Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
TSilindrsimon razvertkalarni
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konussimon razvertkalar
- Razvertkalash usullari
TSilindrsimon razvertkalarni konussimon singari ikki yoki uchtadan
to‟plam holida tayyorlanadi. Ikkitali to‟plamlarning biridan dastlabki dag‟al ishlov berish uchun, ikkinchisidan sirtga uzil-kesil tekis ishlov berishda foydalaniladi. Uchtali to‟plamning birinchisi yordamida (sirtga xomaki ishlov berishda) teshik tozalanib, kerakli darajadagi sirt g‟adir-budirligiga va aniq o‟lchamga yetkaziladi. Konussimon razvertkalar tsilindrsimonlariga qaraganda birmuncha og‟ir sharoitda ishlatiladi. To‟g‟ri tishlarining ko‟ndalang ariqchalari qirindilarni butun tish uzunligi bo‟ylab chiqarib tashlash imkonini beradi. Bu esa kesish jarayonida sodir bo‟ladigan kuchlanishni kamaytiradi. Dag‟al razvertkalashda metall qatlamining kattagina qismi olib tashlanadi. SHuning uchun ularni qirindilarni maydalaydigan qilib pog‟onali holda tayyorlanadi. To‟g‟ri tishli razvertkalarda qirindi maydalaydigan ariqchalar bo‟lmaydi. Dastakli tsilindrsimon razvertkalar bilan 3-60 mm gacha bo‟lgan teshiklarga ishlov berish mumkin. Aniqlik darajasi bo‟yicha ular 1,2 va 3 tarzda raqamlangan. Razvertkalash usullari Razvertkalash hamma vaqt parmalash va zenkerlashdan keyin bajariladi. Teshikka ishlov berishda parma yoki zenkerning o‟lchami dag‟al ishlov berishda 0,25-0,5 mm, toza ishlov berishda esa 0,05-0,015 mm qo‟yim qoldirilishidan keyin kelib chiqib tanlanadi. Razvertkalashda surish va kesish tezligi teshik sirtining g‟adir-budirligiga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Sirtning sifatiga qancha katta talab qo‟yilsa, kesish tezligi va surish shuncha kichik bo‟lishi kerak. SHuni yodda tutish kerakki, 25 mm gacha bo‟lgan teshiklarga oldin dag‟al, keyin esa toza ishlov berilishi kerak. 25 mm dan katta bo‟lganlariga avval zenker, so‟ngra dag‟al va toza razvertkalar bilan ishlov beriladi. Razvertkalashning g‟adir-budirligi, aniqligiga moylash va sovutish katta ta‟sir ko‟rsatadi. Sovutilmagan va moylanmagan holda razvetkalashda teshik notekis, g‟adir-budir bo‟lib chiqishi, razvertka teshikda siqilib qolishi natijasida asbob sinishi mumkin. SHuning uchun ham razvertkalashda moylash-sovutish suyuqliklaridan keng foydalaniladi. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling