V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


Download 1.16 Mb.
bet23/27
Sana04.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1329231
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)

Keys. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik-psixologik tayyorgarligini tarkib toptirishda xatolik kelib chiqdi.

1. Keys bayoni. Har qanday pedagogik faoliyatning samaradorligi uning natijasi yoki natijalari bilan o‘lchanadi. Shaxs faoliyati, bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashda muayyan mezonlarga tayanib ish ko‘riladi. Mezonlarning ishlab chiqilishi faoliyat, bilim, ko‘nikma va malakalarning ob’ektiv, xolis baholanishini ta’minlaydi.
Keys topshirig‘i. Pedagoglarning innovatsion faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqing.
O‘qituvchining yechimi:
O‘qituvchilarining pedagogik-psixologik tayyorgarlishini
baholash mezonlari



Holat

Mezonlar

O‘qituvchilarining pedagogik-psixologik tayyorgarligi



1. O‘z fani bo‘yicha yangiliklarni yaratish xohishiga egalik.
2. O‘zlashtirgan yoki o‘zi asoslangan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etishda qat’iyatlilik ko‘rsatish.
3. O‘z faoliyatida innovatsiyalarni faol qo‘llash
4. pedagogik faoliyatning samaradorligini tashkil etish
5. O‘qituvchi pedagogik maxoratini namoyon eta olishi
6. O‘qituvchi o‘quv jarayonini faollashtirishi



2. Keys bayoni. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo‘llanilmoqda. “Vebinar texnologiyalar” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“webinar” – web-based seminar) web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminarni anglatadi. Biroq, keng ma’noda web-texnologiyalari yordamida tashkil etiladigan nafaqat seminarni, balki turli onlayn tadbirlar (seminar, konferensiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo‘yicha tarmoq translyatsiyalari (kompyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar)ni yoritishga ham xizmat qiladi.
Ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. Chunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling