Ma’lumotlar to‘plami – foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo’nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot
talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr.
Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning holatimizda bu — maktabgacha ta’limboshqaruvi idoralari, muassasa rahbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan holda boshqaruv ob’ektiga (bizning holatimizda bu — maktabgacha ta’lim muassasasi, ta’limlanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshqarishning psixologik uslublari — bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari — diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat ) qilish - o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘rgatish - ta’limlanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs.
O‘qish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish jarayoni; bolalar tomonidan o‘quv faoliyati usullarini egallab olishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Bolalar jamoasi – ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan bolalar birlashmasi, guruhi.
Tamoyil — biror bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |