Vaqtinchalik nizom
-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Download 100.12 Kb. Pdf ko'rish
|
36 DXSh
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʼnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda davlat funksiyalarini qisqartirish boʼyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqish; b) davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash hamda davlat funksiyalarini qisqartirish uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash; d) davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʼgʼrisidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish; e) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar, xoʼjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʼmaklashish; f) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish; davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish; g) xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish; h) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish. davlat-xususiy sherikligi asosidagi loyihalarga davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash boʻyicha tegishli qismini koʻrib chiqadi 7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʼnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda davlat funksiyalarini qisqartirish boʼyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish sohasida: davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish dasturlarini va loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga koʻmaklashadi; davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish uchun istiqbolli tarmoqlarni va ustuvor yoʻnalishlarni tizimli tahlil qiladi hamda natijalari boʻyicha davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha strategik vazifalarni aniq bilish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish asosida iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va kelishishda ishtirok etadi; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun maslahatchilarni jalb qilishda, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy resurslarni topishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi; vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqiladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kelishadi; davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga har tomonlama koʻmaklashadi; jismoniy va yuridik shaxslarning davlat-xususiy sheriklik masalasiga oid masalalari yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqadi; davlat-xususiy sheriklik masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari buzilishini bartaraf etishga doir zarur harakatlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; byurokratizm, davlat-xususiy sheriklik masalalarini hal etish muddatlarini uzaytirish holatlarini aniqlaydi va bartaraf etadi. Download 100.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling