Vaqtinchalik nizom


-bob. Departamentning huquq va majburiyatlari


Download 100.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.01.2024
Hajmi100.12 Kb.
#1833156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
36 DXSh

3-bob. Departamentning huquq va majburiyatlari
8. Departament oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun 
quyidagi huquqlarga ega: 


davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda 
moliyaviy koʻrsatkichlarning bajarilish holati haqida axborot soʻrash hamda olish; 
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
va boshqa tashkilotlardan davlat-xususiy sheriklik va davlat funksiyalarini qisqartirish 
masalalari yuzasidan hujjatlar, statistika maʼlumotlari, tahliliy materiallar, xulosalar 
hamda boshqa axborotni soʻrab olish hamda yozishmalar olib borish;
markaziy apparat boʻlinmalaridan va Vazirlik tizimidagi tashkilotlardan 
departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni 
soʻrash va olish; 
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlariga davlat-xususiy sheriklik va davlat funksiyalarini qisqartirish 
masalalari boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritish; 
mutaxassislari va maslahatchilarini xorijiy davlatlarga belgilangan tartibda 
yuborish; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni 
shartnoma asosida departamentda ishlash uchun belgilangan tartibda jalb qilish; 
konsalting va auditorlik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, muzokaralar 
oʻtkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun Vazirlik nomidan 
shartnomalar tuzishda ishtirok etish; 
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish 
maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar 
bilan belgilangan tartibda hamkorlik oʻrnatish; 
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish siyosatini amalga oshirishda 
oʻrnatilgan tartib qoidalarga muvofiq vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlarni 
tashkil etishi mumkin;
zarurat boʻlganda, departamentga yuklatilgan masalalarni hal etish uchun 
markaziy apparat boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va vazirlik tizimidagi 
tashkilotlardan mutaxassislarni jalb etish, ushbu maqsadlarda komissiyalar va ishchi 
guruhlar tashkil etish; 
departamentning vazifa va funksiyalariga hamda huquq va majburiyatlariga 
taalluqli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish; 
rahbariyat topshirigʻiga koʻra yigʻilishlar oʻtkazish; 
Vazirlik rahbariyati topshirigʻiga koʻra davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, 
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan 
departament faoliyati masalalari boʻyicha belgilangan tartibda yozishmalar olib 
borish; 
departament faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish 
yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish; 


departament ushbu nizomga muvofiq vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun 
zarur boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 

Download 100.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling