V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


Download 1.16 Mb.
bet21/27
Sana04.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1329231
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)

Ta’lim sohasida davlat siyosati
«Har kim bilim olish huquqiga ega...»
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
41-modda. «Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyi­dagilardan iborat: ta’lim va ta’limning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘un­lashtirish».
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni.
«Davlat ta’lim siyosati O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosida va ularning istiqbollarini hisobga olib amalga oshiriladi.
Bosh strategik maqsad — erkin demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat barpo etish; O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha kishilar uchun, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, munosib turmush sharoitini yaratish; qonuniy huquq va erkinliklarning kafolatli amalga oshirilishi.
Mazkur strategik maqsad jamiyat hayotining istisnosiz barcha sohalarida butun bir qator masalalarni hal etishni taqozo qiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Ta’lim siyosatini ishlab chiquvchilar. Ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari va strategiyasini shakllantiruvchi davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy guruhlarga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi, ta’lim vazirliklari. Ta’lim jarayonini, tuzilmasini, uning amal qilish va rivojlanish qonunlarini professional ishlab chiquvchilar. Ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari, rahbarlari va ta’limni boshqarish organlari. Xilma-xil daraja va turdagi ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining iste’molchilari. Fan, madaniyat, san’at arboblari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar vakillari. Ota-onalar va o‘quvchilar.
Ta’lim xizmatlari bozorini va raqobatlashuv qobiliyatiga ega muhitni shakllantirish sharoitida ta’lim tashkilotlari o‘z nufuzini va maqomini oshirish bo‘yicha turli choralar ko‘rmoqda. O‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini, mamlakat va sayyoramiz hayotidagi voqea-hodisalarni o‘z dunyoqarashiga, olamni his etishiga, shaxsiy qadriyatlariga muvofiq talqin qilish huquqiga ega.
Jamiyatning hozirgi zamondagi rivojlanishining xarakterli xususiyati shundaki, O‘zbekistonda dunyoviy faoliyatning barcha sohalari isloh qilinmoqda. Ayni mahalda uzluksiz ta’limning konseptual, maqsadli va qadriyat asoslari Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim tizimi ommaviyligi, ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Davlat-jamiyat tizimi bo‘lgan ta’lim shaxsning muttasil ortib borayotgan madaniy-ta’lim va kasbiy ehtiyojlarini, jamiyatning ommaviy kasblar kadrlariga hamda iqtisodiyot, fan va texnika, madaniyatning barcha sohalari uchun mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intiladi.
Islohotlargacha bo‘lgan davr ta’lim tizimidagi vaziyatning murakkabligi shu bilan bog‘liqki, undagi inqiroz tabiatan ikki yoqlama bo‘lgandi. Birinchidan, u ta’limning global inqirozining ko‘rinishlaridan birini namoyon etgandi. Ikkinchidan, u butun jamiyat va davlatdagi o‘zgarishlar sharoitida va ularning kuchli ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Boshqa tomondan, o‘tish davrida hamda iqtisodiyotni tubdan isloh qilish davrida ta’lim tizimiga ijtimoiy va iqtisodiy buyurtmani aniqlash qiyin bo‘lgan edi.
Bunday sharoitda mamlakat ta’lim tizimining eng yaxshi an’analarini saqlab qolishgina emas, balki unga zarur sifat, moslashuvchanlik baxsh etish ham muhim edi. O‘zbekistonning, bir tomondan, huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyati, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, ochiq axborot makonini barpo etishga intilishi, boshqa tomondan, jamiyatni individuallashtirish ta’lim tizimida ziddiyatni kuchaytirib yubordiki, bu holat islohotlar zarurligi bilan izohlanadi.
O‘zgarib borayotgan jamiyat sharoitida ta’lim tizimi isloh qilish rejimiga majburan kirib boradi, ayni mahalda variativlikda, demokratiyalashda, yalpi innovatsion pedagogik harakatda yangi xususiyatlar kasb etadi.
Jamiyatda iqtisodiy barqarorlik va kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish yo‘li bilan aholining bandligi uchun sharoit yaratish — davlat bandlik siyosatining maqsadidir. O‘zbekistonda ta’lim avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan yangi turmush tarziga, yangi turmush tarzi va ongini shakllantirishga o‘tish ko‘prigini o‘ynaydiki, ularning asosiy xususiyatlari milliy va umumbashariy qadriyatlarni, yuksak ma’naviylikni o‘zida uyg‘unlashtiradi.
Ta’lim tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan bosh maqsad — uni yanada harakatchan, ochiq, fuqarolarning ta’lim borasidagi ehtiyojlarini qondirishga qobil, jamiyat va ijtimoiy-xo‘jalik majmuining talab-ehtiyojlariga darhol javob bera oladigan, jahon kasbiy hamda ta’lim bozorida samarali ish olib borishga va raqobatlashishga qodir sohaga aylantirishdir.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’limlanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasida belgilab qo‘yiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
ta’lim-ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-ta’lim berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida ta’limlash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq hamda boshqa to‘lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo‘naltiriladigan mavjud mablag‘lar doirasida belgilaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog‘liqni saqlash tashkilotlarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Tushunchalar tahlili” metodi





Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling