Va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda


-§. Ertalabki gimnastika uchun mashqlar tanlash va ular asosida gimnastika kompleksini tuzish, jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazish


Download 175.5 Kb.
bet8/14
Sana14.05.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1461587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Sitora To\'raqulova

6-§. Ertalabki gimnastika uchun mashqlar tanlash va ular asosida gimnastika kompleksini tuzish, jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazish

Ertalabki gimnastikani o‘tkazishda mashqlarni bolalar bilan avval o‘rganilgan mashqlar ichidan oldindan tanlab olishni talab



214


etadi. Tanlab olingan mashqlardan har kuni foydalanish uchun mashqlar komplekslari tuziladi. Kompleks uchun mashqlar tan-lash organizmning hayot faoliyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Bunga asosiy muskul guruhlarini asta-sekin ishga jalb etish, ularni to‘g‘ri qomatni tarbiyalash maqsadlarida rivojlantirish va mustahkamlash orqali erishiladi.

Muayyan tartibda joylashgan turli muskul guruhlarini inten-siv faoliyatga tortishni ko‘zda tutuvchi mashqlar har bir mashqlar kompleksi mazmunini tashkil etadi. Bunda mashg‘ulotlarning quyidagi izchilligi belgilanadi: 1) yelka kamari muskullarini rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo‘g‘imlari, ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar; 2) orqa muskuli va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangan, bu muskullarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi, to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beruvchi mashqlar; 3) qorin va oyoq muskullarini rivojlantirishga mo‘ljallangan, bu muskullarni mustahkamlashga qaratilgan va ichki organlarga massaj kabi tasir qiluvchi mashqlar. Kompleks mashqlar uchun aniq mashqlarni tanlash bolalar bog‘chalarining har bir yosh guruhi dasturi bilan muayyan guruh bolalari imkoniyatlari va salomatligining ahvoli, shuningdek, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.


Ertalabki gimnastika organizmning funksional holatiga ro-hat baxsh etadigan yurish va yengil yugurish yassi tovonlikdan saqlanishni, fazoda mo‘ljal olishni ko‘zda tutuvchi uzoq davom etmaydigan mashqlar bilan boshlanadi. Bunda bolalar umum-rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun birnecha kolonna bilan yoki doira bo‘lib saflanadilar. So‘ngra yugurish (yoki sakrash) dan asta-sekin avval intensiv, keyin joyida turib yurishga o‘tish va to‘xtash bilan tugallanadigan mashqlar bajariladi.


Shunday qilib, ertalabki gimnastika jarayonida barcha asosiy muskul guruhlari ishga tushadi va butun organizmni



215


faoliyat holatiga keltiradi. Yugurish yoki sakrash vaqtida juda katta jismoniy yuklamadan so‘ng uning asta-sekin pasayishi (yurish vaqtida) yuz beradi va to‘xtash chog‘iga kelib organizm holati avvalgi normasiga qaytadi.
Ertalabki gimnastika chog‘ida gimnastika inventarlari (bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar va hokazo) dan foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Bu ularni muayyan tartibda va kelishilgan joyda saqlashni talab etadi, chunki ularni bolalar yurish jarayonida qo‘yilgan joyidan oladilar.



Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling