2-§. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va ularning tuzilishi
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, bola sog‘lig‘ining mustahkam-lanishi, ular tomonidan to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsni har tomonlama yaxshi rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshi rishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha fuksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoli-yatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, fizkultura va sport sohasiga oid ba’zi turlar bilimlar va atamalarni ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.
yotadi. Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar qopchalarini nishonga otadilar (2 marta).
Zal o‘rtasiga 2 ta tutqich qo‘yilib, unga poldan 40 sm baland qilib tizimcha tortiladi. 1-guruh bolalari uning tagidan o‘ng va chap yon bilan o‘tadilar (3-4 marta takrorlanadi). So‘ngra bolalar bir qator bo‘lib to‘ldirma to‘plar orasidan muvozanat saqlab yurish mashqini bajaradilar.
Harakatli o‘yin. «Ovchilar va quyonlar»
qism. «Ovozidan top» tinch o‘yini.
Nazorat uchun savollar
Katta va tayyorlov guruhlarda bir haftada nechtadan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi?
Mashg‘ulotlarni o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Bu guruhlarda tarbiyachi bolalar faolligini oshirish uchun qanday usul va metodlardan foydalaniladi?
Turli yoshdagi bolalar guruhlarida ishlashning xusu-siyatlari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |