Va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda


Download 175.5 Kb.
bet9/14
Sana14.05.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1461587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sitora To\'raqulova

Rahbarlik usullari. Kichik guruhda ertalabki gimnastikaga bolalar o‘z xohishlari bilan qiziqib, jamoaviy harakat faoliyatini boshlab yuborishlari, bundan rohat olishlari g‘oyat muhimdir. Mashqlarni har kuni ko‘p martadan takrorlayverish shunga olib keladiki, harakatlar bir maromda bajariladigan maqomli xususi-yat kasb etadi, berilgan harakat yo‘nalishi (oldinga, orqaga, yon tomonlarga, yuqoriga va hokazo) ga rioya qilinadigan bo‘ladi.

Tarbiyachi bolalar bajarayotgan harakat sifatiga ayrim talablar qo‘ya boshlaydi. U bolalarning zarur dastlabki holatda mumkin qadar to‘g‘ri tura olishlarini kuzatib boradi va ular baja-rayotgan harakatlarni sal bo‘lsa ham ko‘rsatib berilgan asosiy harakatga o‘xshashiga erishadi. Masalan, agar mashqqa qo‘llari boshdan yuqoriga ko‘tarish kerak bo‘lsayu, ko‘pchilik bolalar qo‘llarini faqat yon tomonga ko‘tarsalar tarbiyachi ularga qarab: “balandroq, balandroq yana ham balandroq ko‘taring! Qo‘llarimizni boshimizdan yuqoriga ko‘tarib, quyoshga yetka-zamiz”, – deydi. Ayni vaqtda u qo‘llarini yuqoriga muayyan usul bilan: yon tomondan, oldindan yuqoriga ko‘tarish zarur-ligini ta’kidlab o‘tmaydi.


Mazkur yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika mashqlari uchun o‘zgaruvchanlik va tugallangan belgili holatlarning nihoyatda kam miqdorda bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatdir. Deyarli barcha harakat izchillik bilan bajariladi. Tarbiyachining mashqlarni ko‘rsatib va tushuntirib berishining o‘ziga xos ekanligini shu bilan izohlanadi. Bu bilan uning o‘zi ham rivojlanib boradigan o‘yin mazmunining


ishtirokchilaridan biriga aylanadi.



216


O‘rta guruhda bolalarning diqqatini jamoaviy faoliyat shakl-lariga jalb qilish va maktabgacha ta’lim muassasasida kunni uyushqoqlik bilan boshlash uchun ertalabki gimnastikaning ahamiyatini saqlab qoladi. Shu bilan birga bola organizmining harakat faoliyatini faollashtirishda uning ahamiyati orta boradi. Bu esa tarbiyachidan ertal abki gimnastikani mashqlar orasida uzoq tanaffus qilmasdan yaxshi, jo‘shqin sur’at bilan o‘tkazishni talab qiladi.

Mashqlarni tushuntirishning o‘ziga xos xususiyati – bu qisqalik va aniqlikdir. Ertalabki gimnastika uchun bolalarga tanish bo‘lgan yoki juda oddiy mashqlar to‘planadi, shuning uchun o‘yinning har birini mufassal tushuntirib o‘tirishga hojat qolmaydi. Tarbiyachi faqat mashqning umumiy mazmunini, uning qismlari qanday izchillikda bajarilishini eslatib qo‘yadi, xolos. Masalan, u “Oyoqlarimizni kengroq ochdik, qo‘llarni belga qo‘ydik, oldinga engashish mashqi. Boshladik! Bir-ikki-uch, rostlandik!” – deydi. Mashqni bajarish davomida shu tarzda tushuntirib berib boriladi. Bunda harakat maromini yo‘qotmasdan tarbiyachi harakatlarining to‘g‘ri bo‘lishini talab qilib, izoh berishda davom etadi: “Pastroq, pastroq engashinglar, menga qarab turinglar, rostlandik. Yana bir marta qaytaramiz”, – deydi tarbiyachi guruhni bir daqiqa mashqdan to‘xtatib. Ko‘rsatib berilayotgan mashq va izohlar tushunarli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, chunki ertalabki gimnastika vaqtida qo‘l, oyoq, gavda boshning asosiy harakat malakalari mustahkamlanadi.


Bolalarda ertalabki gimnastikaga nisbatan ijobiy emotsional munosabat shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ular mashq baja-rishda yuksak darajada mustaqillik ko‘rsatishga o‘rgatiladi. Bolalar mashqni tarbiyachining tushuntirishi bo‘yicha bajara oladigan bo‘lib qoladilar, mashqlarni kompleks holida eslab qo-ladilar va mustaqil ravishda izchillik bilan takrorlay oladilar. Ular mashqning qanday atalishini aytib berishlari va uni bajarib hamda tushuntirib berishlari ham mumkin. Bolalarning hammasi kompleks mashqlarni bir-biriga izchil bog‘lanishini bilish-bilmasliklarini, dastlabki holatlarni esda saqlab qolganla rini tekshirish uchun tarbiyachi bolalarni mashqlarini mustaqil



217


bajarishga majbur qiladigan usullarni qo‘llaydi. Masalan, bir yoki birnecha bolani chaqirib, ularni guruhning oldiga turg‘azib qo‘yadi, bolalarni bitta qatorasiga mashqlarning butun yigindisi ni ko‘rsatishni taklif qiladi. Bolalar o‘rganib qolgan saflanish tartibida ularni chapga, o‘ngga buradi yoki orqaga aylantira-di. Bunda u kolonna oldida boruvchilarni hamda nimaga qarab tekislanish kerakligini – tekislanish mo‘ljalini o‘zgartirib turadi. Bunday tadbir bolalarning hammasini ertalabki gimnastikada faol ishtirok etishga, ularni sherengada, kolonnada yetakchi borishi uchun, birovning yordamisiz mustaqil harakat qilishga hamisha tayyor turishga majbur qiladi.

Yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalardan ertalabki gimnastika vaqtida harakatning chiroyli bajarilishini talab qilish kerak; ular dastlabki holatlarni hamda mashq o‘rtasidagi holatlarni aniq va puxta egallashlari, mashqlarni to‘g‘ri bajarishlari kerak.



Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling