Va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda
-§. Sayr va ekskursiyalar o‘tkazish metodlari
Download 175.5 Kb.
|
Sitora To\'raqulova
12-§. Sayr va ekskursiyalar o‘tkazish metodlari
Eng oddiy turizm jismoniy tarbiyaning muhim vositasidir. Bolalar bog‘chasida turizm deganda bog‘cha hovlisidan tashqaridagi joylarda sayr qilish tushuniladi. Bundan maqsad bolalarda harakat malakalarini takomillashtirish, joylarda to‘g‘ri yurishga o‘rgatish va shunga o‘xshash ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday mashqlar ahil jamoani tarbiyalash, bolalar bilan kattalar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatlar o‘rnatish uchun katta ahamiyatga egadir. 236
Bolalar ko‘pincha bolalar bog‘chasi xonasi yoki maydonida turli mashqlarni bajarayotib, yangi vaziyatda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Tabiatning bolalarning sayr paytida duch keladi-gan o‘zgarib turuvchi sharoiti joylarda zarur mo‘ljal olishni, qat’iyatlikni, botirlikni, umumiy chidamlilikni tarbiyalashga, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuning uchun bunday sayr va ekskursiyalar muntazam amal-ga oshirilishi va u kichik guruhlardan boshlanishi, bunda maz-kur guruh bolalarning yosh xususiyatilari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, yakka ko‘rsatkichlari hamda shifokor tav-siyalari hisobga olinishi lozim. Sayr maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun tarbiyachi ularni kalendar-rejasida oldindan belgilab oladi va o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘radi. Yoz – sayrlarni o‘tkazishning eng qulay vaqti. Tarbiyachi bolalarni muassasa joylashgan tumanni: shaharda (agar bolalar bog‘chasi dala hovlida bo‘lmasa) park, bog‘, xiyobonlarni; dala hovlida, yaqin atrofdagi o‘rmon, yaylov, soy, gullagan o‘tloq, daryo, ko‘lni oldindan o‘rganadi. Bolalar bilan qaysi yo‘ldan borish maqsadga muvofiqligini aniqlash, ayrim marshrutlarning uzoqligini belgilash juda muhimdir. Bolalarni yo‘lda dam oldi-rish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi, harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish mashqlarini o‘tkazish imkonini beradigan barcha tabiiy sharoit – irmoqchalar, qirg‘oq, do‘ngalaklar, tepaliklar, yiqilgan va egilib qolgan daraxtlar, yaylov va hokazolarning mavjudligi hisobga olinadi. Sayrlar mazmuniga o‘yinchoqlar va kichikroq inventarlar-dan foydalanib amalga oshiriladigan harakatli o‘yinlar, shuningdek, qoidali harakatli o‘yinlar kiritiladi. Yalanglikda jismoniy tarbiya mashg‘uloti, harakatli o‘yin o‘tkazilishi, shundan so‘ng bolalar dam olishlari, sayr etishlari, xotirjam o‘ynashlari mumkin. Qish faslida bolalar bog‘chasidan tashqariga sayr uyushtirish ham muhim bo‘lib, u ham ish rejasiga kiritiladi. Agar muayyan guruhdagi barcha bolalar konkida ucha oladi gan bo‘lsalar yaqin oradagi muz maydoniga (uning ma’muriyati bilan oldindan kelishilgan holda) borish maqsadga muvofiq. 237
Kichik guruh bolalari yaqin atrofdagi xiyobonda sayr qilish-lari mumkin. Bunday sayrlar bardoshlilik, chidamlilikni hosil qilishga, bola organizmining qarshilik ko‘rsata olishini oshirish-ga, asab tizimi faoliyatini mo‘tadillashtirishga, bolalarda tetik, quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga yordam beradi. Sayr vazifalari rejaga muvofiq bolalarni oldindan ogohlanti-rish, ularda sayrni quvonib kutish hissini uyg‘otish, sayr maqsadini quyidagi ko‘tarinkilikda ma’lum qilishdan iborat: “Yalanglikda o‘ynaymiz, so‘ng cho‘milamiz”, “Yalanglikka mashg‘ulotlar bajargani boramiz”, “Ayiqchalarni olib ketamiz va ular bilan o‘ynaymiz”, “Turistik poxodga jo‘naymiz”. O‘rta va katta guruh bolalari sayrga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etishlari lozim. Ular tarbiyachi bilan birga kerakli jihozlarini tayinlaydilar, ko‘tarib borish oson bo‘lishi uchun ularni o‘zaro taqsimlab oladilar. Tajriba bunday sayrlarning sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini, bolalarda turizmga nisbatan qiziqish, tetik ruh, chidamlilik, jamoa hissi paydo bo‘lishini tasdiqlaydi. Sayrda barcha yosh guruh bolalari erkin, istasalar guruh-guruh bo‘lib yurishlari mumkin (odatda juft bo‘lib yurish bir bolani ikkinchisiga bog‘liq qilib qo‘yadi va asab tizimi holatiga noxush ta’sir etadi, salbiy emotsiya uyg‘otadi, erkin harakat qilishga tabiat va uning go‘zalligini his etishga imkon bermaydi). Faqat muayyan sharoitlarda, masalan, bolalar transport yuradigan shox ko‘chadan kesib o‘tishlari kerak bo‘lganidagina juft bo‘lib saflanishi mumkin. Kichik guruh bolalarini tarbiyachidan tashqari yana kattalardan biror kishi kuzatib borishi kerak: u bolalarni yo‘ldan o‘tkazishga, yalanglik, o‘rmonda o‘yin uyush- tirishga ko‘maklashadi. Agar sayr paytida jismoniy tarbiya mashg‘ulotini o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar (qiya daraxtga sur’atni o‘zgartirib chiqish va pastga sakrash, kim o‘zarga yugurish, jilg‘adan hatlab o‘tish va hokazo), tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatda buyumlar bilan bajariladigan mashqlar kiritiladi. 238
Sayr va mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli (bolalar faqat trusi, mayka, panamka, kepka va sayrga mos oyoq kiyimida bo‘lishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi. Sayr qish faslida ham rejalashtiriladi: bolalar oldindan ogohlantiriladilar va tarbiyachi bilan birgalikda kerakli narsalarni (o‘yinchoqlar, belkuraklar, o‘yin uchun atributlar, chanalar, chang‘ilar, konkilar, va hokazo) tayyorlaydilar. Sayrlarni muntazam o‘tkazish bolalarning harakat ko‘nikmalarini takomillashtiradi, organizmni chiniqtiradi, chidamlilikni tarbiyalaydi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, atrof-muhitni bilishga yordam beradi, sayohatlarga qiziqish uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh etadi. 239 Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling