Vaqtinchalik nizom


-bob. Departament faoliyatini tashkil etish


Download 100.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi100.12 Kb.
#1833156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
36 DXSh

4-bob. Departament faoliyatini tashkil etish 
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023 yil
7 fevraldagi 13-son buyrugʻiga 4 “a” ilovasiga muvofiq, departament tarkibida jami 
20 (yigirmata) shtat birligi mavjud boʻlgan, departament direktori va uning 
oʻrinbosari, 3 (uchta)tarkibiy boʻlinma – 2 (ikkita) boshqarma, 1(bitta) boʻlim 
tasdiqlangan. 
Boshqarmalar va boʻlim nomi: 
Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, loyihalarni ishlab chiqish, kelishish
va tahlil qilish boshqarmasi; 
Davlat xususiy sheriklik loyihalarining hisobotini yuritish, muvofiqlashtirish 
va monitoring qilish boshqarmasi; 
Davlat funksiyalari va iqtisodiyotga aralashuvni qisqartirish boʻlimi. 
10. Departament ishiga departament direktori rahbarlik qiladi. 
Departament direktori va uning oʻrinbosari, boshqarma boshliqlari, boʻlim 
boshligʻi, bosh mutaxassislar hamda yetakchi mutaxassislar belgilangan tartibda 
lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. 
11. Quyidagilar departament direktorining asosiy funksional vazifalari 
hisoblanadi: 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish; 
Departament faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik 
hujjatlarida departamentga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil 
etish; 
Departament faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dasturlar va tadbirlarning 
bajarilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilishda ishtirok etish; 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish; 
Departament xodimlari tomonidan departament xodimlarining odob-axloq 
qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash; 
12. Quyidagilar departament direktori oʻrinbosarining va tarkibiy boʻlinmalari 
rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga departament tarkibiy boʻlinmalari xodimlari 
tomonidan rioya etilishini taʼminlash; 


tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga 
yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; 
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari 
hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari 
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini 
kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 10 fevraldagi 
PF–6166-son Farmoni talablariga qatʼi rioya etish; 
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini 
taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifa
va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash; 
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish
va muvofiqlashtirish; 
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlarini 
takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun 
departament rahbariyatiga kiritish; 
13. Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, loyihalarni ishlab chiqish, 
kelishish va tahlil qilish boshqarmasining funksional vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
yoqilgʻi-energetika, transport, yoʻl, kommunal, kommunikatsiya, sanoat, 
oʻrmon, qishloq va suv xoʻjaligi, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarida umumiy 
qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy 
sheriklik loyihasining konsepsiyasini maʼqullaydi, rad etadi yoki maromiga 
yetkazish uchun qaytaradi;
umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi 
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyiha baholash hujjatlarini 
koʻrib chiqadi, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining moliyaviy modellari, xatarlar 
(risklar) taqsimoti, taklif etilgan muayyan loyihaning davlat-xususiy sheriklik 
shartlari va mezonlariga mutanosibligini koʻrib chiqadi, davlat-xususiy sheriklik 
loyihalarining tender hujjatlarini va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimning 
Qonunga muvofiqligi yuzasidan kelishib beradi; 
rahbariyatiga mazkur hujjatlar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini kiritadi. 
14. Davlat-xususiy 
sheriklik 
loyihalarining 
hisobotini 
yuritish, 
muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasining funksional vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangandan hamda 
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim ikki tomonlama imzolangandan keyin 
davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestriga kiritish 
uchun rasmiy tartibda kiritilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi roʻyxatdan 
oʻtkazilishini taʼminlaydi; 


Davlat sherigi tomonidan tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasining 
amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har olti oyda qabul qiladi; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish; 
boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish boʻyicha ishlarni aniq 
tashkil etilishini taʼminlaydi; 
ijro intizomini mustahkamlash, tayyorlanadigan hujjatlar loyihalarini har 
tomonlama tahlil qilish va oʻrganishni tashkil qilish boʻyicha choralarni koʻradi. 
15. Davlat funksiyalari va iqtisodiyotga aralashuvni qisqartirish boʻlimining 
funksional vazifalari quyidagilardan iborat: 
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishda rivojlangan davlatlar 
tajribasidan foydalangan holda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, dasturlar 
hamda strategiyalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishda: 
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda davlat funksiyalarini reyestrini 
shakllantirish, dasturlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi; 
vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv 
funksiya va vakolatlari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi; 
xususiy sektorga oʻtkazish imkoniyati mavjudligi va iqtisodiy samaradorligi 
nuqtai nazaridan davlat funksiyalari obyektiv tahlil qilinadi; 
xususiy sektorga moslashtirgan holda davlat funksiyalarining mazmun-
mohiyati aniqlashtiriladi; 
xususiy sektorga oʻtkazishga taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy 
roʻyxati tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi; 
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-
huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kelishish. 
Xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini 
monitoring qilishda: 
davlat funksiyalari amalga oshirilganligi natijalari boʻyicha xususiy sektorning 
maʼlumoti umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, shuningdek, umumlashtirilgan 
maʼlumotlar asosida ular amalga oshirilganligining samaradorligi va sifatini 
baholash; 
xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalari samarasiz yoki sifatsiz amalga 
oshirilganligi holati aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish hamda 
oʻtkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish 
boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. 

Download 100.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling