Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahririyatda gender mazmundagi qaror qabul qilish: OAV
- Axborotni nazorat qilish
- Ijodiy jarayonda ayol xodimlar ovozi
- Mediakanalda ayollar tuzilmasi
- Foto jeno‘inq jurnalista, beruo‘aya intervyu u drugoy jeno‘inq.
- 3-bob. O‘ZBEKISTON AYOLLARINING UYUSHMA VA BIRLASHMALARDAGI ISHTIROKI
- O’ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI
- “SOG‘LOM AVLOD UCHUN”
- Ayol- Yuristlar
- O‘ZBEKISTON NNT MILLIY ASSOTSIATSIYASI (NANNOUz)
OAV chiqishlarida gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi TAVSIYALARI • Gender masalalarida material tayyorlayotgan jurnalist muammo(lar) ko‘lamini aniqlashi zarur: statistika ma’lumotlari, faktlar va mavzuga doir misollarni jamlash, mavzu va ko‘tarmoqchi bo‘lgan muammo bo‘yicha bir to‘xtamga kelish. • Gender yo‘nalishidagi materiallarni berib borish strategiyasini ishlab chiqish lozim. Bunda ko‘zlangan maqsadlarni belgilab olish, jarayonga daxldor va vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni mazkur jabhaga jalb etish, ko‘zlangan maqsad-rejani yana qayta pishiq-puxta ishlash, ish jadvalini belgilash, turkum materiallarni tayyorlashga xizmat qiluvchi qonunchilik me’yorlarini tadqiq etish. • Materiallar turkumini tayyorlash jarayonida turli kasaba uyushmalari yetakchilari, a’zolari va sohaga daxldor muayyan guruhlarni, turli NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini mazkur strategiyani amalga oshirishda jalb etish. • Gender masalalari bo‘yicha turli jamoat uyushmalari yetakchilari, taniqli siyosiy va jamoat arboblari, ayni ushbu muammolar bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilotlar, mutaxassislar, ekspert va maslahatchilardan ko‘mak so‘rash. • Ayol-jurnalistlarning bu boradagi faolligini ayollar NNTlari, kasaba uyushmalari, turli jamoat birlashmalari, davlat tashkilotlari ko‘magida amalga oshirish mumkin. Jamiyatda gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan turli huquqiy me’yorlar, Davlat dasturlari, muayyan farmon va qarorlarning ba’zi bandlari va talablari bajarilmay qolishi holatlari ham uchraydi. Shu bois aynan ayol jurnalistlar mazkur masalalarni o‘z chiqishlarida ko‘tarib tahlil qilishlari zarur. • Gender mazmunidagi materiallarni tayyorlash jarayonida yetakchi xorijiy OAVning amaliyotidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun gender muvozanatini jurnalist ishlayotgan tahririyatda amalga oshirishdan boshlash zarur. • Har bir materialda, tahririyatning har bir tadbiri va boshqa tashkilotlar bilan o‘tkazayotgan aksiyalari, hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda gender nazoratini yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda jurnalistlar erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishini ta’minlashga alohida e’tibor berishlari zarur. • Tahririyatda ishlaydiigan ayol va erkak xodimlarning teng ravishda gender sezgirligini shakllantirish kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanishi zarur. • Tahririyatda gender muvozanatini ta’minlash maqsadida eski qarash va qoliplardan voz kechish, ayol va erkak xodimlar maoshi, mehnat sharoiti, lavozimlarga tayinlash, ish vaqti, turli ijtimoiy kafolatlar paketiga daxldorligiga, malaka oshirishiga, mehnat ta’tiliga chiqishga erishishda tenglik tamoyilini qo‘llash muhimdir. • Ilg‘or jahon jurnalistikasi standartlarini tatbiq etish, kasbiy axloq kodeksiga qat’iy rioya qilish, zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurash borasidagi jamoa bitimlarini takomillashtirish, oila va ish bo‘yicha uyg‘unlikka erishish va h.k. masalalarni o‘z vaqtida hal etish lozim. • Tahririyatlar jamoa bitimlariga gender tengligi shartlarini kiritish maqsadga muvofiq. Jamoaviy muzokaralar jarayonida maosh va moddiy rag‘batlantirish, malaka oshirish, ish soatlari (shu jumladan, erkin ish vaqti), onalik va otalik ta’tili, muhofazaga muhtoj xodimlar (xususan, vaqtincha ishlayotganlar va shtatdan tashqari xodimlar) holati, ishxonada xodimlar obro‘sini muhofaza qilish kabi masalalar qamrab olinishi kerak. Mazkur masalalarning dolzarblik darajasi xotin-qizlar qo‘mitalari yoki gender tengligi bo‘yicha kengashlar vositasida ayollarning o‘zlari tomonidan belgilanishi lozim. • “Ayollar masalasi” tushunchasi jurnalistlarning ongida stereotipga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bil’aks, mazkur masalaning dolzarbligi va ahamiyatini izchil singdirish natija bermasligi aniq. Ayol-jurnalistlar o‘z kasbining to‘laqonli egasi va kasbiy uyushmalarning tenghuquqli a’zosi bo‘lishni istaydi, ayni chog‘da, ishni takomillashtirish, maoshni oshirish kabilar orqali jamiyat ravnaqida ularning hissasi katta bo‘lishiga erishish mumkin. • Gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar natijalarini tahririyat a’zolariga va jamoatchilikka muntazam yetkazib turish zamonaviy ma’muriy va kadrlar menejmentini tatbiq etishing samarali mexanizmiga aylanishi aniq.
OAVda GENDER STRATEGIYASI
zarur? OAV kanali siyosati: tahririyat gender tengligining barcha jihatlari, jumladan, ayollarning integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq dasturga egami? NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari imkoniyatlaridan foydalanish: Gender siyosatining barcha jihatlarini ro‘yobga chiqarishda mazkur institutlar imkoniyatidan to‘laqonli foydalana olyaptimi? OAV kanali harakat bosqichlari, gender dasturini amalga tatbiq etish: tahririyat gender siyosati amalga qanday tatbiq etiladi? Auditoriyaning bu boradagi talab- ehtiyojlarini aniqlash: auditoriyaning genderga doir ehtiyojlari, qiziqishlari, talab va istaklari aniqmi? Auditoriyaning bu boradagi talablari qanday o‘rganiladi? Chop etilayotgan materiallarning gender tahlili auditoriya tomonidan ham amalga oshiriladimi? Bu borada maxsus marketing tadqiqotlari o‘tkazilganmi? Tahririyatda gender mazmundagi qaror qabul qilish: OAV tahririyatida qaror qabul qilish va ustuvor maqsadlarni belgilashda ayollar manfaati qanchalik inobatga olinmoqda? Tahririyat faoliyati muntazam ayol xodimlarning og‘irini yengil qilishga qaratilgan deb hisoblaysizmi?
izlaysiz va ular yetarlichami? Qaror qabul qilishda monitoring jarayonini tashkil etganmisiz va aniqlangan raqamlarga suyanasizmi? Asosiy faoliyatingizga baho berishda mazkur ma’lumotlar qanchalik asqotmoqda? Ijodiy jarayonda ayol xodimlar ovozi: OAVda chop etilayotgan barcha materiallarda, tahririyat hisobotlarida, turli tadbirlarda ayollar manfaati qay darajada e’tiborga olinmoqda?
aytishi va yetakchilik uchun kurashishiga to‘siq bo‘layotgan omillarni aniqladingizmi? Agar javobingiz “Ha” bo‘lsa, ularni qanday bartarf etmoqdasiz?
ko‘rsatyaptimi? Erkaklar gender muammolariga e’tiborli bo‘lishi uchun yana qanday chora-tadbirlar ko‘rish mumkin?
bo‘g‘iniga qanday ta’sir ko‘rsata olyapti? Maqsaddan og‘ishmaslik: gender muvozanatini ta’minlashda harakatlarni aniq belgilab, ulardan og‘ishmayapmizmi? Ayol xodimlarda faolroq bo‘lish istagi uyg‘ondimi? Samarali natijaga erishish uchun yana qanday ijobiy choralar qo‘llash zarur deb hisoblaysiz?
3-bob. O‘ZBEKISTON AYOLLARINING UYUSHMA VA BIRLASHMALARDAGI ISHTIROKI Fuqarolik jamiyati demokratik davlatning ajralmas bo‘g‘inidir. Fuqarolik jamiyati qay daraja taraqqiy etgani uning tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sifati bilan belgilanadi. NNT tarkibida ayollar tashkilotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini shakllantirishga ko‘maklashayotgan ayollar tashkilotlarining muayyan tizimi yaratilgan. Ushbu tizimning asosini O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda “Tadbirkor ayol”, “Olima”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Sharq ayoli” kabi tashkilot va xalqaro jamg‘armalar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda jami 210 dan ziyod xotin-qizlar NNTlari faoliyat olib bormoqda. NNTlarning 18,5 foizi ayollarni turli Davlat dasturlarini amalga oshirishga, 7,3 foizi qonunlar ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etishga jalb qilmoqda. Ya’ni NNT faoliyati rang-baranglik, ochiqlik, plyuralizmni ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining demokratlashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlash joiz. Endi yetakchilik qilayotgan bunday tashkilotlarning faoliyatiga nazar tashlasak. Foto s sotrudnikami komiteta jenщin
O’ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI ta’sis etildi. U O‘zbekiston xotin- qizlarining ixtiyoriy asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining yuqori organi Konferensiya hisoblanadi. Konferensiya, qoidaga ko‘ra, 50-60 kishidan iborat xotin-qizlar qo‘mitasining Boshqaruvini saylaydi, uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari kiradi. Xotin-qizlar qo‘mitasi Rayosat faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Xotin-qizlar qo‘mitasining yetakchi yo‘nalishlaridan biri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, saylanadigan organlar, siyosiy partiyalar va turli jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu bois Qo‘mita har bir siyosiy partiya tarkibidagi “Ayollar qanoti” bilan birgalikda partiyalar a’zosi bo‘lgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yaratgan, ayollarning siyosiy faoliyatiga doir statistika ma’lumotlari tahlilini muntazam ravishda olib boradi. Qo‘mita 2006-yildan boshlab siyosiy klub faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Mazkur klub a’zolari o‘z siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birgalikda respublika siyosiy maydonida o‘z iqtidorlarini namoyon etishga intilmoqdalar. Qo‘mita qoshida turli
yo‘nalishlarda uyushma, komissiya va to‘garaklar mavjud bo‘lib, ular xotin-qizlarning kasb mahoratlarini, yetakchilik qobiliyatlarini oshirish, ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va turli targ‘ibot ishlarini yuritishga ko‘maklashmoqda. “Ayol va sport” komissiyasi, “Ayol va ekologiya”, “Huquqshunos ayol”, “Ijodkor ayol”, “Ayol va salomatlik”, “Faxriy ayollar” kabi uyushmalar; “Rahbar ayollar”, “Iqtidorli qizlar”, “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyati shular jumlasidandir. Ikkinchi yirik NNT
“TADBIRKOR AYOL” Assotsiatsiyasi hisoblanadi. Ushbu tashkilot 1991-yilda ro‘yxatdan o‘tgan hamda respublikamizning barcha mintaqalarida o‘z filiallariga ega. Asosiy maqsadi - shakllanayotgan mehnat bozorida ayollarning faol ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlik tashabbuslari va turli shakldagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkor ayollarning huquqlarini himoya qilish, o‘zaro ishonch va tadbirkorlikdagi sheriklikni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining ayollari, biznes va madaniy aloqalarini integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Ta’lim sohasida mazkur NNT biznes-start-apni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini olib borish, biznes-reja, hisob-kitob, marketing, menejment, fermer ho‘jaligini yuritish mutaxassisliklari bo‘yicha o‘z pedagog-trenerlarini tayyorlash; qandolatchilik, gilamdo‘zlik, kulolchilik, zardo‘zlik, mehmonxona ishi kabi 28 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbiy ta’lim berish; huquqiy soha va yetakchilik san’ati bo‘yicha ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Maslahatchilik yo‘nalishida tashkilot biznes - eksport menejmenti, turli ko‘rgazmalar o‘tkazish, hamkorlak, jihoz, tovar sotish uchun xorijiy sheriklarni izlash va o‘zaro foydali mustahkam aloqalarni o‘rnatishga intiladi. Bundan tashqari, psixologiya, etika, qulay ish va mehnat sharoitlari yaratish hamda tashkilotchilikni rivojlantirish bo‘yicha turli maslahat amallari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirga qadar “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi tomonidan 50 320 nafar ayollarga kasbiy ko‘nikma bo‘yicha ta’lim berilib, ularning 80 foizi ish bilan ta’minlandi. 43000 nafar ayolga esa biznes olib borish ko‘nkmalari o‘rgatilib, ularning 75 foizi o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Yana 6000 nafar ayollar yetakchilik san’atiga o‘rgatildi.
“Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi "Kredit uyushmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Mikrokreditlar to‘g‘risida”, “Tadbirkorlikni rivojlantirishni kafolatlash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilishda, Vazirlar Mahkamasining qator Qarorlariga o‘zgartirish kiritish va yangilarini qabul qilishda faollik ko‘rsatdi.
Tashkilot “Globallashuv, BST, barqaror rivojlanish”, “Qishloq ho‘jalik, BST barqaror rivojlanish tarkibida”, “Hayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish”, “O‘zbekiston korxonalarining raqobatbardoshligi va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot”, “Jamoa turidagi tashkilotlar tadqiqoti” kabi ilmiy tadqiqotlarni ham amalga oshirgan. Bundan tashqari, turli yillarda Assotsiatsiya “O‘zbekistonda A dan Ya gacha bo‘lgan korxonalarni tahlil qilish”, “Ayollar tadbirkorligining muvaffaqiyatli tashabbuslari”, “Ayollar tadbirkorligining tahliliy sharhi”, “Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida NNT roli”, “O‘zbekiston ayollari va erkaklari”, “O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkildotlari bo‘ylab”, “Mahalliy hamjamiyat yetakchilari uchun qo‘llanma” kabi risola va kitoblarni chop etgan.
“SOG‘LOM AVLOD UCHUN” xalqaro xayriya jamg‘armasi mustaqil jamoat tashkiloti bo‘lib, 1993-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan tashkil topgan. Uning maqsad va vazifalari jismonan baquvvat, ma’nan etuk, ruhan tetik farzandlar tarbiyalashni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat psixologiyasini shakllantirishda ko‘maklashishdan iboratdir. Jamg‘armaning asosiy vazifalari: respublika aholisi genofondini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlarning kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirish; yosh avlod sog‘ligini saqlash va mustahkamlash asosida o‘zbek xalqining intellektual, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini tubdan oshirish; tug‘ruqxonalar va bolalar muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashga ko‘maklashish, bu sohadagi ilg‘or yutuqlarni tibbiy va umumta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga ko‘maklashish hamda tegishli korxonalar yaratish hisobiga mazkur muassasalarni yangi samarali davolash vositalari bilan ta’minlash; barkamol avlodni tarbiyalash va inson yashashi uchun qulay muhitni yaratish haqidagi jamoatchilik fikrini shakllantirish; shu maqsadda BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning fan, iqtisodiyot, siyosat sohasidagi yetakchi arboblari bilan hamkorlik qilish. Hozirgi vaqtda jamg‘arma o‘z faoliyatini aholining tibbiy madaniyatini oshirish; Mehribonlik uylari, maxsus bolalar muassasalari va kam ta’minlangan oilalarga muruvvat yordamini ko‘rsatish; yosh oilalarni patronajga olish; iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalar dam olishini o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish; xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida olib bormoqda.
tashkil etilgan. Uyushmaning asosiy maqsadi - ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan, shuningdek, ilmiy-tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, tinchlik va xavfsizlik manfaatlarida, xalqaro insonparvarlik yo‘lidagi hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ayollarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirishdan iborat. Uyushmaning sa’y-harakatlari yana intellektual, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga, ayollarning kasbiy malakasini oshirishga, yangi bilim sohalariga kirib borishlariga ko‘maklashishga, mahalliy, milliy va xalqaro tashkilotlarga rahbar lavozimlarga ayol-nomzodlarni ko‘rsatish, ularga huquqiy, ijtimoiy maslahatlar va boshqa ko‘rinishdagi ko‘maklarni ko‘rsatishga qaratilgan.
“Olima” uyushmasi fanning turli yo‘nalishlari vakillari bo‘lgan 19 nafar olima ayollardan iborat o‘z boshqaruv organiga ega. Tashkilotning filiallari respublikaning 12 viloyati hamda Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, “Olima”ning boshlang‘ich tashkilotlari respublika Fanlar Akademiyasida hamda 74 ta oliy o‘quv yurtlarida ochilgan. “Olima” uyushmasi 2013-yilda ikkita xalqaro tashkilotning a’zosi bo‘lgan, bular: Ilm, texnologiya, injener va matematika sohasidagi ayollar tashkiloti hamda Rivojlanayotgan mamlakatlar ilm-fanidagi ayollar tashkiloti. 2010-yilda iqtidorli yosh olimalar o‘rtasida “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovi tashkil qilinishi qizlar uchun yana bir imkonyat bo‘ldi. Bugungi kunda jami 7 nafar akademik, 700 nafar fan doktori va 7000 nafardan ziyod fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ayollar fan taraqqiyotining turli sohalarida ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.
Yana bir “ixtisoslashgan” NNT 1999-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Ayol- Yuristlar jamoat uyushmasi hisoblanadi. Uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy bilimlar targ‘ibotini olib borish, huquq yo‘nalishidagi turli o‘quv-uslubiy materiallar, qo‘llanma va risolalarni nashrga tayyorlash va tarqatish; huquqiy maslahat va xizmatlar taklif etish. Farg‘ona, Samarqand, Nukus, Buxoro va Jizzax shaharlarida mazkur uyushmaning bo‘linmalari mavjud.
“SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamg‘armasi 1999-yilda tashkil topgan. Uning asosiy maqsadi – ayollarning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy huquq- erkinliklarini himoya qilish va amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha jabhalarida ularning faolligini oshirish, ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ona va bola salomatligini saqlash, oila va jamiyatdagi ayolning tarbiyaviy rolini oshirish, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash. Mazkur jamg‘arma Qozog‘iston va Tojikistonda ham o‘z vakolatxonalariga ega. Jamg‘arma
tarkibida “Iqtidorli bolalar” xalqaro-innovatsion loyihasi, “QADIMIY YURT” ilmiy- tadqiqot markazi, Axborot-ta’lim Markazi, Axborot va texnik ko‘mak markazi, “SHARQ MEDIA GROUP” Markazi, “Gulbiyor” oila markazi, “Savob” inson taraqqiyoti Markazi, “Yassaviya” ilmiy-sog‘lomlashtirish Markazi, “HAZRATI IMOM” ilmiy-tadqiqot Markazi, NETDEC IT-kompaniyasi, “KASANACHILIK LYUKS” korxonasi va boshqa bo‘linmalar faoliyat yuritadi. Mazkur bo‘linmalar innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali inson taraqqiyotini ta’minlashda hissa qo‘shib kelmoqda.
Hususan, jamg‘arma qoshidagi “Savob” umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot Markazi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi”, “Sog‘lom oila”, “Zamonaviy inson psixologiyasi” kabi loyihalar amalga oshirildi. Malaka oshirish doirasida qo‘shimcha ta’lim sohasida “International Shark Network” deb nomlangan nodavlat o‘quv markazi tashkil etildi. 2010-yilda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish Agentligi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik doirasida “O‘zbekiston XX1-asrda raqamli formatda” deb nomlangan innovatsion-tadqiqot loyihasini amalga oshirdi. IT-texnologiyalar sohasida yetakchilik qilayotgan
Microsoft, Intel, HP, Fujitsu, PS-Ware, Soft Line va boshqa shu kabi kompaniyalar venderlari hamda milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning intellektual salohiyatini birlashtirishni nazarda tutadi.
Ayollar diplomatiyasi vositasida jamg‘arma yangi NNT tashkil etish va rivojlantirish faoliyatida ham ishtirok etadi. Misol tariqasida “Mehr” xotin-qizlar NNT respublika birlashmasini keltirish mumkin. Jamg‘armaning yana bir strategik maqsadi - qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdir. Mazkur maqsadga erishishda
jamg‘arma tarkibidagi moliyaviy-investitsion departamentning ahamiyati katta. 2008- yilda jamg‘arma yana bir qiziqarli innovatsion loyiha – “Iqtidorli bolalar” dasturini amalga oshirdi. Umuman, jamg‘arma 10-yillik faoliyati davomida Davlat dasturlarini bajarish doirasida 60 dan ziyod turli loyihalarni hayotga tatbiq etdi.
yil 18-mayda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150 ta NNT tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning faoliyati huquqiy, ayollar va yoshlar, ekologik-iqtisodiy va ijtimoyi-gumanitar yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Assotsiatsiya a’zolari jamoatchilikning gender masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish yo ‘nalishida ham faoliyat olib boradi. 2006-yilda tashkilot ekspertlari ayollarning kamsitilishining turli shakllarini bartaraf etish bo‘yicha BMT qo‘mitasining 36-sessiyasi ishida ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning turli mintaqalarida xotin-qizlarga ruhiy, jismoniy, ijtimoiy reabilitatsiya, huquqiy savodxonlik, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish, turli sohalar bo‘yicha maslahatchilik xizmatini ko‘rsatuvchi, bandlikka ko‘maklashishi va turli o‘quv kurslari va markazlari ishini yo‘lga qo‘ygan ko‘plab mahalliy NNTlar faoliyat yuritmoqda. Misol tariqasida O ‘ zbekiston xotin- qizlari Qo ‘ mitasi tashabbusi hamda BMTning UNFPA - Aholishunoslik jamg ‘ armasining moliyaviy ko ‘ magida ayollar uchun mamlkatimizning 8 ta (Andijon, Namangan, Farg’ona, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog ‘iston Respublikasi) mintaqasida ijtimoiy moslashuv Markazlari tashkil etildi. 2014-yilda mazkur Markazlarga murakkab vaziyatga tushib qolgan jami 2 729 nafar xotin-qizlar bevosita, yana 1874 nafari ishonch telefoni orqali murojaat qildi. 519 nafar ayolga psixologik, 541 nafariga huquqiy yordam, shu jumladan, 82 nafar ayolga sud ishlarida ko ‘ mak ko
‘ rsatildi. 818 nafar ayol sog ‘ lomlashtirildi. Yana 390 nafar xotin-qizlarga kasbiy ko ‘ nikma egallashlari uchun sharoit yaratilib, ularni ish joyi bilan ta’minlashga erishildi. Ko
‘ rinib turibdiki, xotin-qizlar NNTlari ayollarning kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda va O‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati taraqqiyotiga ham hissa qo‘shmoqda.
Syuda nujna informatsiya po jenskim NNO po viloyatam respubliki
Endi xalqaro tajribaga murojaat etamiz. BMTning Ayollar ahvoli bo‘yicha umumjahon anjumani (Pekin, 1995) Harakat Platformasida gender tengligi targ‘ibotida kasaba uyushmalarining roli katta ekani e’tirof etilgani bu borada muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hujjatda hukumatlar va jamiyatning barcha a’zolari
quyidagilarga da’vat etilgan: “Jamoaviy muzokaralarni ayollarga noteng maosh to‘lashga barham berish hamda ish sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi muhim mexanizm va huquq sifatida tan olish; Ayollarning kasaba uyushmalari boshqaruviga saylanishini qo‘llab-quvvatlash va ayollar manfaatlarini himoya qilish uchun saylangan kasaba uyushmalari rasmiylari ish o‘rnini saqlash va xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning jismoniy xavfsizligini kafolatlash”. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling