Ehtimolliklarni qo‘shish va ko‘paytirish
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida (masalan, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda) texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi elektr dvigatellardan bittasi yoki bir nechtasi ishdan chiqishi mumkin. Demak A yoki B voqelik alohida va bir vaqtda sodir bo‘lishi mumkin.
A va B voqeliklar yig‘indisini uchunchi voqelik C deb qabul qilamiz. Uchinchi voqelik C faqat A voqelik yoki faqat B voqelik yoki ikkalasini bir vaqtdagi sodir bo‘lishini ifodalaydi (4.1-rasm).
4.1-rasm. A va B voqeliklarning sodir bo‘lish ehtimolligi grafik tasviri.
Bir vaqtda sodir bo‘lmaydigan voqeliklarni qo‘yish. Bir vaqtda sodir bo‘lmaydigan A va B voqeliklar bir vaqtda yuzaga kelmaydi. Ikkita bir vaqtda sodir bo‘lmaydigan voqeliklardan birontasini A yoki B voqelik yuzaga kelish ehtimolligi P(A+B) ushbu voqeliklarni yuzaga kelish ehti- molliklari Ð(À), Ð(Â) ning yig‘indisiga tengdir: Ð(À+Â) = Ð(À)+Ð(Â).
Bir vaqtda sodir bo‘lmaydigan bir nechta voqeliklarni qo‘shishning umumlashgan teoremasi bir vaqtda sodir bo‘lmaydigan bir nechta voqe- liklardan (À1 yoki À2 yoki À3 ... yoki Àn) birontasini sodir bo‘lish ehti- molliklari yig‘indisiga tengdir:
n n
Ð(À1+À2+À3+....+Àn) = Ð(À1)+Ð(À2)+Ð(À3)+...+Ð(Àn) yoki
Р Аi P (Ai ) . (4.2)
i 1 i 1
Voqeliklarni to‘la guruhi ehtimolliklari yig‘indisi 1 ga teng:
n
P (Ai ) 1 . (4.3)
i 1
Do'stlaringiz bilan baham: |