Va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda


Download 175.5 Kb.
bet5/14
Sana14.05.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1461587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sitora To\'raqulova

Nazorat uchun savollar

  1. Asosiy harakatlar, deb nimaga aytiladi?

  2. Asosiy harakatlarning ahamiyati nimada?

  3. Asosiy harakatlar qanday turlarga bo‘linadi?

2-§. Yurish mashqlarining turlari va ularni
o‘tkazish metodlari

Yurish kishining siklik harakatiga mansub tabiiy siljish me-todlaridan biridir.


Aniq teri-muskul sezgilari, birinchi signal qo‘zqatuvchilari harakatning bevosita regulatori hisoblanadi. Har bir qadam tashlash paytida, ya’ni ikkala oyoq polga tekkanda muayyan vaziyat mavjud, bu oyoqni poldan uzib ikkinchisini qo‘yishga signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu ikkala oyoq harakatini vaqt va fazoda to‘g‘ri almashtirib turishni boshqaruvchi signaldir.

To‘g‘ri yurish ko‘nikmasini shakllantiruvchi mashqlar-ning vazifasi bolada to‘g‘ri qomat, olg‘a qadam tashlash, gavda muvozanitini saqlashga, tovon gumbazining shakllanishiga yor-dam beruvchi qo‘l va oyoq harakatlari uyg‘unligini tarbiyalash-dan iboratdir.


Oddiy olg‘a yurishda yerga oyoq tovoni bilan qo‘yiladi, so‘ng esa, gavda og‘irlik markazi oldinga ko‘chirilsa, og‘irlik tovondan asta-sekin oyoq uchiga o‘tadi. Bola yurganda



80




XI BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA VA OILADA JISMONIY TARBIYANI TASHKIL ETISH SHAKLLARI


1-§. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari

Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari - bu bolalarning rang-barang faoliyatining ta’limiy-tarbiyaviy jamlamasi bo‘lib, uning asosini harakat faolligi tashkil etadi. Bu shakllarning yig‘indisi bolaning jismoniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi va sog‘lig‘ining mustahkamlanishi uchun zarur bo‘lgan muayyan harakat rejimini vujudga keltiradi.


Bolalar harakat faoliyatini tashkil etishning shakllari quyi-dagilardan iborat: 1) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari; 2) kunda-lik rejimdagi jismoniy – sog‘lomlashtirish ishlari: ertalabki gimnastika, harakat o‘yinlari va sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, kunduzgi uyqudan so‘nggi jismoniy tarbiya mashqlari, chiniqtirish tadbirlari; 3) faol dam olish: bolalar turizmi, jismoniy tarbiya bayramlari, salomatlik kunlari, ko‘ngilochar musobaqalar; 4) bolalarning mustaqil harakat faoliyati; 5) uyga vazifa.


Bu shakllarning barchasi jismoniy tarbiya va bolani har tomonlama rivojlantirishning umumiy vazifalariga javob berar ekan, ular o‘zaro aloqadadirlar, shu bilan birga har biri o‘zining maxsus vazifasiga egadir. Bu ularning maktabgacha ta’lim muassasalari kun jadvalidagi o‘rnini belgilaydi.


Ilk yoshdagi bolalar guruhida asosiy ish shakli jismoniy mashqlar bilan individual shug‘ullanish hisoblanadi (gimnastika, massaj, harakatli o‘yinlar). Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari birinchi kichik guruhlarning barchasida boshlanadi, biroq ularning har bir yosh psixofiziolo-



173


giyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi harakat materialini ham-da uni o‘tkazish metodikasini tanlashga ko‘ra o‘ziga xosdir.

Jismoniy tarbiya daqiqalari bolalar bog‘chalarining katta guruhlarida ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. U aqliy faoliyat uyg‘otuvchi (matematika, nutq o‘stirish bo‘yicha) mashg‘ulotlarga va bolalarning faol dam olishi hamda ish qobiliyatini tiklash payti sifatida ikki mashg‘ulot o‘rtasiga kiritiladi.


Ochiq havodagi harakatli o‘yinlar va rang-barang mustaqil harakat faoliyati barcha yosh guruhlaridagi bolalar kundalik hayotining zarur sharti hisoblanadi.





Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling