Va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda


Download 175.5 Kb.
bet11/14
Sana14.05.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1461587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sitora To\'raqulova

Jismoniy tarbiya daqiqalari. Jismoniy tarbiya daqiqalari o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Sport daqiqalarining ahamiyati bola faoliyati va holatini ha-rakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.

Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa, statik holat oqibatida muskullarning asab tizimi ta’sir qiluvchi, organizmdagi funksional jarayonlarni susayturuvichi turib qolish hodisasi yuz beradi, bularning hammasi toliqishni keltirib chiqaradi. Bola betoqat bo‘la boshlaydi, holatini o‘zgartirishga intiladi, gohida qaddi-qomatini tiklash uchun noqulay holatda turib qoladi.


Toliqish bir xil ish, shuningdek, mashg‘ulot uchun belgi-langan me’yorning buzilishi tufayli kuchayadi. Bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va shu bilan bog‘liq reflektorli reaktiyalar tezligi, bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatini o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto 6



219


yoshli bolalar ham faqat 20 minutgina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarini yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar (M.C. Grombax).

Jismoniy mashqlarni bajarish muskul ishini faollashtiradi, bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, simpatik asab tizimi faoliyatini, umuman miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional ijobiy holatning tiklanishiga, diqqatning aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi.


Turli xarakter va intensivlikdagi mashqlarning bolalarning jismoniy holati va aqliy ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish sport daqiqalarga kiritiladigan mashqlar bolalarda emotsional holat-ni uyg‘otishi, intensiv bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. Jismoniy tarbiya daqiqalari tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyda yugurish (30-40 sekund) kiradi. Sport daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llariga mo‘lj allangan 2-3 xil mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlari hamda oyoq mashqlarini oladi. Jismoniy tarbiya daqiqalari 2-3 minut davom etadi.


Ikki xil kam harakatli mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffuslar to‘p, arg‘amchi bilan o‘ynash yoki harakatli o‘yin, estafetalar-dan iborat bo‘ladi.


Kunduzgi uyqudan keyingi jismoniy mashqlar asab tizimini faollashtirish va bolalarning faol faoliyatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Ular qayta saflanish, qomatni, qo‘lni mayda muskullarini shakllantirishga yordam beradigan, harakatli o‘yinlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘yinlar 2-3 minutdan 10 minutgacha davom etadi. Shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan jismoniy daqiqalarga turli xil mashqlar tanlanadi.


1-mashq. Tayoqcha bilan bajariladigan mashq:

D.h.: tik turish, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan holatda.



220


1–4 tayoqcha yuqori ko‘tariladi va tushiriladi. Mashq 6–8 marta takrorlanadi.
2–mashq.

D.h.: tik turish, oyoqlar yelka kengligida, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan.


1–2 oldinga engashib, tayoqchani polga qo‘yish.
3–4 dastlabki holatga qaytish.
10–15 marta arg‘amchilarda sakrash.

Jismoniy daqiqalarga mashqlar qanday tanlanadi?





Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling