Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana15.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#469
1   2   3   4   5   6   7   8

Gender – ingliz tilida jins, qavm ma’nosiga ega, bo‘lib jins(erkak va ayol)ning 

ijtimoiy rivojlanishini  anglatadi. 



Gender assimetriyasi -  erkak va ayolning ijtimoiy rollarini baholashdagi  notekislik.  

Gender yondashuv – muayyan ijtimoiy hodisani anglashda mazkur jamiyatda qabul 

qilingan erkak va ayollarning ijtimoiy rollariga bo‘lgan munosabat asosidagi 

yondashuv. 

Gender sezgirlik - jurnalistikada  muayyan ijtimoiy hodisa, voqea va jarayonlarda 

erkak va ayollarning  ijtimoiy rollarini tushunish, ularni baholashda mazkur omilni 

e’tiborga olish. 

Gender tahlili - muayyan ijtimoiy hodisa(jurnalistikada – voqea-hodisa, jarayon, 

mavzu, muammo, hujjat)ni mazkur jamiyatda qabul qilingan erkak va ayollarning 

ijtimoiy rollari nuqtai nazaridan  tahlil qilish. Gender tahlili jamiyatda  muayyan 

davrga xos bo‘lgan gender munosbatlari mazmuni bilan bog‘liq. 



Gender tengligi –ijtimoiy rollarni(masalan, ishxonadagi vazifalar, saylash va 

saylanish jarayonida) bajarishda erkak va ayollarga teng munosabat. 



Stereotip –ma’lum qolip, andoza asosida axborotni qabul qilish va baholash, 

qoliplashgan tasavvur, qarash, baho. 



Gender stereotiplari- ma’lum jamiyatga  muayyan tarixiy davrga xos bo‘lgan ayol 

va erkaklarning   xatti-harakati va fe’l-atvori xususidagi  barqaror, qoliplastirilgan 

tasavvurlar. Stereotiplar katta uch guruhga toifalanadi. Birinchi guruhni erkak va ayol 

tabiati xususidagi  stereotiplar tashkil etadi. Ikkinchisiga erkak va ayolning oiladagi, 

kasbiy va boshqa sohalardagi ijtimoiy roli xususidagi stereotiplar kiradi. Uchinchisi-   

erkak va ayolning muayyan mehnat turlari bilan bandligi xususidagi stereotiplardir. 



OAVda gender stereotipilari – matbuot, televideniye, radio, axborot agenliklari, 

internet-nashrlarda chop etiladigan materiallarda ayol va erkaklar obrazlarini  

andozalashgan tasavvur asosida gavalantirish, ularga goliplashtirilgan baho berish.  

Inson kapitali -  insonda mujassamlangan qobiliyatlar, ko‘nikma va motivatsiyalar 

zaxirasi. Uning shakllanishi kundalik extiyojlardga sarflanadigan mablag‘dan tashqari 

qo‘shimcha sarmoyaga bog‘liq. Inson investitsiyalari sirasiga ta’lim, ishlab 

chiqarishdagi tayorgarlik, migratsiya, axborot izlash, bolalar tarbiyasini kiritish 

mumkin. 

Jinsga ko‘ra kasbiy segregatsiyalash – ayol  va erkaklarning muayyan  kasblar, 

tarmoqlar va lavozimlarda barqaror ravishda band bo‘lishi. Kasbiy segregatsiyaning 

quyidagi ikki tarkibiy - gorizontal (erkak va ayollarning  iqtisodiyotning turli  

tarmoqlarida va kasblarda nomutanosib taqsimlanishi) va vertikal(erkak va 

ayollarning lavozimlar  iyerarxiyasida  nomutanosib taqsimlanishi) ko‘rinishi mavjud. 

Kamsitilish – muayyan belgi, jihat, xuxusiyatga ko‘ra insonlarni   noqonuniy tarzda 

farqlash, ajratish. Jamiyatda  odamlarni jinsi, millati, dini, yoshi, salomatligi, siyosiy 

qarashlari, oilaviy, moddiy holati va boshqalarga qarab farqlash kuzatiladi. 

Kvota – aholining muayyan guruhlari(masalan, ayollar)ning qonun bilan 


kafolatlangan vakillik normasi. Xalqaro amaliyotda bir necha turdagi kvotalash 

kuzatiladi:  ”Qattiq” kvota – vakillining  son jihatidan qat’iy belgilangan va qisqarishi 

mumkin bo‘lmagan normasi. ”Yumshoq” kvotalash bir o‘ringa tanlovda ikki jins 

vakillarining ishtirokini  anglatadi. 



Huquq va imkoniyatlar tengligi - Pekin platformasiga ko‘ra erkak va ayollarning 

gender tengligi o‘zida huquqlar, mas’uliyat, imkoniyatlar tengligini hamda ularning 

teng sheriklik munosabatlarini  mujassamlagan. 

Nikoh shartnomasi –turmush qurayotgan yoki endi qurmoqchi bo‘layotgan erkak va 

ayol o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnoma. Uning 

maqsadi oilada er va xotinning mavjud va kelajakda yuzaga keladigan mulkiy 

huquqlarini belgilashdan iborat. 



NNT- nodavlat notijorat tashkiloti. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

1.  Каримов  И.А.  Ўзбекистон  хотин-қизларига  байрам  табриги. 2013 йил 7 

март.//Мамлакатимизни  янада  обод  этиш  ва  модернизация  қилишни 

қатъият  билан  давом  эттириш  йўлида.21-том.-Т.:Ўзбекистон, 2013. - 

Б.218. 

2.  Cовершенствование  организационно-правовых  основ  реализации    прав 



женщин в Узбекистане.  Авт. колл.: Асьянов Ш.М., Бакаева Ф.Х., Гасанов 

М.Ю., Тошбаев С. О.-Т., 2008. 

3.  Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириш. Илмий мақолалар 

тўплами.- T.: ЎзР Ч-ҚҚ, БМТРД, ШЭГД,  2007. 

4.  Грошев  И.  Политика  репрезентации  мужского  образа  в  рекламе. // 

Bестник московского университета. Сер.10. Журналистика.  – М., 2000. -  

№4. - С.57. 

5.  Джаббаров  И.  Узбеки  (этнокультурные  традиции,  быт  и  образ  жизни). - 

T.: Шарк, 2007.  

6.  Дунёқарашлар  диалоги:  аёл  ва  жамият  тараққиёти. / Республика  илмий-

назарий конференцияси материаллари, 5 март 2014 йил. – T.: ЎзМУ, 2014.  

7.  Дўстқораев  Б.  Ўзбекистон  журналистикаси  тарихи. - T.: Ғ.Ғулом 

номидаги НМИУ, 2009. 

8.  Женщина.  Право.  Общество. - T.: Центр  по  изучению  прав  человека  и 

гуманитарного права.-Т.: ТГЮИ, 1999.  

9.  Миралимова М., Степанова Н.  Гендер и СМИ Узбекистана. –T.:МЦПЖ, 

2008. 

10. Таджиева.  Освещение  гендерных  проблем  в  республиканской  прессе 



Узбекистана. // Гендерное  образование:  наука  и  практика.  Материалы 

международной  научной  конференции, 4-5 ноября 2003 года. - Бухара, 

2003. 

11. Узбекистан. Гендерная оценка по стране. Гендер и развитие /Центральная 



и Западная Азия/ 2014). 

http://www.adb.org/sites/default/files/institutional-

document/42878/files/uzbekistan-country-gender-assessment-ru.pdf

 

12. Ўзбекистон  оммавий  ахборот  воситалари  ва  журналистлари. -T.: MMM, 



2003. 

13. Alijonova S. O‘zbekiston ayollar nashrlarining tipologik belgilari. Kurs ishi.-

T.: O‘zMU, 2014. 

14. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish 

to‘g‘risidagi Konvensiya(CEDAW). Birlashgan Mllatlar tashkiloti Bosh 

Assambleyasida 1979-yil 18-dekabrda qabul qilingan.-T.: FTQQM,2010. 

15.  Eshboyeva T. O‘zbekistonda xotin-qizlarga mo‘ljallangan jurnallar. Kurs ishi.-

T.: O‘zMU, 2014. 

16.  Getting the balance right.Gender equality in journalism.-Brussel, IFJ,2009. 

 


      

ILOVALAR 

 

 

     

 

  1-ilova. 

Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi kongressi tomonidan ma’qullangan gender 

siyosati 

 

 

XJF Umumjahon Kongressi rezolyutsiyasi, Janubiy Koreya, 2001 

                

 

Jurnalistikada tenglikni kengroq targ‘ib etish 

 

XJFning 2011-yil 11-15-iyun kunlari Seulda o‘tkazilgan 24-Kongressi Ayollar 



ishchi guruhi faoliyatini ijobiy baholab, Ijroiya qo‘mitaga XJFning mintaqaviy 

tuzilmalar orqali va o‘z loyiha-dasturlari doirasida ishchi guruhi (bundan buyon 

Gender kengashi deb nomlanadi) faoliyatini yanada kengayitirish borasida ko‘rsatma 

bergan holda, quyidagi Harakat rejasini qabul qiladi: 



     Harakat 

rejasi 

1. Ayollar jurnalistikada 

 Sa’y-harakat: Gender kengashi OAV boshqaruvida ayollar sonini oshirish 

bo‘yicha eng yaxshi tajribalar sharhini tayyorlashi lozim. Mazkur tadqiqotda 

jamoaviy muzokaralar natijasida tenglikning ta’minlanishiga doir eng sara misollarga 

alohida o‘rin berilishi kerak. Jumladan, jamoa shartnomalariga: ota-onalik ta’tili; 

ijtimoiy muhofaza; ish vaqti; mehnat va oila majburiyatlarini uyg‘unlashtirish; 

mansabga tayinlash; malaka oshirish talablarining kiritilishi borasidagi eng yaxshi 

tajribalar qamrab olinishi lozim. XJF kasaba uyushmalari treninglari va boshqa 

seminarlar orqali eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishga yordam berishi darkor. 

Milliy uyushmalar eng yaxshi tajribalar o‘z mamlakatidagi jamoaviy muzokaralarda 

asosiy talabga aylanishini ta’minlashi va XJFga eng sara tajribalarning amaliyotga 

tatbiq etilgani haqida hisobot berishi lozim. Gender kengashi OAV ayol 

rahbarlarining axloq kodeksini ishlab chiqishi talab etiladi.  



2. Ayollar kasaba uyushmalarida. Ayollarning kasaba uyushmalaridagi ishtiroki va 

vakilligini kuchaytirish uchun maxsus tuzilmalar ta’sis etish, ularga alohida o‘rinlar 

ajratish yoki kvota tizimini joriy etish  kerakmi? Bu masalada uyushmalar yagona 

to‘xtamga kelgani yo‘q.  



 Sa’y-harakat: Gender kengashi xotin-qizlar qo‘mitalari va ayollar manfaatini 

himoya qiluvchi tizimlar faoliyatiga bag‘ishlangan, mazkur tuzilmalar ayollarning 

kasaba uyushmalaridagi ishtirokini qay yo‘l bilan yaxshilayotgani aks etgan hisobot 

tayyorlashi lozim. Milliy uyushmalar mazkur tadqiqotdan xotin-qizlar qo‘mitalari va 

ayollar manfaatini himoya qiluvchi tizimlarni ta’sis etishda foydalanishi, ayni 

chog‘da, XJFga tuzilmalar tashkil etish natijasi bo‘yicha hisobot berishi lozim. XJF 

maxsus trening dasturlari va boshqa chora-tadbirlar orqali ayollarning  yetakchilik 

lavozimlariga tayinlanishiga e’tibor qaratishi lozim. Kongress qaroriga ko‘ra, XJF 

Ijroiya qo‘mitasi ayol jurnalistlarni kasaba uyushmasi harakati qadriyatlari va 

tamoyillarini targ‘ib etishga chorlovchi Yillik reja ishlab chiqishi lozim. 



3. Teng qiymatli ish uchun teng haq to‘lash: 

Uyushma va XJFga taalluqli muammo 

Sa’y-harakat: Gender kengashi teng maosh bo‘yicha kampaniya o‘tkazish tashabbusi 

bilan chiqishi talab etiladi. Aksiya milliy va mintaqaviy miqyosda uyushtirilishi, 

amaliyotda ayollarga erkaklar kabi maosh to‘lashga erishuvga xizmat qilishi lozim. 

XJF teng maosh to‘lash bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni jamlab, bu haqdagi 

ma’lumotlarni a’zo uyushmalarga milliy miqyosda tatbiq etish uchun yo‘llashi lozim. 

Har bir mintaqa kampaniya bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi nomzodini ko‘rsatishi talab 

etiladi. 

 

XJF Xalqaro mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi (kasaba uyushmalari 



markazlarining vakillik muassasasi) bilan birgalikda jarayonni muvofiqlashtirib 

boradi. Bunda ish beruvchilar ajratayotgan maoshlar haqidagi tahliliy ma’lumotlarga, 

ish haqi darajalari borasida kasaba uyushmalarining maslahat huquqiga hamda jamoa 

shartnomalariga eng yaxshi tajribalarni singdirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur 

jarayon doirasida amaliy seminar va uchrashuvlar uyushtiriladi. XJF uyushmalarga 

milliy strategiyani rivojlantirish borasida ko‘mak ko‘rsatadi hamda har bir 

mamlakatning o‘ziga xos sharoitini inobatga olgan holda choralar ko‘rishga undaydi. 

Aksiya Xalqaro Mehnat Tashkilotining ayollar huquqlarini muhofaza qilishga oid 

barcha konvensiyalari to‘la amalga tatbiq etilishiga erishishni ko‘zlab o‘tkaziladi.  

4. OAVda ayollar mavzusining yoritilishi 

Sa’y-harakat:  Gender kengashi OAVda ayollar mavzusining yoritilishiga daxldor 

guruhlar bilan hamkorlik qilishi lozim. XJF uyushmalarning mavzuni yoritishga oid 

tajribalarini to‘plash hamda jurnalistika sohasidagi treninglarda bu kabi tavsiyalardan 

foydalanishni  rag‘batlantirishga e’tibor qaratadi. Uyushmalar mavzuni xolis va 

haqqoniy yoritish masalasiga e’tibor berishi uchun XJF zarur materiallar tayyorlab 

yordam ko‘rsatadi.  



5. XJF Ayollar qanoti: XJFning ayollar elektron pochtalari tarmog‘i mavjud, lekin 

mazkur bazani yanada kengaytirish kerak. Mazkur jarayon XJF idoralari va hududiy 

federatsiyalar tomonidan mintaqaviy miqyosda muvofiqlashtirilishi lozim. 

Sa’y-harakat: elektron pochta manzillari tarmog‘i teng qiymatga ish uchun teng 

maosh kampaniyasining asosi bo‘lmog‘i lozim. Har bir mintaqa elektron pochta 

manzillari tarmog‘i muvofiqlashtiruvchisi vazifasiga o‘z nomzodini ko‘rsatishi kerak. 

Elektron pochtalar tarmog‘ini to‘la muvofiqlashtirishga esa Gender kengashi mas’ul 

sanaladi. XJF kotibiyati va mintaqaviy idoralar ayollarning to‘laqonli ishtirokini 

ta’minlash uchun XJF tadbirlari, faoliyati va loyihalariga oid barcha ma’lumotlar 

ayollar tarmog‘ida tarqatilishini ta’minlashi lozim. 

6. Ayollarning XJFdagi o‘rni 

Sa’y-harakat: Kongress XJFga a’zo uyushmalarni XJF Ijroiya qo‘mitasi 

lavozimlariga ayol nomzodlar ko‘rsatishga da’vat etadi. Ayollar masalasi XJF 

faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi uchun Kongress yangi Ijroiya qo‘mitasiga 

faoliyat strategiyasini Gender kengashi bilan hamkorlikda rivojlantirishni buyuradi. 

Tenglik tamoyili Kongress tomonidan muhokama etilgan barcha masalalarda aks 


etishi shart. 

7. Trening imkoniyati 

XJF Ayollar ishchi guruhi milliy uyushmalarga ayol jurnalistlarning treninglarda 

qatnashuviga keng yo‘l ochish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqishi lozim. Bu 

dastlabki jurnalistlar treningi, malaka oshirishning keyingi bosqichi hamda maxsus 

treninglar imkoniyatini o‘z ichiga olishi lozim. XJF yosh xotin-qizlarni o‘z safiga 

ko‘proq jalb etish uchun universitetlar, jurnalistika fakultetlari, trening markazlari va 

boshqa muassasalar bilan ijodiy bitim tuzishi darkor.  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-ilova. XJF 25-umumjahon kongressining gender huquqlari bo‘yicha 

Rezolyutsiyasi, Afina, 2004 

 

 

 

Loyiha muallifi: XJF Ijroiya qo‘mitasi 

Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining 2004-yil 25-30-may kunlari Afinada o‘tkazilgan 

XXV Kongressi 

 

Gender kengashi va Ijroiya qo‘mitasi hisobotini INOBATGA OLIB, 



Seul Kongressida qabul qilingan Harakat rejasini amalga tatbiq etish bo‘yicha 

ko‘rilgan chora-tadbirlarni OLQISHLAB, 

XJF va barcha a’zo uyushmalar faoliyatining barcha jabhasida ayollarning teng 

ishtirokini ta’minlash ahdiga SODIQ QOLIB,   

uyushmalar gender huquqlari himoyasini mintaqaviy muvofiqlashtirish orqali Harakat 

rejasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar ro‘yobida talay ijobiy ishlar qilishiga 



ISHONCH BILDIRIB,  

Ijroiya qo‘mitasiga quyidagilarni  TAVSIYA ETADI: 

 

- Gender kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, Harakat 



rejasi maqsad va vazifalarining XJF faoliyati, xususan, loyihalarni takomillashtirish 

va mintaqaviy faoliyatda to‘laqonli aks etishini ta’minlash; 

 

- hozirga qadar rivojlanish bo‘yicha hududiy seminarlar o‘tkaza olmagan 



barcha mintaqalarga bu borada moliyaviy manbalar topish, 2007 yilga qadar barcha 

mintaqalarning uyushishi va o‘z Harakat rejasini belgilab olishiga erishishni XJFning 

ustuvor maqsadlari sifatida belgilash; 

 

- barcha a’zo uyushmalar uchun gender masalasini keng yoyish konsepsiyasi, 



uni ro‘yobga chiqarish va amalga tatbiq etish usullariga doir tavsiyalar ishlab chiqish 

va rivojlantirish,  tavsiyalarga, jumladan, gender muammolari va masalalariga doir 

aniq hayotiy misollar kiritish; 

 

- barcha a’zo uyushmalarga gender masalalariga daxldor bitimlarni hamda 



ularning bu boradagi majburiyatlarini bildirib/eslatib turish; 

 

- amaliy chora-tadbirlarni tatbiq etgan a’zo uyushmalarni rag‘batlantirish 



tizimini ishlab chiqish va rivojlantirish, mazkur chora-tadbirlarni kuzatib borish 

hamda a’zo uyushmalar XJFning gender tengligi siyosatini amalga oshirish bo‘yicha 

erishayotgan natijalar haqida Kongressga hisobot berish; 

 

Gender kengashi ishi uchun kichik byudjet shakllantirish, ayni chog‘da u 



maxsus loyihalar bilan emas, Boshqaruv qo‘mitasi muhim deb topgan, Gender 

kengashi va uning Boshqaruv qo‘mitasi dastur va loyihalaridan foydalanish 

imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. 

 

 



 

 

 

3-ilova.   XALQARO AXBOROT XAVFSIZLIGI  INSTITUTINING 

AYRIM TAVSIYALARI 

 

•  Ayol jurnalistlar ko‘mak va himoyaga oid muhim ehtiyojlarini hamkasblari 

(erkaklar va ayollar) bilan muhokama qilishga rag‘batlantirilishi va ularning 

so‘rovi inobatga olinishi lozim.  

•  Har bir kishi ayollarga tegajog‘lik qilish va nomaqbul axloqsiz xatti-

harakatlarga toqat qilinmasligini yaxshi bilishi shart. Erkak rahbarlar buni 

bilmog‘i, jinsiy zo‘ravonlik tahdidi va qo‘rquvini inobatga  olishi kerak.   

•  Xatarli muhitda harakatlanishga oid treninglarda ayollarning ehtiyojlariga 

e’tibor qaratish lozim, bu esa, o‘z navbatida, erkak hamkasblari xabardorligini 

oshirishga yordam beradi.  

•  Erkak, shuningdek, ayol hamkasblar yelkama-yelka faoliyat olib borayotgan 

boshqa xotin-qizlardan  ularga xos ehtiyojlarini izchil o‘rganib borishi lozim.  

•  Biror hududga vazifa bilan yuborishdan oldin ayol jurnalistlar va ularning 

rahbarlari o‘sha hududning xotin-qizlarga oid odatlari bilan to‘la tanishib 

chiqishlari kerak. 

•  Jamoatchi sifatida faoliyat yuritayotgan ayol va erkak muxbirlar shtatdagi 

hamkasblari kabi teng qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 

 

Faqat ayollarga xos amaliy maslahatlar: 

•  Xotin-qizlar o‘zi bilan ehtimoliy tahdiddan  himoya qiladigan vosita olib 

yurishi maqsadga muvofiq.  

•  Nikoh uzugi taqib yurish ayrim ko‘ngilsizliklarning oldini olishi mumkin. 

FOTO s izobrajeniem  mujchinы i jenщinы jurnalistov 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


4-ilova.   

Xalqaro axborot xavfsizligi institutining  OAVda gender tengligini targ‘ib etish 

bo‘yicha ayrim maslahatlari 

 

 Yetakchilik: 

bu borada har bir ayol jurnalist o‘z ish joyining xaritasini tuzishi 

zarur bo‘ladi. U ishlayotgan OAVda ayollarning yetakchilik darajasini xolis baholash 

uchun quyidagi jadvalni to‘ldirib, natijalarini hamkasblari va mahalliy kasaba 

uyushma vakillari bilan muhokama qilishi lozim.  Muhokama qancha oshkora bo‘lsa, 

mavjud tasavvurlar ham shunga monand o‘zgaradi.  

Tablitsu sxemu iz originala s.7 

Faoliyat 

sohasi 

Erkaklar soni  Erkaklar foizi Ayollar soni 

Ayollar foizi 

Boshqaruv 

 

 

 



 

 

Muharrirlar 



 

 

 



 

 

Muxbirlar 



 

 

 



 

 

Fotograflar 



 

 

 



 

 

Ma’muriyat 



xodimlari 

 

 



 

 

 



 

 

Natijalarni tahlil qilish jarayonida qiyidagi jihatlarga e’tibor qaratish darkor: 



qanday maqsad ko‘zlanmoqda? Nima uchun? Qanday vosita yordamida? Qanday 

imkoniyatlar mavjud? Maqsadga erishish uchun qanday qilib kuchlarni birlashtirish 

mumkin? 

 Teng 

imkoniyatlar tamoyiliga muvofiq ayol jurnalistlar ish, mansab va 

kasbiy malaka oshirish borasida erkaklardek teng imkoniyatga ega bo‘lishi 

kafolatlanadi. Bu borda mamlakatda CEDAW konvensiyasining  hayotga tatbiq 

etilishi natijalarini o‘rganish maqsadga muvofiq. 



 Ayol 

jurnalistlar 

sog‘lig‘ini 

saqlash va xavfsizligini baholash OAV 

tahririyatidagi xotin-qizlarning mazkur jabhadagi holatini aniqlashning samarali 

usulidir. Nomaqbul ish muhiti oqibatida yuzaga keladigan bel og‘rig‘i, ko‘zning 

xiralashuvi, ruhiy toliqish, surunkali mushak og‘rishi singari kasalliklarga qarshi 

chora ko‘rilmasa, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda hatto 

ayollar hojatxonalari uchun kerakli jihozlar ta’minoti uchun ham kurashishga to‘g‘ri 

kelmoqda.    

 

Qulay ish tartibi muayyan mehnat jarayonida bir necha ishni bajarish  

mumkinligini taqozo etadi. Bu esa ota va onaga oilaga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilish 



borasida katta imkoniyat yaratadi. To‘liq stavkada mehnat qiladigan xodim 

vazifalarining to‘liq stavkada bo‘lmagan ikki yoki undan ko‘p odam zimmasiga 

yuklanishi vazifalarni taqsimlash deb yuritiladi. Bu har bir xodimga muayyan vazifani 

alohida taqsimlash orqali yoki ayni vazifa ijrosi uchun javobgarlikni barcha xodimlar 

zimmasiga yuklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining 

To‘liq bo‘lmagan ish tartibi to‘g‘risidagi Konvensiyasi to‘liq bo‘lmagan ish 

faoliyatini tartibga soladi. Unda belgilanishicha, to‘liq bo‘lmagan va to‘liq tartibda 

faoliyat yurituvchi xodimlarga nisbatan ishxonadagi shart-sharoit, sanitariya-gigiyena 

va xavfsizlik, ish berish va lavozimga tayinlash, soatbay maosh tayinlash, qonunda 

belgilangan ijtimoiy himoya talablari, onalik nafaqasi, pensiyaga kuzatish, yillik ta’til 

puli, dam olish va kasallik ta’tili borasida teng munosabatni kafolatlash choralari 

ko‘rilishi lozim.   



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling