb mahorati tanlovlarida qatnashish va g‘olib chiqish;
— ta’limni davom ettirishga ehtiyoj.
Ta’lim muassasasining aynan shunday xislatlarga ega bo‘lgan bitiruvchisi qo‘yilgan talablarga muvofiq mahsulot tayyorlashi yoki xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish uchun, rivojlanish yo‘lidan borishi kerak. Aksariyat amaliyotchi xodimlar buni anglab yetgan holda, eskicha yondashuvlarni takomillashtirishni emas, balki ta’lim tizimini innovatsion strategiya ruhida rivojlantirishni tan olmoqdalar. Yosh avlod ta’­lim-ta’limsidagi innovatsion harakat jamiyatdagi real o‘zgarishlarni va shaxs ehtiyojini hisobga olishga yo‘naltirilgan.
Innovatsion ta’lim strategiyasi ta’lim sifatini boshqarishda alohida boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning asosiy ob’ektlari hisoblanadi:
— pedagog mutaxassis, fuqaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida;
— ta’limning mazmuniy negizi;
— pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda hamda ta’lim va ta’lim amaliyotida «innovatsiya» so‘zi qanday tushuniladi?
Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar ushbu hodisani o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, ayrim mualliflar «yangiliklar yaratish, ularning pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi va ta’lim amaliyotida foydalanilishi jarayonlari»ni (N. Yusufbekov) innovatsion jarayonlar deb hisoblashni taklif qilmoqdalar. Ular innovatsiyani, jamiyat madaniy o‘zgarishlarining negizi sifatida ko‘rib chiqmoqdalar-ki, bu bizningcha, juda qimmatlidir.
Boshqalar esa «pedagogik tizimning tartibga solinmaydigan erkin maydonida rivojlanish istiqboliga oid ehtiyojga ta’sirchanligi asosida vujudga kelgan yangiliklar uning mikroevolyusiyalar fondini tashkil etadi», deb hisoblamoqdalar (V. N. Vinogradov).
Uchinchi toifa mualliflar yangilikni ancha murakkab xususiyat, deb hisoblaydilar. Uni o‘rganish uchun abstrakt xususiyatlarga nazariyasini jalb etish tavsiya qilinadi-ki, bu nazariya ko‘plab tavsifli xususiyatlarni ular shkalasining koordinata o‘lchovlari sifatida ko‘rib chiqadi (M. S. Burgin).
Ayrim olimlar yangi maqsadlarni, metodlarni, metodikani, das­turlarni, vositalarni, mazmunni, faoliyatni tashkil etish shakllarini, boshqaruv turlarini va boshqalarni yangilik sifatida tal­qin qilmoqdalar.
«Yangilanish — yangi hodisa, yangi odat, yangi metod, ixtiro», — degan ta’rif ham mavjud (Yu. Krasovskiy).
«Maktabni rivojlantirish — innovatsion jarayon» nomli kitob mualliflari ta’kidlab o‘tganlaridek: «Pedagogik innovatika — ta’lim muassasasini rivojlantirishning yangi ta’lim amaliyotini yaratish bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rganadigan fan sohasi. Bu jarayonlar innovatsion jarayonlar deb nomlanadi» (S. G. Xomeriki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensov). Bunday aniqlik ta’lim tizimi xodimlariga muayyan foyda keltirishi mumkin.
Shunday qilib, ta’limda innovatsiyalar yangi jarayonlar, konsepsiyalar, ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi va h. k.
Ammo, amaliyot ko‘rsatishicha, innovatsion faoliyat ta’lim tizimining hamma xodimlari tomonidan ham to‘g‘ri tushunilavermaydi va samarali amalga oshirilavermaydi. P. Shedroviskiy ta’kidlab o‘tganidek, «innovatsiyalikni bugungi kunda mavjud bo‘lgan bironta ham funksiyasini innovatsiyaning takrorlash, chiqish deb nomlash mumkin bo‘lgan narsani ta’minlay olmaydi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ayrim innovatsiya emas, balki umuman innovatsion harakat ko‘rib chiqish va tahlil qilishning boshlang‘ich parametri bo‘lishi kerak». U «pedagogik yoki ta’lim innovatsiyalarini» emas, balki «innovatsion strategiyani», «faoliyatni innovatsion tashkil etish»ni aniqroq deb hisoblashni ko‘zda tutadi. Biz innovatsiyani bunday talqin qilish tadqiqotchilarga bu jarayonni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi, deb hisoblaymiz.
Innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat?
«Yangilik kiritishning mohiyatini innovatsion faoliyat, ya’ni yangi natijalarga, ularni olish vositalari va usullariga erishish, an’anaviy faoliyatning eskirgan tarkibiy qismlarini bartaraf etish bo‘yicha faoliyat tashkil etadi», — deb ta’kidlaydi D. M. Gvishiani. Olim innovatsion faoliyatning radikal va takomillashtiriluvchi turlari o‘rtasidagi ziddiyatli xususiyatiga e’tiborni qaratadi. Takomillashtirish mavjud tashkiliy tuzilmalarga zid emasligi va ularga maqbul moslashishi amaliyotdan ma’lum. Tub yangiliklar esa ularni parchalaydi, shuning uchun keskin qarshilikka uchraydi. Ta’lim sifatini boshqarish jarayoni tashkilotchilari innovatsiyalarning bunday muhim xususiyatini doimo e’tiborda tutishlari kerak.
Yangilik kiritish jarayonining muhim xususiyatini ta’kidlab o‘tamiz — innovatsiya ushbu ta’lim muassasasi dolzarb vazifalarni samarali hal qilishga ko‘maklashishi kerak. Afsuski, aksariyat ta’lim xodimlari amalda bunga yetarli e’tibor bermaydilar, natijada yangiliklarning o‘zlashtirilishi rasmiyatchilikka aylanadi.
M. M. Potashnik innovatsiyalarning boshqa muhim xususiyati —yangiliklar ta’lim muassasasini rivojlantirish vazifasini hal qilish imkonini berishi deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, innovatsiyalar «moda» uchun va «qizg‘in» tadqiqotchilik faoliyati olib borilayotganini ko‘rsatish uchun emas, balki o‘quvchilar foydasini ko‘zlab kiritiladi.
Boshqaruv xodimlari va pedagoglar muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina yangiliklarni samarali o‘zlashtirish mumkinligini anglab yetishlari juda muhim. Bunga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
— ta’lim jarayoni qatnashchilarining faol ishchanligi bosqichma-bosqich shakllantirilishiga rioya etish;
— ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari tomonidan o‘zlashtirish maqsadlarining chuqur anglab yetilishi va qabul qilinishi hamda kelgusi faoliyat vazifalari aniq tushunib olinishi;
— bunda ushbu vazifalarning shaxsiy maqsadlarga zid bo‘lgan qismining har doim yuzaga keladigan qarshilik ko‘rsatish omilini hisobga olish;
— fikr almashish aniq va xolis axborot ayirboshlash;
— amaliy qarorlarni jamoa bo‘lib ishlab chiqish va qabul qilish.
Pedagogik kadrlarni jiddiy qayta tayyorlamasdan, ta’lim muassasasini tegishli moddiy-texnika bazasi, moliyaviy, o‘quv-dasturiy ta’minlamasdan turib innovatsion faoliyatni samarali tashkil etib bo‘lmaydi.
Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni rahbariyat tomonidan majburlash chorasi bilan emas, balki xodimlarga harakat qilishda mus­taqil va erkin ish olib borish imkoniyatini berish bilan kechadi. Pedagoglar jamoasining ishiga aniqlik olib kirish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar va mezonlarning ob’ektiv ro‘yxatini oldindan ishlab chiqish, ularga bebaho yordam berishi mumkin.
Pedagogik tadqiqotlarda innovatsiyalar yangiligini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Kiritilayotgan yangiliklar alomatlarining variantlaridan birini keltiramiz (P. Shedroviskiy):
— boshqacha ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan tuzilish (birinchi daraja);
— ma’lum narsani uncha muhim bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan takrorlash (ikkinchi daraja);
— ma’lum narsani aniqlash, konkretlashtirish (uchinchi daraja);
— ma’lum narsani muhim elementlar bilan to‘ldirish (to‘rtinchi daraja);
— sifat jihatidan yangi ob’ektni tashkil etish (beshinchi daraja).
Ta’lim muassasasida uni tizimli tashkil etish yangiliklarni o‘zlashtirishning yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda quyidagilar muhim tarkibiy qismlar hisoblanadi:
— ta’lim muassasasining vazifasi, uning yangi maqsadlari va vazifalari;
— boshqaruv xodimlari va pedagoglar shaxsi, ularning o‘zlariga va ta’lim oluvchilarga nisbatan nuqtai nazari;
— o‘quvchi shaxsi;
— o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan bilimlar funksiyasi, tuzilmasi;
— ta’lim texnologiyasi va vositalari;
— tashkiliy tuzilma, pedagogik mehnat madaniyati va boshqalar.
Yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish jarayonini har qanday ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘li sifatida ko‘rib chiqqan holda kiritilayotgan yangiliklardan kutilayotgan natijalarni baholashning quyidagi asosiy mezonlarini ajratib ko‘rsatamiz:
1. Natijalar ta’lim muassasasining avvalgi yoki ushbu yo‘nalishdagi ta’lim tashkilotlari uchun xos bo‘lgan natijalardan yuqori, shuningdek maqbul bo‘lishi kerak.
2. Rejalashtirilgan natijalarni olishga sarflanadigan vaqt namunaviy yoxud me’yoriy sarflanadiganiga nisbatan kamroq yoki ularga teng bo‘lishi kerak.
Yangilik darajasini aniqlash uchun barchaga ma’lum algoritmlardan foydalaniladi. Masalan, quyidagicha yondashuv mavjud:
1. Baholanayotgan ob’ektning muhim ko‘rsatkichlari, alomatlari, mezonlari ajratib olinadi.
2. Qiyoslash uchun unga o‘xshashlari, uning prototiplari tanlab olinadi.
3. Baholanayotgan ob’ekt tanlab olingan o‘xshash ob’ektlar bilan qiyoslanadi va mezonlarga muvofiq yangilik o‘lchovi ham miqdoriy, ham sifat jihatidan belgilanadi.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida ta’limni boshqarish sifatini yangilik hamda boshqaruv faoliyatining yangi yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Yangiliklarning keltirilgan tasnifiga muvofiq ta’lim sifatini boshqarishni biz to‘rtinchi darajaga, ya’ni ta’lim tizimidagi boshqaruv faoliyatining mavjud nazariyasi va amaliyotini muhim elementlar bilan to‘ldirishga kiritamiz.
Keltirilgan ushbu ta’rif mazmunan tegishlicha to‘ldirilishi va tuzilmalarga ajratilishi lozim, deb hisoblaymiz. Biz ishlab chiqqan tuzilmadagi ushbu qo‘shimchalarning mohiyati quyidagilardan iborat.
Birinchi. Ta’lim sifatini boshqarish maqsadi nafaqat jamoa faoliyati natijalarini barqaror holatda saqlashdan, balki ta’lim muassasasini faoliyat (rivojlanish)ning bundan ham yuqoriroq darajasiga o‘tkazish orqali talab qilinayotgan ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat.
Ikkinchi. Natijalar sifati bitiruvchilarning ijtimoiy va ta’lim-kasb-hunar bobidagi harakatchanligi darajasi bilan ifodalanadi, ya’ni bunda gap ta’lim muassasasi rahbarlarining mavjud malaka tavsiflarini mutaxassisning kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar bilan to‘ldirilishiga yo‘naltirish haqida bormoqda.
Boshqa loyihada ham shunday g‘oya mavjud. Innovatsiyaning eng muhim formulalaridan biri quyidagi qoidadan iborat: «Ta’lim sifati — shunchaki bilimlar hajmi va ko‘nikmalar tarkibi emas, balki zamonaviy mutaxassisning asosiy modelini tashkil etuvchi faoliyatning muayyan turlariga shaylik demakdir».
Ta’lim sifati o‘quvchilarni bilimga boyitish va ularning ongida statistik tuzilmasini shakllantirish bilan emas, balki ijtimoiy va kasbiy faoliyatda ular hayotini organik dinamika bilan ta’minlash orqali tavsiflanadi. Bilimlardan konkret muammolarni hal qilishda foydalanish, bilimlarni doimiy ravishda to‘ldirib borish bo‘yicha rivojlangan qobiliyat va intellektual rivojlanishning amaldagi rag‘batlari zarur (I. G. Leonov).
Uchinchi. Ta’lim sifatini boshqarishda ta’lim muassasasi rahbarlarining asosiy e’tibori pedagoglar va o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish funksiyalarini kuchaytirishga emas, balki kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish hamda ularning vujudga kelish manbalari va sabablarini tahlil qilishga qaratiladi. Bularning hammasi boshqaruv kadrlaridan ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning metod va usullarini egallash, nazariy qoidalarni amaliyotda qo‘llash mahoratini talab qiladi. Boshqacha aytganda, ular boshqaruvda xilma-xil — intuitiv, empirik, tajriba, formal va ilmiy mantiqiy yondashuvlardan foydalanishlari darkor (M. M. Potashnik).
To‘rtinchi. Ta’lim sifatini boshqarish ushbu jarayonga ta’lim jarayonining barcha qatnashchilarini kiritishni ko‘zda tutadi. Faqat sharti shuki, tashkiliy tuzilma pedagogik jarayon qatnashchilari o‘rtasidagi qat’iy «vertikal» aloqalardan «vertikal» bilan «gorizontal» aloqalarni bir-biriga uyg‘un holda qovushtirishga o‘tsagina shunday bo‘ladi.
Beshinchi. Ta’lim sifatini boshqarish tizimli metodlardan foydalanishni ko‘zda tutadi, bunda boshqaruv ob’ekti boshqacha xususiyatga ega bo‘ladi: ... ta’limni innovatsion tashkil etishda faoliyatning ikki (ta’lim beruvchi bilan o‘quv-bilish) turi emas, balki yaxlit holdagi o‘quv-kasbiy vaziyat boshqaruv birligi hisoblanadi (I. Bogachek).
Bir guruh olimlar (O. G. Xomeiki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensev) taklif qilgan metoddan foydalangan holda ta’lim sifatini boshqarish jarayonining tasnifini ko‘rib chiqamiz.
1. Innovatsiyalar ko‘lamliligiga qarab belgilanadi. Bunda ta’lim sifatini kollej ichki yoki maktab ichki doirasida boshqarish butun ta’lim muassasasini qamrab oladigan tizimli yangilik hisoblanadi.
2. Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni salohiyat darajasiga qarab belgilanadi. Ta’lim muassasasi doirasidagi ichki boshqaruv innovatsiyaning kombinatorli tipidan iborat, ya’ni ilgari ma’lum bo‘lmagan elementlarning tashkiliy tuzilmaning yangi modeli asosida yangicha konstruktiv qo‘shilishi hamda ilgari bunday qo‘shib foydalanilmagan prinsiplarning amalga oshirilishi sodir bo‘ladi.
3. Yangilikning o‘z o‘tmishdoshiga munosabati ularning quyidagi toifasini tavsiflaydi. Ta’lim muassasasi darajasida sifatni boshqarishga nisbatan olganda aytish mumkinki, u boshqaruv faoliyatining shu paytgacha amal qilib kelgan mohiyatini o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat:
— birinchisi — bitiruvchilarni tayyorlash darajasiga qo‘yiladigan nominal, normativ talablarning bajarilishiga qat’iy va to‘liq yo‘naltirish mavjud bo‘lgan sharoitda ta’lim muassasasining faoliyati sifatini boshqarish. Boshqaruv nazariyasida bunday yondashuv konservativ yondashuv hisoblanadi (N. A. Selezneva);
— ikkinchi bosqich — rivojlanish sifatini boshqarish. Bunda o‘zgartiruvchi-ijodiy, tadqiqot xususiyatiga ega faoliyatni amalga oshirish, yangiliklarni o‘zlashtirish, o‘z ilg‘or pedagogik texnologiyalarini yaratish ko‘zda tutiladi.
Ta’lim muassasasi barcha xodimlarining birgalikda harakat ishi bir-biriga muvofiq bo‘lishiga erishish va tashkiliy madaniyat bunday boshqaruv samaradorligining zarur sharti bo‘lib qolishi kerak.
Innovatsion jarayon bo‘lgan ta’lim sifatini boshqarish quyidagi belgilarga ega:
Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi.
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali ta’lim sifatining boshlan­g‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash ob’ekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funk­siyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi.
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan ob’ektning sifat ko‘rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi kerak.
Ikkinchi belgi. Rivojlangan tashkiliy madaniyatning mavjudligi.
Oldingi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, jamoada me’yorlar tizimlarini, qadriyatlarni, urf-odatlar va an’analarni yuqori darajada shakllantirmasdan turib, ta’lim sifatini boshqarib bo‘lmaydi. Bularning hammasi ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari o‘rtasida uyg‘un o‘zaro munosabatni vujudga keltirish imkonini beradi.
Tashkiliy madaniyat ta’lim muassasasining eng muhim quyidagi vazifalarini funksional jihatdan hal qilishda yordam beradi:
— muvofiqlashtirish — belgilangan jarayonlar va xatti-harakat qoidalari yordamida amalga oshiriladi, bu jamoa barcha a’zolarining kelishilgan holda harakat qilishi imkonini beradi;
— motivatsiya — bajarilayotgan ish mazmuni ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tushuntirib berilishini ko‘zda tutadi;
— ixtisoslashtirish — ta’lim muassasasining shunga o‘xshash ta’lim tashkilotlaridan xarakterli farqqa ega bo‘lishi demakdir;
— kadrlarni jalb qilish — ta’lim muassasasining boshqalaridan afzalligini targ‘ib qilish, pedagoglarning ishlashi uchun maqbul shart-sharoit yaratish orqali hal qilinadi va h. k. (K. Shols).
Uchinchi belgi. Ta’lim muassasasi rahbarlarida innovatsion madaniyatning shakllanganligi.
Bu ularning yangi bilimlar va faoliyat turlarini egallashga, o‘zgarishlarga, xavf-xatarga va javobgarlikka tayyorgarligini bildiradi.
Boshqarish sohasidagi turli mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish yangi tipdagi menejer shaxsining eng muhim sifatlarini, xususan, mehnat jamoasi bilan maqbul munosabatda bo‘la bilish mahoratini ajratish imkonini beradi. Yangi tipdagi boshqaruv kadrlarining asosiy vazifasi — «Yangiliklar kiritishga yo‘naltirilgan boshqaruv munosabatlarining mos tizimini yaratish»dan iboratdir (Yu. Krasovskiy). Ta’lim muassasasi rahbarlari tomonidan yangi tashkiliy-psixologik madaniyat ma’nosidagi kasbiy mahoratni oshirib borishning quyidagi ob’ektiv davrlarining o‘zlashtirilishini ham shunga kiritish mumkin:
— o‘z imkoniyatlari bilan jamoa imkoniyatlarini o‘rganish;
— o‘z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari orqali jamoa imkoniyatlarini bilish;
— jamoa imkoniyatlaridan o‘z kasbiy mahoratini oshirib borish uchun foydalanish;
— jamoa imkoniyatlarini o‘zida va o‘zi orqali ro‘yobga chiqarish.
Boshqaruv kadrlarining pedagoglar va o‘quvchilarning har qanday foydali tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va o‘zlari ham shu ishga qo‘shilishga qodirliklarini ham innovatsion belgi deb hisoblash mumkin. Tavakkalchilik va mas’uliyat ta’lim sifatini boshqarishda boshqaruv kadrlarining, ayniqsa, yetakchining muhim xususiyatlaridandir.
Ta’lim muassasasi rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini tashkil qiladi. Direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq, pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liq. Zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va o‘quvchilarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ talablarni bilish ham ushbu ro‘yxatga to‘liq kiradi. Bunda zamonaviy ta’lim tashkilotlarini boshqarayotgan shaxslarning kasbiy-tashkiliy, axloqiy-psixologik sifatlari birinchi o‘ringa chiqadi.
To‘rtinchi belgi. Ta’lim muassasasi boshqaruv korpusi psixologik-pedagogik madaniyatining yuqori darajadaligi.
Bunday sifatning shakllanganligi ta’lim sifatini ta’minlashga doir faoliyatni loyihalashtirishning zarur shartidir. Ta’lim sifati va ta’lim muassasasini boshqarishning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun rahbarlar konkret mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur. Biz psixologik-pedagogik mahoratni, eng avvalo, shular qatoriga kiritamiz. Ularning mohiyati, P. T. Frolov ta’kidlab o‘tganidek, topshiriqni ongli zaruratga, faoliyat ning ichki ehtiyojiga aylantirish maqsadida mantiqiy va psixologik usullar yordamida xodimlarga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir» (P. T. Frolov).
Ko‘rsatma-metodik xarakterdagi mahorat ham eng muhim ahamiyat kasb etadi. Bular tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:
— pedagogik, boshqaruv faoliyati maqsadlarini ta’riflash;
— uning natijalarini tahlil qilish va baholash;
— ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etishda pedagogik metod va usullardan oqilona foydalanish;
— xodimlarga malakali yordam ko‘rsatish;
— ilmiy konferensiyalar, seminarlarni tashkil qilish va ularning ishida qatnashish;
— rahbarning jamoatchilik fikrini vujudga keltirish, ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish, mas’uliyat hissini ta’limlash orqali muhandis-pedagog xodimlarga ta’sir ko‘rsatish mahorati.
Ta’lim muassasasi rahbarlari pedagoglarga, o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga yagona pedagogik talablarni qo‘yishlari kerak. Bunda har bir xodimning individual imkoniyatlarini hisobga olish va chuqur o‘rganish, jamoa oldida turgan vazifalarni hal qilishda har kimning rolini ko‘rsatishga katta o‘rin beriladi.
Beshinchi belgi. Ta’lim muassasasida o‘z ishini o‘zi uyushtirishning yuqori darajasi.
Ta’lim muassasasining o‘zini o‘zi rivojlantirishi boshqaruv kadr­larining pedagoglar jamoasi bilan birgalikda tashqi ta’sirlarni idrok etish va ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish asosida ta’minlanadi. Ta’lim sifatini boshqarishda rahbarlarning asosiy e’tibori pedagog xodimlarning qobiliyatlari va imkoniyatlarini to‘liqroq ochishga, zarur mustaqillikni berishga va pedagoglarga nisbatan keraksiz vasiylikni bartaraf etishga qaratiladi. Bularning hammasi muhandis-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning o‘zishini uyushtirishi imkonini beradi. Xodimlarning yuksak kasbiy mahorati o‘zishini o‘zi uyushtirishi darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi (I. Kaoru).
Shunday qilib, ta’lim sifatini boshqarishning ishlab chiqilayot­gan va foydalanilayotgan tizimi innovatsiyaning asosiy belgilarini qanoatlantirishi kerak.
Ammo bunda ta’lim muassasasidagi boshqaruv faoliyati umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi qonuniyatlarni ham aks ettirishini ta’kidlab o‘tish zarur:
— boshqaruv tizimi bilan pedagogik jarayonning birligi;
— markazlashtirish bilan markazlashuvdan chiqarishning uyg‘unligi;
— boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarning nisbatdorligi.
Ta’lim tashkilotlarida boshqaruv faoliyati muammolarini oldindan konseptual tarzda ishlab chiqish ta’lim sifatini boshqarish tizimini loyihalashtirishning invariant asosga ega bo‘lgan jarayonini ko‘rib chiqishga o‘tish imkonini berdi. Bu turli ta’lim tashkilotlarida undan foydalanish imkonini yaratdi.
Eng avvalo, har bir konkret holda boshqaruv jarayoniga va uning yakunlariga ishning mavjud real ahvol, ta’lim muassasasi hayot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uning rahbarlarining individual fazilatlari va boshqa omillar katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tamiz. Shu bois ta’lim sifatini boshqarishni tizimli yondashuv asosida loyihalashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqqan holda, boshqaruv tarkibining standart, qat’iy tartibga solingan harakat dasturini bermaslikka intilamiz.
Bizningcha, ta’lim muassasasi boshqaruv xodimining e’tiborini «ta’lim muassasasida ta’lim sifatini boshqarish tizimini tahlil qilishning morfologik, tarkibiy, funksional jihatlarini, boshqaruv jarayonlarining yetakchi yo‘nalishlarini, ularni amalga oshirish shakllari va usullarini egallashga qaratish muhimdir.
Ta’lim sifatini boshqarish jarayonini tadqiq qilishning morfologik jihati uni tarkibiy qismlarga, elementlarga ajratishni hamda asosiy xususiyatlari va sifatlarini tegishli ravishda ham miqdor, ham sifat jihatidan tavsiflashni ko‘zda tutadi. Bunda, eng avvalo, zikr etilgan tizim sifatini va uning yaxlitligini belgilovchi omillarni hisobga olish muhimdir.
Ob’ektni shu tarzda o‘rganishning asosiy vositasi dekompozitsiya metodi hisoblanadi.
Tizimli tahlil sxemasiga muvofiq, tadqiqot predmeti morfologik tavsiflangandan keyin uning tarkibiy tahlili bajariladi. Rahbar ushbu bosqichda qismlar va elementlarning o‘zaro aloqalari va munosabatlarini aniqlaydi va integrativ natijani belgilaydi.
Tuzilmani tavsiflash uchun ta’lim sifatini boshqarish jarayonining maqsadlari va pirovard natijasini aniq tasavvur etish, uni tashkil qiluvchilarni ajratib, ularni barcha o‘zaro aloqalarda tadqiq qilish, boshqaruv sifatini o‘zgartirishdagi rolini ko‘rsatish kerak. Boshqaruv xodimi, ta’lim sifatini boshqarish tuzilmasini tahil qilar ekan, kuchli va zaif o‘zaro aloqalarni, ularning tavsifiy belgilari va xossalarini, ta’sir ko‘rsatish zarur bo‘lgan aloqalarining turlarini aniqlaydi, asosiy muammolarni belgilaydi. Ta’lim sifati ko‘p jihatdan uning tuzilmasiga bog‘liqligini e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Ta’lim muassasasida sifatni boshqarish tizimini funksional tadqiq qilishda boshqaruv xodimi qanday qilib tizim shunday holga tushib qolganligi sabablarini aniqlaydi. Bu yerda funksiyalarning o‘zaro harakatini aniqlash, ushbu tizimdagi ana shu tarkibiy qismlarning har birining, shuningdek, tizim barcha elementlarining ahamiyatini belgilash kabi murakkab vazifalarni hal qilish lozim bo‘ladi. Bunda elementlar va kichik tizimlar o‘z funksional vazifalarini bajarayotgan yoki bajarmayotganligi hamda ularning umuman tizimga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi aniqlanadi. Ma’lumki, bitta bo‘lsa-da, funksional aloqaning yo‘qligi, o‘zaro aloqalarning buzilishi tizimning buzilishiga olib keladi.Ta’lim muassasasida sifatni boshqarish muammosini genetik tadqiq qilishda boshqaruv xodimi ta’lim sifatini boshqarish jarayonining o‘tmishdagi, bugungi kundagi va kelgusi holati o‘rtasidagi aloqani aniqlaydi. Tizimning aynan genetik xususiyatlari tizim ichidagi aloqalarni, shuningdek, uning tashqi muhit bilan aloqasini shart qilib qo‘yadi.Tizimni tahlil qilish texnologiyasi ancha murakkab, ammo boshqasi ham ayon. Tizimli tahlil boshqaruv faoliyati holatini organik birlikda, tarkibiy qismlarining aloqalari va o‘zaro aloqalarini bilish, ushbu holat sabablarini ob’ektiv aniqlash, keyingi rivojlanish istiqbolini ko‘rish imkonini beradi.Ta’lim sifatini boshqarishda asosiy e’tibor loyihalashtirish faoliyatiga beriladi. Bu sifatni boshqarish metodologiyasi tomonidan ko‘zda tutilgan — bunda sifat tadqiq qilish va loyihalashtirish, rivojlanish dasturlari va konsepsiyani ishlab chiqish bos­qichida qo‘yilishi kerak.
Sifatni boshqarish sohasi mutaxassislari mahsulot yoki xizmatlar sifatini loyihalashtirishda ustuvorlik ishlab chiqarish bosqichigacha beriladi, deb ta’kidlamoqdalar. Bunga tadqiqotlar, loyihalashtirish va ishlanmalar bilan bog‘liq faoliyat kiradi, ya’ni ushbu bosqichlarda sifat asoslariga zamin tayyorlanadi (A. T. Kurakin, I. G. Leonov, L. I. Novikova).
Tadqiqotlar ishlab chiqarish (ta’lim) jarayonlariga loyihalashtirish sifati kuchli ta’sir etishini ko‘rsatadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda loyihalashtirish deganda bo‘lg‘usi ishlarning taxminiy variantlarini tuzish va uning natijalarini bashorat qilish tushuniladi. Ta’lim muassasasida sifatni boshqarishning ilmiy tashkil etilishi loyihalashtirish bosqichlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda va batafsil ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bunda sifatini oshirish, buning uchun tegishli shakl va metodlarni tanlashga doir konkret vazifalar va chora-tadbirlarning asosi tarzda prognoz qilinishi va belgilanishi nazarda tutiladi.
Boshqaruv xodimlari faoliyati dasturi «rejali faoliyatning umumiy strategiyasini belgilab beradigan prinsiplar tizimi» bo‘lmish dasturli-maqsadli yondashuv asosida ishlab chiqiladi (A. T. Kurakin, L. I. No­vikova). Dasturli-maqsadli yondashuv aksariyat tadqiqotchilar (V. G. Afanasev, Ye. P. Golubkov, Yu. A. Konarkevskiy, I. S. La­denko, G. A. Tulchinskiy, I. K. Shalaev va boshqalar) tomonidan tizimli yondashuvni aniqlashtirish sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, birovlar ushbu yondashuvni boshqaruv faoliyatiga tatbiqan pirovard natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturni ishlab chiqish sifatida tavsiflashsa (I. S. Shalaev), boshqalar dasturlarning shakl­lantirilishini boshqaruv jarayonlarining rejalashtirilishidan iborat deb hisoblashadi (I. S. Ladenko, G. L. Tulchinskiy).

Ta’lim sifatini loyihalash. U sifatni boshqarish jarayoniga asos bo‘ladi. Bu funksiya iste’molchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabini muntazam o‘rganish, mutaxassislar, standartlar modelini tahlil qilish negizida amalga oshiriladi. Buning uchun ta’lim sifatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlarning shakl­lantirilgan tizimi bo‘lishi zarur. Barcha ish sifatni o‘lchash va baholashning miqdoriy uslublariga asoslangan bo‘lishi lozim.


Ta’lim sifatini monitoring qilish, ya’ni ta’lim tizimining amal qilish jarayonini muntazam kuzatish, uning ahvolini kuzatib borish. Bunday kuzatish natijalari ta’lim sifatini ob’ektiv baholash hamda pedagoglar jamoasi faoliyatining keyingi yo‘nalishini bashorat qilish imkonini beradi.
Ta’lim sifati tizimini (sifat kafolatini) ta’minlash. Bunga boshqaruv xodimi tomonidan tashkiliy tuzilmani yaratish, majburiyatlar va mas’uliyatni taqsimlash, o‘qitishning tegishli metodikalarini, texnologiyalarini tanlash, moddiy va moliyaviy zaxiralardan samarali foydalanish, pedagogik jarayonni amalga oshirish singari tadbirlar kiradi. Boshqaruv xodimining mas’uliyati va rahbarlik roli sifat tizimini ta’minlashning zaruriy shartidir.
Boshqaruv xodimlarining sifatni shakllantirish omillariga ta’sirini sifatni boshqarishning muhim funksional elementlariga kiritish mumkin.
Quyida kasb-hunar ta’limi sifatini boshqarishning yo davlat darajasida yoki idoralararo va tarmoq darajasida amalga oshiriladigan ayrim jihatlari keltiriladi.
Kasb-hunar ta’limi sifatini kafolatlash — TM bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi bitim (kelishuv) asosida rejalashtirilgan va erishilgan natijalarni ta’minlash. Bu qabul qilingan DTS, ISO me’yorlari, shuningdek, natijalar va normativlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarga (EN 450) bog‘liq.
Sifatni kafolatlash barqaror natijalarga erishishga qaratilgan siyosatga xizmat qiladi. U ta’lim oluvchi natijalarini baholash xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Sifatni kafolatlash ta’lim jarayonini shakllantiruvchi sifatlar parametri negizida yotadi.
Bugungi kunda sifatni kafolatlashga bitiruvchilarning malaka standarti talablariga muvofiqligini nazorat qilishdan ko‘ra ko‘proq baholash strategiyasi orqali erishiladi.
Sifatni kafolatlash TM xodimlarini ixtisoslashtirish va yuqori malakali o‘qituvchilar hamda boshqaruv xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan yaxlit ta’lim jarayoni sifatini oshirish muammosini oldingi qatorga chiqaradi.
Sifatni kafolatlash sifatni boshqarishga qo‘yiladigan muhim talabga aylanadi. Biroq sifatni boshqarish og‘ishlarni aniqlashdan ko‘ra ko‘proq ularni bartaraf etishga taalluqlidir.
Sifatni boshqarish maqsadi — sifatni kafolatlash talablarini bajarish, shuningdek, ta’lim parametrlarini o‘zgartirish foydasiga xalqaro va davlat, ichki hamda tashqi darajalarda miqdoriy va sifatiy baholashga ta’sir ko‘rsatish vositasida faoliyat barqarorligini oshirish.
Sifatni kafolatlashda bu sohadagi xalqaro tajriba hisobga olinadi hamda milliy darajadagi ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, davlat amaldorlari va boshqa manfaatdor ishtirokchilarni o‘z faoliyatini xalqaro standartlar bilan qiyoslash yo‘li bilan baholashga undaydi. U ishga joylashish sifatini aniqlash, ochiq-oydinlikni ta’minlash va faoliyatning xilma-xil turlarini qiyoslash uchun muhim. Shu bois, u ayni mahalda maqsad, jarayon hamda natija sifatida voqe bo‘ladi.
Sifatni kafolatlash talablari ta’lim jarayonini o‘zgartirishni yuksak darajada rag‘batlantiradi. Sifatni kafolatlash bilimlarning faqat o‘qituvchilar tomonidan berilishi strategiyasi o‘rniga innovatsion ta’lim sohasidagi kashfiyotlar strategiyasiga afzallik bergan holda ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Sifatni kafolatlash sohasidagi hozirgi siyosat yangi bilim olish jarayoniga asoslanadi, bunda ushbu jarayonni belgilovchi o‘quvchining pozitsiyasi faol bo‘ladi. O‘qitish ko‘proq tadqiqotchilik faoliyati va uni yangi texnologiyaga tayangan holda qo‘llanish bilan bog‘liq.
Sifatni kafolatlash ta’lim olayotganlar, o‘qituvchilar, shuning­dek, ta’lim sohasidagi mas’ul hokimiyat tuzilmalariga ta’limning konkret natijalarini umumiy va ochiq mehnat bozori doirasida olingan natijalar bilan qiyoslash imkonini beradi.
Davlat tomonidan tizimning manfaatdor ishtirokchilari bilan birgalikda kasb-hunar ta’limida sifatni kafolatlash tizimi joriy etilishi bilan sifatni ta’minlashning malaka standartlari asosida yangicha markazlashuvni TM darajasida markazlashuvdan chiqish talablari bilan qo‘shib olib boruvchi tizim yaratildi.
Ta’lim sifatini kafolatlashni ta’minlashga institutsional yondashuv. Ta’lim sifatini kafolatlashni ta’minlashga bunday yondashuv ta’lim muassasasining tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyatini takomillashtirishga asoslangan.
O‘quv rejalari va ta’limga tegishli xarajatlarni; ta’lim olayotganlarni baholash vositalari va sertifikatsiyalashni; o‘qituvchilar, kuratorlarning mosligini baholashni; uskunalar va xonalarning muvofiqligini baholashni me’yoriy hujjatlar va standartlar belgilab beradi.
Butun institutsional jarayonni (ta’lim berishni rejalashtirishdan tortib uni amalga oshirishgacha) baholash uchun qator mezonlar mavjud bo‘lib, konkret ta’lim muassasasining ta’lim xizmatlari bozoriga muvofiqligini ular bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • o‘quv rejalari, DTSda sanab o‘tilgan sohalarga o‘qitish nuqtai nazaridan;

  • o‘qituvchilar, ma’muriy va yordamchi tarkibning yuqori kasb mahorati;

  • ta’lim jarayonining mazmunini muvofiqlashtirish va ta’lim oluvchilarni korxonalarga ishlab chiqarish amaliyotiga yo‘llash uchun TMning ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabati;

  • kasb-hunar tayyorgarligi maqsadlari yo‘lida uskunalarning yaroqliligini tekshirish;

  • ta’lim oluvchilarni tanlash jarayoni;

  • malaka imtihonlarini o‘tkazishni tashkil qilish — bitiruvchilarni olgan ixtisosi bo‘yicha ishga joylashtirish.

Institutsional yondashuvda sifatni baholash ta’lim berish tugab, bitiruvchi ishga joylashgandan keyingina (yoki ishga joylashish imkonsiz bo‘lsa) to‘la o‘tkazilishi mumkin. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish an’anaviy metodlar bilan, ya’ni erishilgan natija rejalashtirilgan talablarga muvofiqligini yakuniy tekshirish orqali amalga oshiriladi (bunda institutsional tayyorlashda jarayonni 9000 me’yorga yo‘naltirgan holda ISO standartlaridan ko‘proq foydalanilishigina yangilikdir).
Natijalar sifatiga asoslangan yondashuv. Bizning davrimizda rivojlangan mamlakatlarda sifatni kafolatlash bilim asosida yondashuv orqali amalga oshiriladi.
Diqqat markazida ta’lim jarayoni emas, balki ta’lim oluvchilar namoyish etgan kasb-hunar bilimida ifodalangan natijalarni baholash turadi.
Bilimni, u qaerda egallanganidan qat’iy nazar, namoyish etish mumkin. Ushbu konsepsiyaning mohiyati bilimni baholash maqsadida uni namoyish etishdadir.
Yondashuv bilimni namoyish etishni o‘quv dasturi tarkibidan ajratib turadiki, bilim ushbu dastur jarayonida egallangandir. Yondashuv:

  • individ biron-bir ishni bajarish yoki ishlab chiqarish jarayonidagi real vaziyatda natijaga erishish mahoratini namoyish etishini;

  • ta’lim berish istalgan joyda (korxonada, o‘quv yurtida, jamoat tashkilotida) o‘tkazilishini;

  • baholash ta’lim beriladigan joy bilan bog‘liq bo‘lmagan uchinchi tomondan (imtihon qiluvchi organ) bajarilishini;

  • sertifikat beruvchi tashkilot hech kimga afzallik bermagan holda barcha tomonlarning manfaatlarini teng darajada ifodalashini nazarda tutadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash.
Baholashni ta’lim tizimi strategiyasi muvofiqligining, samaradorligining va uni ro‘yobga chiqarishning keyingi tahlilini maqsad qilib qo‘ygan jarayon deb belgilash mumkin.
Baholashning muhimligi u yuz berayotgan o‘zgarishlarni monitoring qilish, tizimning hamda uning tarkibiy qismlarining kuchli va zaif tomonlarini imkon qadar ilk bosqichda aniqlash uchun hamda ushbu tizimning samarali (samarasiz) amal qilishini, sabablari bilan birga, tavsiflash uchun xizmat qiladigan vosita ekanligidan kelib chiqadi.
Muvaqqat ko‘rsatgichlar nuqtai nazaridan qaraganda, baholashdan maqsad — o‘tgan faoliyatnigina emas, balki joriy faoliyatni ham baholash, shuningdek, istiqbol uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Ustiga ustak, baholash turli vaqtlarda va turli mintaqalarda amal qilib turgan xilma-xil tizimlar hamda ularning tarkibiy qismlarini qiyoslash uchun muhim vositadir.
Baholash protsedurasi boshqarish hamda rejalashtirishning qudratli mexanizmidir, chunki u strategik qarorlar qabul qilayotgan shaxslarga o‘zlari tanlagan narsani tashkiliy va ta’lim darajalarida tekshirishga ko‘maklashadi. Baholash ta’lim tizimining umumiy rivojlanishi uchun hayotiy zarurat. Baholash auditoriya, alohida o‘quvchining faoliyatini baholash doirasidan ancha tashqari chiqadi va umuman butun tizimni qamrab oladi.
Baholashdan maqsad — ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlari DTS asosida tavsiflanishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarning umumiy shkalasini ta’minlash. Shu ma’noda baholash jarayoni ta’lim tizimlarini qiyoslash va ularning tarkibiy qismlarini vaqt, mintaqa yoki konseptual ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholash uchun zarur ma’lumotlar taqdim etadi.
Sifatni kafolatlashning yana bir jihati ta’lim oluvchilar uchun ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlashdir. Masalan, ISO standartlari va ta’lim natijalarini baholashning o‘zgarib borayotgan tizimlari yordamida individual o‘quv faoliyati natijalarini sifatni kafolatlashga urg‘u bergan holda baholashning yangi tizimi rivojlanmoqda. Ta’lim xizmatlarining standartlarga muvofiqligini nazorat qilish va baholash bilan birga, tayyorlash ishini amalga oshirayotgan pedagog xodimlar yuqori malakali va yaxshi shakl­langanligiga ishonch ham bo‘lishi zarur. Bunda sifatni boshqarish faoliyati og‘ishlarni aniqlashga qaratilganidan ko‘ra ko‘proq sharoit yaratishga (standartlardan og‘ishning oldini olishga) qaratiladi. Bu strategiya TIMSS, PISA singari va hokazo yangi milliy hamda xalqaro test tizimlarini joriy etish bilan olib boriladi.
Umumiy va kasb-hunar ta’limida markazlashtirilgan umumiy test­larni yaratish bilan birga tashqi, ichki va markazlashtirilgan baholash tizimi vujudga keladi, shuningdek, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish tizimi ta’lim berish tugaganidan keyin emas, balki ta’lim berish davrida baholashning ular uchun qulay bo‘lgan doimiy tartibini joriy etish vositasida o‘zgaradi. Yevropada ta’lim oluvchini rag‘batlantiruvchi, shakllantiruvchi baholash tizimi deb ataluvchi eng muvaffaqiyatli baholash tizimi shotlandiyalik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Baholash tizimining diqqat markazida «musbat» yoki «manfiy» kategoriyalari orqali baholanadigan yakuniy testdan o‘tkazishning pirovard natijasini nazorat qilish va baholash emas, balki ta’lim sifatini oshirish jarayoni turadi.
Monitoringga asoslangan shakllantiruvchi baholash tizimi baholashning ilmiy konsepsiyasidagi, ko‘nikmalari va jarayonidagi, shuningdek, o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi hamda o‘quv jarayonini ta’limning ichki tizimida (ichki sifat) va undan tashqarida (tashqi sifat) takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Ta’lim sifati me’yorlari — ta’lim sifatiga qo‘yiladigan, jamiyat va shaxsning muayyan tuzilma va darajadagi ta’lim sifatiga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq keluvchi, aniqlangan, tan olingan va hujjatlarda qayd etilgan talablar tizimlari.
Ta’lim sifati mezonlari — ta’lim sifatining o‘rnatilgan me’yorlar, talablar, etalonlar, standartlarga mosligi darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar.
Ta’lim sifatini baholash — xususiyatlar (yo‘l qo‘yishlar, tavsiflar, parametrlar, munosabatlar) o‘zgarishining sifatning etalon darajasini, me’yorini qayd etuvchi asos bilan nisbatini ifodalovchi o‘lchov.
Ta’lim sifati monitoringi — ta’lim sifati holatini va o‘zgarishlarini, uni baholash va bashoratlashni kuzatishga yo‘naltirilgan majmuaviy tizim.
Ta’lim sifatini ta’minlash — ta’lim sifatini belgilangan me’yorlardan, talablardan, standartlardan past bo‘lmagan darajada tutib turish; ta’lim tizimlarining hayotiy siklida amal qilishi bo‘yicha belgilangan maqsadlarni ko‘zlab ta’lim tizimlarida amal qilish sifatini boshqarish.
Ta’lim sifatini boshqarish — «boshqaruv sub’ekti» tomonidan ta’limdagi barcha ob’ektlar va jarayonlarga nisbatan sifatning qaror topishi, ta’minlanishi, rivojlanishi (yaxshilanishi)ni qo‘llab-quvvatlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish hamda ular tomonidan ta’riflangan maqsadlar, me’yorlar, standartlarga muvofiq teskari aloqa (nazorat, baholash, tahlil)ni uyushtirish.
Ijtimoiy institut bo‘lgan ta’limning sifat ijtimoiy me’yorlariga muvofiqligiga munosabatini boshqarish.
Baholash standartlaridan foydalanishning yana bir jihati me’yor, bu mutaxassislarni baholash bo‘yicha tayyorlashdir. Bunda boshqa masalalar tug‘iladi. Masalan: baholashning vazifasi nimadan iborat? Baholash maqsadlari va mazmuni bo‘yicha yozma bitimlar mavjudmi? Maqsadlar aniq belgilanganmi? Baholash dasturi bosqichlarini qanday qilib aniqlash mumkin? Mezonlar to‘g‘ri tanlanganmi? Dastur puxta asoslanganmi? Baholashda kim ishtirok etadi? Baholash jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari bormi? Baholash natijalari zarur darajada to‘liq va asoslimi? Baholash bo‘yicha hisobotning «musbat» va «manfiy» tomonlari nimalardan iborat? Baholash natijalaridan foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqdami? Baho ta’lim sifatini oshiradimi?
Ta’lim sifati — ta’limning rang-barang ehtiyojlarga, maqsadlarga, talablarga, me’yorlarga (standartlarga) muvozanatli muvofiqligi. Ta’limning ierarxik uyushgan, ijtimoiy ahamiyatli muhim xususiyatlari (tavsifi, o‘lchovlari)ning tizimli yig‘indisi.
Mutaxassislarni tayyorlash sifati muammolari — mutaxassislar tayyorlashning (ham natija, ham jarayon sifatida) rang-barang ehtiyojlar, maqsadlar, talablar, me’yorlar, standartlarga muvozanatli muvofiqligini (muayyan ma’noda) ta’minlash maqsadida xilma-xil tabiatga ega bo‘lgan hamda tadqiq qilinishini va hal etilishini talab etayotgan mutaxassislar tayyorlash sifati sohasidagi dolzarb nazariy va amaliy masalalar yig‘indisi.
Ta’lim sifatini tizimli tadqiq etish — tadqiqot ob’ekti bo‘lish ta’lim sifatini tarkiblashtirishning zarur darajadagi chuqurligini (ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishning konkret bosqichi uchun) ta’minlovchi tadqiqot va uning tadqiqot predmeti sifatidagi barcha jiddiy (ta’limni samarali tashkil qilish va boshqarish uchun) o‘zaro aloqalarini hisobga olish.
Kadrlarni tayyorlash va raqobatbardoshligi sifatini oshirish yo‘nalishlari majmui orasida mutaxassis tayyorlash sifatini to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘lchash va baholashni tanlash alohida o‘rin tutadi.
Shu maqsadda:

  • birinchidan, fan, texnika, texnologiya, ijtimoiy soha rivojlanishining u yoki boshqa tendensiyalarini ta’minlash uchun mutaxassislarning qanday sifat ko‘rsatkichlari eng muhim;

  • ikkinchidan, mutaxassis tayyorlashda ham, ularning kasbiy faoliyati jarayonida ham talab etilayotgan sifat ko‘rsatkichlarini qanday metodlar bilan ob’ektiv, aniq va ishonchli o‘lchash hamda baholash mumkin, — degan kamida ikki savolga javob berish zarur.

Bunda mutaxassisning kasbiy sifatlarini «bilim», «malaka» va «ko‘nikma» tushunchalari bilangina tasavvur qilish yetarli emasligini nazarda tutish zarur. Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash mezonlari jumlasiga, kasbiy bilimlar bilan bir qatorda, intellektual rivojlanish, shaxsiy xususiyatlar, qobiliyatlar tavsifi ham kiritiladi. Ayni shu sifatlar mutaxassisning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda o‘zini namoyon etishini ancha keng aks ettiradi.
Testlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ular bilan o‘lchash natijalari reyting orqali baholanadi.
Zamonaviy mutaxassisning sifatini o‘lchash mezonlarini tanlash va shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga ta’lim oluvchilarning tayyorlik sifatini baholash va nazorat qilish bo‘yicha tegishli tartibot va mexanizmlarni joriy etish tavsiya qilinadi. Pedagogik testdan o‘tkazish va reyting-nazorat shunday metodlar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ushbu yo‘nalishda 1992 yildan buyon muayyan maqsadni ko‘zlab ish olib borilmoqda. Davlat test markazi tashkil qilingan, u abiturientlarni yagona test sinovlaridan o‘tkazadi, o‘quvchilarning bilimi sifatini baholash hamda nazorat qilishni ishlab chiqish va takomillashtirish, ta’lim sifatini aniqlashning ishonchli va ob’ektiv mexanizmlarini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot olib boradi.
Bu jihatdan quyidagilar eng dolzarb vazifalar hisoblanadi:

  • o‘lchash va baholash metodologiyasining birligini, bir darajadagi har xil ta’lim tashkilotlarida baholarning qiyoslanuvchanligini, ularni teng darajada talqin qilishni, shuningdek, bu baholarning chet el ta’lim tashkilotlari baholari bilan qiyoslanuvchanligini ta’minlovchi ta’lim sifati reyting-nazorati me­xa­nizmini ishlab chiqish;

  • o‘qituvchilarni test o‘tkazish va reyting-nazorat nazariyasi hamda amaliyoti masalalari bo‘yicha maxsus tayyorlash;

  • ta’lim jarayoniga reyting-nazoratni samarali joriy etish uchun barcha ta’lim tashkilotlarini tegishli kompyuter majmuasi va dasturiy ta’minot bilan ta’minlash;

  • reyting-nazoratga o‘tish mumkin bo‘lgan Davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalarini va dasturlarini ishlab chiqish.

Abiturientlarni ob’ektiv tanlash oliy ta’lim sifatini oshirishning ta’sirchan mexanizmi hamda omilidir. Bu nafaqat oliy ta’lim sifatining, balki uzluksiz va uzviy jarayon bo‘lgan butun ta’lim tizimining ham muammosidir. Shu sababli unga batafsil to‘xtalamiz.
Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy: «Har bir avlod to‘plangan tajribani keyingi avlodga qoldiradi, u esa bu tajribani yanada rivojlantiradi va boyitadi», — deb yozgandi. Anchadan buyon yetilib kelayotgan va vaqti-vaqti bilan keskinlashayotgan ta’lim tizimiga, jumladan, oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda test o‘tkazish metodini joriy etish, shuningdek, uni takomillashtirishga yondashish imkoniyatlari to‘g‘risida gap ayni shu nuqtai nazardan boradi.
Bu muammo sof ilmiy yoki utilitar (amaliy) ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat ham kasb etadi va amalda mamlakatning barcha fuqarolariga taalluqlidir. Chunki ushbu sohada ish qanday yo‘lga qo‘yilganligi kadrlar tayyorlash sifatida, pirovard natijada esa, shaxsni shakllantirish, o‘sib kelayotgan avlodni ta’limlashda jiddiy aks etadi.
Nazarimizda, hozirgi paytda test o‘tkazishni tashkil qilish va uning tartibining o‘zida, ayniqsa, test sinovlari mazmunida (ham ichki, ham tashqi xususiyatlarga ega) ko‘plab savollar yig‘ilib qolganki, ushbu ta’limiy-ijtimoiy hodisani takomillashtirish uchun ularni tahlil qilish hamda maqbul qaror qabul qilish zarur.
Mualliflarning ushbu muammo bo‘yicha ko‘pgina pozitsiyalari, tabiiyki, munozarali bo‘lib, keng ravishda asoslanishi hamda faktik ma’lumotlar bilan tasdiqlanishi darkor. Biroq Amir Temur faoliya­tining, uning hayotiy pozitsiyasining «Kuch — adolatdadir» degan shiorini oliy o‘quv tashkilotlariga abiturientlarni testdan foydalanib tanlash amaliyotiga to‘liq ravishda tatbiq etish mumkin.
Gapni Oliy ta’lim tashkilotlariga test orqali tanlash yoshlarning o‘qishga munosabatini tubdan o‘zgartirdi, katta ijtimoiy adolatni ta’minladi va umuman olganda, respublikada ta’limni isloh qilish jarayonlariga, umuman kadr tayyorlashga ijobiy ta’sir qildi, degan umumiy ta’kidlashdan boshlamoq darkor.
Aynan islohotlarning keng ko‘lamliligi, teranligi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturi ilmiy asoslanganligi hamda prognoz qilinuvchanligi, uni bajarish choralari jamiyatda zamonaviy ta’limning komil shaxsni shakllantirishga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan yuksak qadriyatlarini yuksak darajada tushunishni yuzaga keltirdi.
Jamiyatda o‘z siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq strategik o‘zgarishlar Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturini amalga oshirish choralari respublikada yoshlar, kadrlar buyurtmachisi — davlat tuzilmalari hamda
Mualliflar O‘zbekistonda test o‘tkazish metodining qaror topishi va rivojlanishi tarixi bo‘yicha materialni tayyorlashda Davlat test markazi (DTM)ning rasmiy axborotidan hamda «Axborotnoma», «Vestnik» va «Xabarnoma» jurnallarida chop etilgan maqolalardan foydalanishgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun berilgan arizalar keskin ko‘payganligi jamiyat, yoshlar tomonidan izchil, maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosati shakllantirgan yangi yuksak qadriyatlarning anglanishi natijasidir. Ushbu siyosatni amalga oshirish mexanizm­lari qatorida abiturientlarni adolatli tanlashni ta’minlovchi, ob’ektiv test sinovlari tartibidan foydalanish ham bor.
Tanlashning ayni mazkur tartibi poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik, «telefon huquqi» va boshqa salbiy hodisalarni bartaraf etishni ta’minladi, qabul jarayoni va natijalarining ota-onalar, abiturientlar, ta’lim sohasi xodimlarining o‘zlari tomonidan idrok etilishi uchun qulay psixologik iqlimni yaratdi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga test yordamida tanlash tizimining asosiy xususiyatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Test tizimini ishlab chiqishga 1993 yilda kirishgandik. Dastlab qabul qilingan ikki variantli, 1995 yildan esa uch variantli testdan o‘tkazish, ijobiy xususiyatlar bilan birga, bir qator jiddiy kamchiliklarga ham ega ekanligini hamma tan olgandi. Ulardan yaqqol ko‘rinib turgani va sezilgani maxfiylik talablariga javob bermasligi bo‘ldi. Test topshiriqlari bankini boshqaruv tizimining qudratli vositalaridan foydalanmay saqlash ishni murakkablashtiradi hamda variantlarni avtomatik tarzda jamg‘arish imkoniyatini to‘liq istisno etadi.
Variantlarni avtomatlashtirilmagan taqqoslash savolnoma-daftarlar tuzish jarayonini murakkablashtirar va ko‘p variantli tizim bo‘yicha test o‘tkazish imkonini amalda istisno etardi. Bunda har bir variantning ham murakkablik darajasi bo‘yicha, ham har bir o‘quv fanining bo‘limlarini qamrab olish bo‘yicha teng qimmatliligiga erishish favqulodda murakkab va mashaqqatli edi.
Ayni shu kamchilikni tez tugatishning uddasidan chiqildi, chunki u DTMni va uning filiallarini texnika bilan yuqori darajada jihozlash, shuningdek, fanlar bo‘yicha mutaxassislarni keng jalb etish bilan bog‘liq edi. Bu davrda test tizimi tuzilmasi yangicha ko‘rinish kasb etish, bir necha kichik tizimlarni: test topshiriqlari bazasi bilan ishlash va variantlarni chop etish; fanlarni joriy etish; variantlarni avtomatik ishlab chiqish; javob varaqlarini test bo‘yicha ishlagandan so‘ng elektron axborot almashish tizimi bo‘yicha belgilangan shakllarda axborot to‘plash; test natijalarini statistik tahlil qilish va hokazolarni o‘z ichiga olgandi.
Shunday qilib, 1998 yilga kelib test texnologiyasining alohida bo‘g‘inlari (o‘qitiladigan ixtisoslar va tillar bo‘yicha variantlardan tortib test natijalarini ishlashgacha) avtomatlashtirildi.
Maxsus kompyuter dasturlari DTMni avtomatlashtirishning integratsiyalashgan tizimi bazasini yaratish imkonini berdi. Jumladan, har bir oliy ta’lim muassasasida mavjud bo‘lgan va DTM bilan modem orqali bog‘langan ABS — abitur uchun tizim va kompyuter dasturlari joriy etildi.
Amalga oshirilgan ishlar qabul komissiyalari faoliyati hamda abiturientlarning asosiy miqdoriy parametrlari to‘g‘risida tizimli ravishda va operativ axborot olish imkonini berdi. ABS — abitur yordamida abiturientlar guruhini biron-bir belgisiga ko‘ra shakllantirish, rahbarlar va kuzatuvchilarni auditoriyalar bo‘yicha taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Test varaqlari (abiturientlar javoblari) hisoblab chiqish uchun avtomatlashtirilgan tizimga kelib tushardi, unda axborot maxsus dastur bo‘yicha, ma’lumotlar bazasi va ochqichlar asosida ko‘p variant­li tizim bo‘yicha ob’ektiv ishlanardi. Bundan tashqari test topshiriqlari sifat ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun maxsus dasturlar ham ishlab chiqilgandi.
Fanni (uning bo‘limlari va boblarini) bilish, uning mustaqilligi mezonlari asosida variantlar sintezi tuzilmasi hamda algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu tuzilma negizida ko‘p variantli tizim bo‘yicha test o‘tkazish uchun variantlarni avtomatik ishlab chiqish kompleks dasturi yaratildi. Bunda ma’lumotlar bazasida har bir test topshirig‘i pasportlashtirildi hamda fanlar bo‘limlari (boblari) va testlarning murakkablik darajasiga muvofiq kodlandi.
Shunday qilib, ko‘p variantli tizimda yuqori darajada maxfiylik variantlarni sintezlash bo‘yicha kompyuter texnologiyasi, har bir abiturient uchun variantni ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili, shuningdek, javob varaqlarini boshdan oxirigacha shifrlash va kodlash maxsus dasturlariga muvofiq individuallashtirish ta’minlandi.
Ko‘p variantli test tizimini amalga oshirishning asosiy komponenti va zarur sharti yoshlarning bilim darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini va intellektual rivojlanishini ob’ektiv baholashni ta’minlaydigan yuqori sifatli test topshiriqlari hajmiy bankini yaratish ekanligi aniq.
Olimlar, tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladigan bunday ma’lumotlar bazasi yildan-yilga ortib va takomillashib bordi. Masalan, 2000 yilda bankni shakllantirishda ma’lumotlar bazasida yuz mingdan ziyod test topshiriqlari bor edi. Test topshiriqlarining «Axborotnoma», «Vestnik» va «Xabarnoma» jurnallarida e’lon qilinishi (test topshiriqlarining e’lon qilinishini ko‘pchilik mutaxassislar ma’qullashmaydi, bu haqda quyida gapiramiz) ular keng ravishda sinovdan o‘tkazilishiga ko‘maklashdi.
O‘quvchilarning bilimini baholashning aniqligi va ob’ektivligini oshirish maqsadida test topshiriqlari banki qayta ishlandi, yangilanib, yangi topshiriq bilan to‘ldirib borildi. Test topshiriqlari bankini shakllantirishda an’anaga aylangan «eng yaxshi pedagogik testlar muallifi» tanlovi katta rol o‘ynaydi. 2002 yilda 350 dan ziyod pedagog tanlovda qatnashdi, unda talabalar ham, o‘quvchilar ham ishtirok etishadi.
Tanlash mexanizmini takomillashtirishdagi navbatdagi qadam — test topshiriqlarining e’lon qilinmagan qismidan foydalanish bo‘lib, bu test tizimining filtrlash qobiliyatini oshiradi. Barcha variantlar va barcha fanlar bo‘yicha bunday topshiriqlarni berish amaliyotidan foydalaniladi.
TM bitiruvchilarini avvalgi yillar savollar kitobi va javob varaqlari asosida testdan o‘tishga tayyorlash maqsadida mashq tariqasida test o‘tkazildi. Buning natijasida ko‘plab bitiruvchilar test texnologiyasini o‘zlashtirishdi. Urganch, Buxoro, Farg‘ona, Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida Toshkent aloqa elektrotexnika instituti va «Iste’dod» jamg‘armasining kompyuter sinflari negizida joriy etilgan olisdan turib test o‘tkazish tizimi ish boshlagani ham ushbu masalani hal etishda ko‘maklashdi.
Masofadan turib test o‘tkazish tizimi variantlar ishlab chiqiladigan hamda ochqichlar turadigan DTMdagi asosiy server bilan bog‘langan.
Viloyatlar va oliy o‘quv yurtlaridagi kompyuter sinflari bosh server bilan bog‘langan, unda robot-avtomat kompyuter dasturi test topshiriqlari variantlarini ishlab chiqadi va aloqa yo‘li orqali jo‘natadi, so‘ng test natijalarini olib, ularga ishlov beradi va 2—3 daqiqadan so‘ng har bir bitiruvchi test o‘tkazilgan fanlardan olingan ballar bo‘yicha ko‘chirma oladi.
Amalda test seansi va uning natijasi o‘quvchilarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlari darajasini operativ baholash imkonini beradi hamda abiturientlarga o‘tgan yillardagi o‘tish ballarini hisobga olgan holda ixtisos va oliy o‘quv yurtini tanlash imkoniyatini yaratadi.
Test natijalari e’lon qilinganidan so‘ng DTM oliy o‘quv yurtlariga kirolmagan abiturientlarga javob varag‘i, savollar kitobi bilan hamda har bir test bloki bo‘yicha test topshiriqlarini bajarishdagi xatolar bilan tanishish imkoniyatini berib, ular bilan katta ish olib boradi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinishicha, test joriy etilgandan buyon o‘tgan davr ichida DTMning asosiy e’tibori testning maxfiyligini ta’minlashga, test topshiriqlarining variativligini oshirishga va mazmunini takomillashtirishga, butun test jarayonining tashkiliy tartibga keltirilishini, texnika va zaxiralar bilan ta’minlanishini yaxshilashga yo‘naltirildi. DTMning o‘rta maxsus va oliy ta’lim tashkilotlariga abiturient tanlashda test metodidan foydalanishi tegishli bosqichda to‘g‘ri bo‘lgan va o‘zini oqlagandi.
Biroq, kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modeliga muvofiq isloh qilishning hozirgi bosqichi test sinovlaridan foydalanish metodologiyasi, metodikasi va amaliyotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish uni takomillashtirishni qat’iyan zarurligini taqozo etmoqda.
Test texnologiyasidan foydalanishda oliy ta’lim muassasasiga abiturientlarni tanlash jarayonini takomillashtirish yo‘llari, bizningcha, qanday?
Birinchidan, test sinovlaridan ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimini baholashning ob’ektiv mezoni va abiturientlarni tanlash metodi sifatida so‘zsiz foydalanish darkor. Biroq, testlarning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati yetildi. Test topshiriqlarining bir, xildaligi tor yo‘nalishdaliligi savol tug‘diradi, ularning ko‘pi respondentlarning xabardorligiga, xotirasiga mo‘ljallangan. Mantiqiy fikrlash, umumiy intellektual qobiliyatlar orqali javob topishga erishish bo‘yicha topshiriqlar salmog‘i ko‘payishi darkor.
Bundan kelib chiqadiki, test sinovlarini takomillashtirish yo‘llaridan biri — ularning mazmunini tubdan qayta ishlash, materialni taqdim qilishni yangi metodologiya va mantiq bilan to‘ldirish, xotirani baholashga emas, balki mustaqil fikrlashga, individiumning umumta’lim tayyorgarligini baholashga, o‘z nuqtai nazarini ifodalash va himoya qilish imkoniyatiga yo‘naltirilganligi va h.k.
Ikkinchidan, abiturientlar hozirgi tanlash tartibida jarayonlar va hodisalarga o‘z qarashlarini, ular borasidagi fikrlarini (yozma yoki og‘zaki) izhor etish imkoniyatidan mahrumdirlar, bu hol yozma va og‘zaki nutqning, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish qobiliya­tining, fikrlarini bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning, mustaqil ijodiy fikrlashning rivojlanishini jiddiy pasaytiradi.
Shuning uchun (abiturientlarni tanlashning asosiy, biroq yagona bo‘lmagan mezoni bo‘lmish) test sinovlaridan tashqari, ulardan keyin majburiy yozma imtihonni (bayon, insho, diktant tarzida — bu muhokama qilinadigan masala) joriy etish zarur, deb hisoblaymiz.
Bu, bir tomondan, muayyan oliy o‘quv yurtiga abiturientlarni kasbiy yo‘naltirilgan holda tanlashni amalga oshirish, boshqa tomondan esa — ularning tegishli bilim sohalaridagi qobiliyatlarini (bilimlari, malakalari, ko‘nikmalarini) to‘liq ochish imkonini yaratbdi.
Uchinchidan, abiturientlarni faqat test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlashning cheklanganligi va TM, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarining «o‘zlashtirish reytingi» hisobga olinmasligi umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quvchilarni umumta’lim, yaxlit tayyorlashning ahamiya­tini pasaytiradi.
Shu munosabat bilan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish qonuniy bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimlarini «soha fanlari bo‘yicha» takomillashtirishga yo‘naltirilganlik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modelida belgilangan hamda Davlat ta’lim standartlari bilan qat’iy tartibga solingan «Fanlar asoslari bo‘yicha tizimli bilim olish, bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish, tayanch o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar, mehnat ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash, atrof olamga va kasb tanlashga anglab munosabatda bo‘lishni shakllantirish» to‘g‘risidagi bosh maqsadli ko‘rsatmasini amalda susaytiradi.
Shuning uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda o‘quvchilarning reytingini hisobga olish amaliyotini qo‘llashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu muayyan darajada va tegishli shart­larga rioya qilinganda, o‘quvchilar ta’lim dasturlarining yaxlit mazmunini o‘zlashtirishini, Davlat ta’lim standarti bajarilishini ta’minlash imkonini yaratishini alohida ta’kidlaymiz.
To‘rtinchidan, test o‘tkazishni TM, kollej va litseylarga ko‘chirish, ularni yakuniy attestatsiya sinovlari tartibiga kiritish, natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga ularning umumta’lim reytingini ko‘rsatgan holda sertifikat berish masalasini muhokama qilish maqsadga muvofiq. Bu oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda test o‘tkazish, uni tashkil qilish tartibini, reyting mazmuni va uning natijalarini hisobga olish istiqbolini batafsil ishlab chiqishni talab etishi mutlaqo tabiiydir.
Quyidagilarni reytingdan foydalanish va uni hisobga olishning mumkin bo‘lgan varianti, deb hisoblash mumkin. Oliy ta’lim tashkilotlari marketing tadqiqotlari, attestatsiya natijalari, o‘tgan qabul kampaniyasi tajribalari hamda davlat va jamiyatning istiqbol ehtiyojlarini o‘rganish asosida muayyan oliy o‘quv yurtiga (bakalavriat va magistratura ixtisoslari yo‘nalishlari bo‘yicha) qabul reytinglarini e’lon qiladiki, reytingi bundan past bo‘lganlarning hujjatlarini ushbu oliy o‘quv yurtiga qabul qilish imkoni bo‘lmay qolishi mumkin. Abiturientlar o‘zlarining (sertifikatlarda qayd etilgan) reytinglarini hisobga olgan holda bundan buyongi ta’lim yo‘lini maqsadni ko‘zlab tanlaydilar va tanlashning qolgan tartibotlarini bevosita oliy ta’lim tashkilotlarida o‘taydilar.
Shunday qilib, test sinovlarini takomillashtirib hamda ularning natijalarini oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun asos deb hisoblab, TM, kasb-hunar kollejlari yoki akademik litseylar bitiruvchisining yozma (og‘zaki) imtihoni va DTS o‘zlashtirilishi natijalarining reytingini ham hisobga olish maqsadga muvofiq. Mutaxassislar tomonidan abiturientlar tanlash jarayoni va tartibini takomillashtirishga doir yondashuvlar, ularning mexanizmlari taklif qilinishi mumkin va lozim.
Xususan, yuqorida keltirilgan takliflar, bundan keyin ham shu kabi taklif va tavsiyalarning bildirilishi tabiiy holdir. Maqsad, barcha harakatlarning pirovard natijasi TMga eng loyiq, bilimli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish hamda shu orqali yetuk mutaxassis, barkamol avlodni ta’limlashdan iborat bo‘lishi lozim.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini ta’limlashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni ta’limlashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.
Boshqaruv tamoyillari:
1. Muammolarni yechishga ijodiy yo‘nalish.
2. Sifat natijalariga erishish uchun muntazam rejalashtirish.
3. Holatga mos ravishda boshqaruv turi (holatga va qo‘l ostidagilarga moslashish qobiliyati).
4. G‘oyalarga bir xil munosabat va bir-birini yaxshi tushunish.
5. Barcha a’zolarning hamkorligi va komunikabilligi.
6. Buyurtmachiga yunaltirilganlik.
7. Ijobiy fikrlash, qo‘lay muxit va munosabatlar.
8. Vakolat berish va xodimlarning malakaviy usishini ta’minlash.
Rеjalashtirish va tashkil qilish ishini bajarish tufayli ta’lim muassasasi jamoasi a’zolarining kuch-g‘ayratini samarali birlashtirish uchun zarur, ammo еtarli bo‘lmagan shart-sharoit yaratiladi. Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, odamlar rеal bajarayotgan ishlar ularga qo‘yilayotgan rasmiy talablarga har doim ham mos kеlavеrmaydi. Ijtimoiy tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularga kiruvchi odamlar o‘z sabablariga ega bo‘lgan holda, o‘z oldilariga o‘zlari maqsad qo‘yishga qodirdirlar. Ular nimanidir qilishni xohlashlari va xohlamasliklari va shunga qarab ishlashlari mumkin. Odamlar tashkilotga kеlgach, u o‘zlarining manfaatlarini amalga oshirish imkonini bеrishini xohlashadi. Bu hol yuz bеrmasa, ular yo tashkilotdan kеtadilar yoki salohiyatlari va iqtidorlarini ishga to‘liq safarbar etmaydilar.Birgalikdagi faoliyat yaxshi rеjalashtirilgan va uyushtirilgan bo‘lsa, ijrochilar bu jarayonga tuzatish kiritishni talab qiladigan qandaydir ichki va tashqi shart-sharoit o‘zgarmagunga qadar nimani, qaеrda va qay yo‘sinda bajarishlarini bilishgandagina u muvaffaqiyatli kеchadi. Bu o‘zgarishlar rеjalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun xavf tuQdirishi yoki, aksincha, qandaydir yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. Boshqaruv yuz bеrayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish dеb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur.Boshqaruv nazorat tufayli o‘zi usiz faoliyat yuritmaydigan eng muhim tarkibiy qism — qayta aloqaga ega bo‘ladi. Nazorat boshqa­ruvning «ko‘zini ravshan» va o‘zgarishlarga nisbatan ta’sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rеjalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davrasi yopiq holga kеladi.
Rеjalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, o‘zi ham ko‘plab boshqa ishlardan tashkil topadi. Masalan, u rеjalashtirish, vaziyatni tahlil etish, prog­nozlash, maqsad qo‘yish, samaradorlikni baholash, ish rеjasining biron-bir variantini tanlash haqida qaror qabul qilish kabilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Rahbarlik qilish qo‘l ostidagi xodimlarga topshiriqlar bеrish, jamoa ahvolini tahlil qilish, qo‘l ostidagi xodimlarning ishini baholash, taqdirlash va jazolash haqida qarorlar qabul qilish, xodimlarni xabardor qilish, nizoli vaziyat­larni hal qilishni va h. k. ko‘zda tutadi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab bosh­qaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar iеrarxik tuzilmaga ega — xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, ta’lim muassasasida o‘quv-ta’lim jarayonini boshqa­rishning umumiy turkumida boshlanQich va umumiy o‘rta ta’limni rеjalashtirish, tashkil etish, unga rahbarlik va uni nazorat etish turkumlari ajratib ko‘rsatiladi. Bu turkumlar ham, o‘z navbatida, murakkab tuzilmaga ega. Masalan, boshlang‘ich ta’limni boshqarish turkumi ichida va ayrim sinflar, prеdmеtlarni o‘rganishni rеjalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish turkum­lari ajratiladi.Boshqaruv jarayonida, ayni paytda, turli boshqaruv turkumlari ishi amalga oshiriladi. Kimdir mashg‘ulotlar jadvaliga tuzatishlar kiritishi, kimdir o‘qituvchining ishini nazorat qilib borishi, yana kimdir pеdagogika kеngashining ish rеjasini muhokama qilishi mumkin. Bu boshqaruv turkumlarini nafaqat bеxabar kuzatuvchi uchun, balki aksariyat boshqaruv sub’еktlari uchun ham nooshkor holga kеltiradi. Ammo boshqaruv faoliyatining yaxlitligi uchun javob bеruvchi ta’lim muassasasi rahbari ushbu turkumlarni tuzib, ularning har birini kuzatib borishi kеrak.Rеjalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish hokimiyat munosabatlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv ishi dеb hisoblanadi.
Samaradorlik tushunchasi, garchi ijtimoiy munosabatlar jarayonida ko‘p qo‘llanilsa-da, boshqaruv nazariyasida eng kam ishlangan tushunchalardan biridir. Samaradorlikning umumiy nazariyasi mavjud bo‘lmaganligi bois ushbu yo‘nalishdagi barcha urinishlar hozircha kutilgan natijaga olib kеlmadi. Faoliyatning turli sohalarida samaradorlikning o‘z xususiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo ta’limda bugungi kunda bunday ko‘rsatkichlar yo‘q. Shunga qaramay, samaradorlik tushunchasi sifatga yo‘naltirishda juda muhim va foydalidir. Vazifaning butun murakkabligini anglagan holda, boshqaruv samaradorligi nima ekanligini aniqlashga urinib ko‘ramiz. Samaradorlik haqida gapirishdan oldin faoliyat unumdorligi tushunchasini kiritamiz. O‘ar qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik — bu qandaydir vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi faoliyat xususiyati dеmakdir.
Unumdorlikdan ko‘pincha boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Garchi faoliyat unumdorligi bilan bosh­qaruv samaradorligi bir-biriga bog‘liqligi shubhasiz bo‘lsa-da, biroq ular bitta narsa emas. Ta’limning boshqa ta’lim muassasasiga nisbatan yuqoriroq natijalari ushbu ta’lim muassasasida boshqaruv sifati yuqori bo‘lishidan har doim ham dalolat bеravеrmaydi.
Masalan, ta’lim muassasasi ajoyib moddiy bazaga ega bo‘lsa, moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari hisobiga o‘qituvchilarga boshqa ta’lim tashkilotlaridagiga nisbatan yuqoriroq ish haqi to‘lay olsa, ushbu barcha nе’matlardan mahrum bo‘lgan oddiy ta’lim muassasasidagiga qaraganda ta’lim sifati yuqoriroq bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Lеkin masala har bir ta’lim muassasasi o‘zida mavjud imkoniyatlardan nеchog‘li yaxshi foydalanayotganligidadir.
Boshqaruv sifatini baholash aynan shu savolga bеriladigan javobga boQliq. Boshqaruv o‘z vazifasiga ko‘ra foydali natija olish uchun imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni ta’minlashi kеrak. Ushbu vazifani qanchalik yaxshi uddalasa, u shunchalik samarador bo‘ladi.
Boshqaruv samaradorligi dеganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.
Bunday ta’rifni faoliyat ko‘rsatishni boshqarishga nisbatan ham, rivojlanishni boshqarishga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi. Lеkin bu holatlarning har birida turli natijalar va turli xarajatlar hisobga olinishi kеrak. Ta’lim muassasasi o‘zi uchun ta’lim sifati iloji boricha yuqori darajada bo‘lishini ta’minlay oladi (bu yuqori samaradorlik hamda faoliyat yuritishni boshqarishdan dalolat bеrishi mumkin), ammo ayni paytda u yangiliklarni o‘zlashtirish va o‘zining salohiyatini kuchaytirish uchun ob’еktiv tarzda ta’limning mavjud imkoniyatlaridan foydalanmasligi mumkin. Bu ta’lim muassasasini rivojlantirishni boshqarish samaradorligi pastligidan dalolat bеradi.
Ta’lim sifati ta’lim oluvchi yoshlarning xabardorligini rivojlantirishni ta’minlaydigan ta’lim faoliyatining turli jihatlarini, o‘qitish mazmuni, shakllari va mеtodlarini, moddiy-tеxnika bazasini, kadrlar tarkibini va h. k. tavsiflovchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan bеlgilanadi.
«Bilimdonlik» («xabardorlik») tеrmini mеnеjmеntda kеng qo‘llaniladi. Ammo uni ta’lim tizimida ishlatish u qadar ommalashmagan. O‘quvchilar va talabalarga nimani bеrish maqsad qilib qo‘yilganligini aniqlash uchun ko‘pincha bilim, qadriyat yoki ishonch va e’tiqod tushunchalaridan foydalanib kеlingan (hozir ham shulardan foydalanilmoqda).
O‘zbekiston Respublikasid a kasb-hunar ta’limi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, raqobatbardosh kadrlarni mamlakatimizda va chet ellarda fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning rivojlanishini hisobga olgan holda mutanosiblik tarzida kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi. Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga, yuqori fikrlash madaniyati hamda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy axborot bobida mustaqil yo‘nalish olish mahoratiga ega bo‘lishi darkor. Zamonaviy menejmentda samarali usul deb maqsadlar bo‘yicha boshqarish usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati – tashkilotning har bir bo‘linmasi va har bir pog’onadagi rahbar uchun umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda qisqa muddatli maqsadlarni o‘rnatish va ularni bajarish rejalarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda har bir xodimning maqsadi o‘zining bevosita rahbarining maqsadlaridan kelib chiqqan va u maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Zamonaviy mutaxassis tabiiy-ilmiy va kasb-hunar bilimigagina emas, balki o‘zining ma’naviyati va madaniyatini belgilovchi gumanitar bilimlarga ham ega bo‘lishi darkor. Axloqiylikdan mahrum mutaxassis qabul qilinayotgan qarorlarning haqiqiy oqibatlari uchun o‘ziga ham, jamiyatga ham javob bera olmaydi. Mamlakatimiz ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, jarayoni va natijasining tub farqi shunda. Yuqorida ta’kidlanganidek, kasb-hunar ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash hamda raqobatbardosh ta’lim xizmati ko‘rsatishdan iborat.
Islohotlargacha bo‘lgan davrda, barcha darajadagi kadrlarni tayyorlash sifati past bo‘lganligi oqibatida, bu maqsad to‘liq bajarilmasdi.
Respublikadagi hunar-texnika bilim yurtlari asosan ikkinchi razryadli, malakasi past ishchi kadrlarni tayyorlar edi. Ularni ishlab chiqarishda yuqori malakali qilib «etishtirish» uchun ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilardi.
Past sifatli mutaxassislarni tayyorlash, ayrim istisnolar bilan oliy ta’limga ham xos edi. Buning sababi ko‘p darajada:
Mutaxassislarni ommaviy chiqarish, respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotining asossiz ehtiyojlari, bu hol soxta lavozimlar nomenklaturasi ortishiga olib keldi. Bu omil oliy ma’lumotning nufuzi va uning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talab pasayishini keltirib chiqardi;
Oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnati natijalari ham miqdor, ham sifat jihatdan qadrsizlanishi. Yangi texnika va texnologiyani yaratadigan mutaxassis o‘zining ijodi natijalarini ro‘yobga chiqaradiganlardan kam maosh olardi. Ayni mahalda yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga xos kasbiy vazifalarni bajarishardi;
Mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanishda raqobatchilik sharoiti yo‘qligi, bu hol ularning ta’limi sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy pasayishiga olib keldi.
Mazkur sabablardan tashqari, tayyorlash jarayonida sifatni yaxshilash ko‘zda tutilmagan, bir xil darajadagi qat’iy cheklangan oliy ta’lim tizimi ham mutaxassislar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi. Odatda, qancha qabul qilingan bo‘lsa, shuncha mutaxassis chiqarilardi (ozgina saralanish bundan mustasno), to‘g‘rirog‘i, shuncha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berilardi. Bunda, odatda, raqobatbardosh potensial mutaxassislar barcha bitiruvchilarning 7—12 %dan oshmasdi.
Menejmentning vazifasi

  1. Rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirish.

  2. Xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvrfiqlashtirish.

  3. Korxona va muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga hamda ko‘zlangan natijalarga erishish.

4. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlar qabul qilish
5. Qarorlar bajaralishini nazorat va tahlil qilishni o‘rgatish
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida jiddiy iqtisodiy ziyon еtkazdi.
AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi barcha darajalardagi kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligiga:

  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning jips aloqasi;

  • Ta’lim tashkilotlari tiplarining va fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning eng so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar ta’limi dasturlarining xilma-xilligi;

  • kasb-hunar ta’limi tizimini iqtisodiyotning ustuvor hamda daromad keltiradigan tarmoQiga aylantirish;

  • ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash;

  • kasb-hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish;

  • ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholashning ob’ektiv tizimini qo‘llash;

  • aql-idrokning rivojlanishi, o‘lchanishi va baholanishi, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar muammosi, shuningdek, kasbga yo‘naltirish muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlarni bajarish;

  • o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada himoyalanganligi tufayli ta’minlanadi.

Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasi negizida ularni tayyorlash sifatini uch asosiy bosqichda ta’minlashga majmuaviy yondashuv yotadi.
Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, mohiyatini ifodalashga ehtiyoj tug‘iladi.
Tamoyil — biror bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning holatimizda bu — maktabgacha ta’limboshqaruvi idoralari, muassasa rahbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan holda boshqaruv ob’ektiga (bizning holatimizda bu — maktabgacha ta’lim muassasasi, ta’limlanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshqarishning psixologik uslublari — bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari — diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
Bu tushunchalar o‘zaro bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bularning barchasi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatiladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo‘ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani. korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun. avvalo, etarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ko‘plab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo‘lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish ham bundan istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko‘nikmalarni o‘zaro uyg‘un holda qo‘llash ta’lim-ta’lim bilan bog‘liq masalalarni talab darajasida hal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor qaratib, Prezident Islom Karimov «Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik» asarida: «Kadrlar tanlashda — vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi - murakkab tarmoq bo‘lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib ta’limlash vazifalarini to‘laqonli xal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-ta’limviy, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o‘z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’limboshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta’limbosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ta’lim-ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko‘rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun maktabgacha ta’limtashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatiga javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning «Ta’lim tizimi boshqarish» nomli 4 bo‘limi, 25 moddasida shunlay deyiladi: Ta’lim soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish Davlat boshqaruv organlariga rahbarlik qilish ta’limni rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan. Ta’limchilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoa fikrini, ta’limchilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh ta’limchi maslaxatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obruliroq ta’limchini biriktirish lozim.Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagog ishining ilg‘or metodlari va usullarini egallashga, o‘z bilimlarini doimo to‘ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, ta’lim turlarini egallash ishtiyokini singdirishga yo‘llash uslubchining vazifasi hisoblanadi.Maktabgacha ta’lim tashkiloti - murakkab tarmoq bo‘lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta’lim tashkilotining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib ta’limlash vazifalarini to‘laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar tashkilotlaridagi ta’lim-ta’limviy, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o‘z ishida davlatimiz va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir.Jamoadagi to‘g‘ri, o‘zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta’minlaydi. Rahbarlik mavqei o‘z g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim-ta’lim berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashaga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida to‘rgan vazifalarni bilishga, o‘z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U programma, metodik instruktiv, normativ hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darxol bartaraf qilish choralarini ko‘rish lozim. Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda fan va ishlab chiqarish bilan aloqasi qanchalik kuchli bo‘lsa, uning samaradorligi shuncha katta bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlashda shaxs va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi kasb-hunar ta’limi dasturlari rang-barang bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Bu rang-baranglik ta’limi moslashuvchan bo‘lishiga olib keladi va o‘zgarib borayotgan sharoitga tez moslashishni ta’minlaydi. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda mutaxassis tayyorlash tajribasi ta’limning eng muhim vazifasi intellektni va mantiqiy fikrlashni mashq qildirishdan iboratligini ko‘rsatmoqda. Bu masalani hal etishda o‘quvchilarning mustaqil ishlashining roli muhim bo‘lib, u mutaxassis o‘zining kasbiy, ma’naviy va madaniy saviyasini butun umri davomida takomillashtirib borishi uchun juda zarur bo‘lgan mustaqil bilim olish ko‘nikmasini rivojlantiradi.Oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnati natijalari ham miqdor, ham sifat jihatdan qadrsizlanishi. Yangi texnika va texnologiyani yaratadigan mutaxassis o‘zining ijodi natijalarini ro‘yobga chiqaradiganlardan kam maosh olardi. Ayni mahalda yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga xos kasbiy vazifalarni bajarishardi. Mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanishda raqobatchilik sharoiti yo‘qligi, bu hol ularning ta’limi sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy pasayishiga olib keldi.




Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling