Vaqtinchalik nizom


Download 100.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi100.12 Kb.
#1833156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
36 DXSh

e) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu 
jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar, 
xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish 
sohasida: 
umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi 
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini maʼqullaydi, rad etadi yoki 
maromiga yetkazish uchun qaytaradi; 
umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi 
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini belgilangan tartibda 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi shartnomalar, hamkorlik qilish shakllari 
hamda shartlarini ishlab chiqish va tayyorlashga koʻmaklashadi; 


umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi 
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjatlari, 
tender hujjatlari hamda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarni tayyorlash, 
xususiy sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazish va bitimlar tuzishda davlat 
sheriklariga koʻmaklashadi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish 
uchun maslahatchilarni jalb qilishda davlat sheriklariga koʻmaklashadi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshiradigan davlat 
sheriklariga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, moliyalashtirish va davlat-xususiy 
sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan boshqa 
masalalarni hal etishda koʻmaklashadi; 
kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, 
rahbarlar va mutaxassislarning, jumladan, idoraviy mansub tuzilmalarda faoliyat 
shakllari va uslublarini takomillashtirish, yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida 
hamda sifatli bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirishni tashkil etadi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarning salohiyatli ishtirokchilarining 
takliflari, shu jumladan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari boʻyicha 
takliflarini koʻrib chiqadi; 
rivojlangan davlatlarning davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning 
ilgʻor tajribalarini oʻrganish, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan usullarni tanlab olish 
hamda respublikada tatbiq etish boʻyicha tegishli idora va tashkilotlarning 
xulosalarini oʻrganish, takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritadi; 
xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalari tahlilini olib 
borish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrilishi yuzasidan takliflar 
tayyorlaydi; 
davlat funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish, samaradorligini baholash
monitoringini yuritish, samarasi past boʻlgan funksiyalarni aniqlash va ushbu 
funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazishi choralarini koʻradi; 
mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor rolini oshirishga qaratilgan qonunchilik 
hujjatlarini oʻrganish, muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda 
vakolatli davlat organlarini bilan birgalikda joriy qilish choralarini koʻradi. 
f) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro 
moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, 
bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish sohasida: 
belgilangan tartibda seminarlar, sessiyalar, taqdimotlar, davra suhbatlarini 
tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik 
masalalarida davlat sheriklari mutaxassislarining malakasini, jumladan, xorijda 
oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi; 
belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish uchun 
mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida reklama-axborot hamda 
tushuntirish ishlarini amalga oshiradi; 


belgilangan tartibda jamoatchilik, davlat organlari, xususiy sektor va xalqaro 
moliya institutlarini Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik qanday 
rivojlantirilayotgani haqida keng xabardor qilishni taʼminlaydi; 
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy 
banklar, jamgʻarmalar, agentliklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan 
birgalikda ularni davlat-xususiy sheriklik sohasida respublika uchun strategik 
ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha takliflar, istiqbolli 
hamda joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi; 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ishlarida, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish 
muammolariga bagʻishlangan xalqaro tadbirlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya 
institutlari, xalqaro va mahalliy konsalting hamda loyihalashtirish tashkilotlari bilan 
konsalting va auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida muzokaralar olib boradi
shuningdek belgilangan tartibda shartnomalar tuzishni tashkil qilish; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga 
kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash maqsadida doimiy asosda tahlil 
oʻtkazadi va natijalari boʻyicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi. 

Download 100.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling