V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


Download 1.16 Mb.
bet24/27
Sana04.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1329231
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)

Keys savoli: ko‘pchilikning fikricha vebinar darslarning sifati web-texnologiyalarining ta’minotiga bog‘liq. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri.
O‘qituvchining javobi: vebinar darslarning sifati web-texnologiyalarining ta’minoti ham muhim ahamiyatga ega. Biroq, boshqa turdagi darslar kabi vebinar darslarning sifat hamda samaradorligi ularning metodik jihatan tashkil etilishiga bog‘liq. Tashkiliy-texnologik masalalar, ya’ni vebinar darsining Internet tarmog‘igi orqali talaba, tinglovchilarga uzatib berilishining hal qilinishigina vebinar darslarning sifati web-texnologiyalarining ta’minoti bilan bog‘liq. Bordi-yu, vebinar darslarining translyatsiyasi juda sifatli bo‘lgani holda kutilgan ta’limiy natija qo‘lga kiritilmasa, u holda o‘quv mashg‘uloti pedagog tomonidan samarali, sifatli tashkil etilmagan bo‘ladi.


3-Keys topshirig‘i: Pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan kasbiy muammolar va ularni hal etish strategiyalari
Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:

















4. KEYS-stadining ahamiyati va mohiyati
Ta’lim jarayonida keys‑stadi uslubini keng tatbiq qilishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari


Кейс-стади:
масала тарихи
Keys‑stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o‘qitish usuli sifatida xorijiy ta’limda avval-boshda huquq sohasida qo‘llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo‘llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Ana shu vaqtdan boshlab HBS keyslarning boy to‘plamini yig‘di va mazkur uslubni ta’limning mustaqil konsepsiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu sababga ko‘ra keys‑stadi uslubini ko‘pincha garvard uslubi deb atashadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, garvard uslubi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo‘yicha intensiv treningidan iboratdir.
Keys-stadining ikki klassik maktabi - Garvard (Amerikada) va Manchester (Evropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur uslub yagona to‘g‘ri yechimni izlashni o‘rgatish usuli hisoblanib, ikkinchi maktab keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko‘p variantliligini taklif qiladi. Amerika keyslari o‘nlab sahifali matnni va ko‘plab chizmalarni o‘z ichiga oladi. Yevropa keyslari hajmi birmuncha kamroq.
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o‘rganishga o‘quv vaqtining o‘rtacha 25 %dan 90 %gacha bo‘lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o‘quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida – 30 %, Uortonda esa – 40 % to‘g‘ri keladi. Mashg‘ulotlarni ushbu uslub bo‘yicha o‘tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo‘yicha uning “ilk ixtirochisi" Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy tinglovchi HBSda o‘qish vaqtida 700 tagacha keyslarni ko‘rib chiqadi va buning uchun o‘quv vaqtining 90 %gacha qismini sarflaydi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling