Va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda


Download 175.5 Kb.
bet12/14
Sana14.05.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1461587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sitora To\'raqulova

Nazorat uchun savollar

  1. Ertalabki gimnastikaning ahamiyati nimada?

  2. Ertalabki gimnastika uchun mashqlar qanday tanlanadi?

  3. Kichik guruh bolalari uchun ertalabki gimnastika jara-yonida tarbiyachi qanday usul va metodlardan foydalanadi?

  4. Yosh guruhlarda ertalabki gimnastikaning bir-biridan farqini aytib bering.

  5. Jismoniy daqiqalar nima va qachon o‘tkaziladi?

7-§. Kichik va o‘rta guruhlarda ertalabki gimnastikani o‘tkazish metodlari

Ertalabki gimnastika kichik guruhda tarbiyalanuvchilar kun tartibiga birinchi bo‘lib kiritiladi. U yil boshidan boshlab guruhdagi barcha tarbiyalanuvchilar bilan bab-baravar har kuni o‘tkaziladi. Gimnastika 4-5 minut davom etadi.


Mazkur yoshda o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy vazifadan tashqari yana bolalar bog‘chasida har bir kunni tashkiliy ravishda boshlanishini ta’minlaydi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish vaqtida va boshqa paytlarda bolalar e’tiborini faoliyatning hamkorlikda bajariladigan shakllariga tortish imkonini beradi.


Uch yoshga qadam qo‘ygan bolalarning ko‘plari tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan faoliyatga birdan kirishib ketolmasliklarini, topshiriqlarni bajarishda vaqt jihatidan orqada



221


Bolalarning mustaqil harakat faoliyatida qoidali harakatli o‘yinlar katta o‘rin tutishi lozim; ular ijodiy tashabbusni, tash-kilotchilik malakalarini rivojlantiradi, o‘yin ishtrokchilari xat-ti-harakatlarini va qoidalarining bajarilishini baholash me’zoni hosil qilinadi, bolalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ajoyib do‘stlik paydo bo‘ladi.

Kechki salqinda aniqlik va epchillikning rivojlanishiga yor-dam beradigan shashka va boshqa sport o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Agar katta va maktabga tayyorlov guruhlarining bolalari mantiq va fikr yuritish faolligi, diqqatini to‘plash, maqsadga yo‘naltirishni rivojlantiruvchi shaxmat o‘yinini o‘ynay olsalar, ularni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir.


Bolalarning yuqorida ko‘rsatilgan xilma-xil mustaqil harakat faoliyatlari tarbiyachi rejasida ko‘zda tutiladi.





Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling