Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti
Ehtimollar nazariyasi haqida umumiy tushunchalar
Download 0.94 Mb.
|
ilmiy tadqiqotlar
Ehtimollar nazariyasi haqida umumiy tushunchalarUmumiy ma’lumotlarTashqi dunyoning har qanday voqeligi (hodisasi) ma’lum tarzda ko‘plab boshqa voqeliklar bilan bog‘liq. Ushbu voqeliklarni o‘rganish natijasida o‘rganilayotgan voqeliklarga xos asosiy ichki bog‘lanishlarni ifodalovchi ma’lum bir qonuniyatlar aniqlanadi (topiladi). Turli voqeliklarni o‘rganishda ko‘p hollarda hisobga olinmagan bog‘lanishlar yuzaga keltirgan asosiy qonuniyatlardan ayrim cheklanishlar kuzatiladi. Bitta tajribani bir necha bor takroriy o‘tkazilganda natijalarni bir biridan qandaydir farq qilishiga olib keluvchi voqeliklarni tasodifiy voqeliklar deyiladi. Masalan, biron bir jism massasi bir necha marotaba o‘lchanganda ayrim omillar ta’sirida o‘lchov asbobini har safargi ko‘rsatishi bir-biridan farq qilishi mumkin. Dielektrik qo‘lqopni dielektrik mustahkamligi tekshiril- ganda, ikkinchi darajali omillar (elektrodlarni holati, rezina sifati va h.k.lar) ta’sirida uni teshib o‘tish kuchlanishi har gal bir-biridan farq qilishi mum- kin. Bitta tajribani ko‘p marotaba takrorlab ko‘rish natijasida tasodifiy og‘ishlarni o‘ziga xos o‘zgarish qonuniyati yuzaga keladi va undan tasodifiy voqeliklarni tadqiq etishda foydalanish mumkin. Bir xil sharoitda cheklanmagan marta qaytariladigan tasodifiy voqeliklarni ommaviy tasodifiy voqeliklar deyiladi. Ommaviy tasodifiy voqeliklarni kuzatganimizda aynan ularga xos ma’lum qonuniyat yoki barqarorlikni ko‘ramiz. Kub shaklidagi tomonlariga 1 dan 6 gacha bo‘lgan raqamlar yozilgan o‘yin toshini (zarikni) 5 marta tashlaganimizda 6 raqami 4 marta tushishi yoki 50 marta tashlaganimizda 3 yoki 13 marta tushishi mumkin. Tajriba ko‘p marta qaytarilganda 6 raqami tajribalar sonining 1/6 maro- tabasida tushishi mutloqo ehtimoli, chunki uning 6 ta bir xil (simmetrik) tomonlari bor. Ushbu zarikdagi 6 raqamining tushishi stabillashib boradi va ma’lum bir x/6 soniga (bu yerda x – tajribalar soni) yaqinlashadi. Tasodifiy voqeliklarda kuzatilayotgan o‘ziga xos maxsus qonuniyatlari ehtimolliklar nazariyasi predmeti hisoblanadi. Ehtimollik nazariyasi injenerlik amaliyotida, birinchi navbatda turli texnik energetik (turli texnologik jarayonlardagi) uskunalar va qurilmalarning ishlash ishonchliligi aniqlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabi masalalarni hal qilishda keng o‘rin tutmoqda. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling