Vaqtinchalik nizom


Download 100.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi100.12 Kb.
#1833156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
36 DXSh

b) davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini 
baholash hamda davlat funksiyalarini qisqartirish uslubini ishlab chiqish, ushbu 
loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash 
sohasida: 
davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish va amalga oshirish mexanizmlari 
boʻyicha uslubiy asoslar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va tavsiyalarni, 
davlat-xususiy sheriklik sohasida hamkorlik shakllarini ishlab chiqadi; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish 
jarayonlarini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi; 
davlat-xususiy 
sheriklik 
sohasidagi 
normativ-huquqiy 
hujjatlarni 
takomillashtirish va birxillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; 
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-
huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va kelishadi; 
ustuvor sohalar va tarmoqlarda tarmoq departamentlari bilan birgalikda davlat-
xususiy sheriklik loyihalarining namunaviy shartnomalari, bitimlarini ishlab 
chiqadi; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan 
qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqishda davlat sherigiga 
koʻmaklashadi; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan 
masalalar boʻyicha belgilangan tartibda tushuntirishlar va taqdim etadi; 
davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalari, umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan 
ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining davlat-xususiy sheriklik 
toʻgʻrisidagi bitimlarni ishlab chiqish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 
kiritishda ularni tahlil qiladi va kelishadi. 


Bunda, davlat sherigining yozma murojaatiga asosan davlat-xususiy sheriklik 
loyihasining konsepsiyasini kelishish bosqichida loyihaning qiymatidan qatʼi nazar 
Davlat budjetidan moliyalashtirish talab qilingan taqdirda, barcha loyihalar uchun 
belgilangan tartibda Vazirlikning tegishli tarmoq departamentining xulosalari talab 
etiladi. 
d) davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda 
idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʻgʻrisidagi 
axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish sohasida: 
davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi; 
Vazirlikning tegishli tarmoq departamenti bilan birgalikda davlat-xususiy 
sheriklik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat 
sheriklari va xususiy sektor, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa 
manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi va qoʻllab 
quvvatlaydi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi amalga oshiriladigan davlat-xususiy 
sheriklik loyihalari, shuningdek, ustuvor va istiqbolli loyihalarning muntazam 
yangilanadigan maʼlumotlar bazasi hamda reyestri tashkil etilishini va yuritilishini 
taʼminlaydi; 
davlat-xususiy sheriklik va respublikaning ushbu sohadagi salohiyati 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkor olish imkonini beradigan dasturiy mahsulotlar 
hamda axborot tizimlarini yaratadi va joriy qiladi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda texnik hamda 
boshqa tomondan koʻmaklashishni tashkil qiladi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasiga jalb etilgan davlat sheriklari va boshqa 
masʼul davlat organlarining maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni yoʻlga 
qoʻyadi; 
davlat-xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilayotgan, ustuvor va istiqbolli 
loyihalar haqidagi maʼlumotlarning ochiq holda joylashtirilishini taʼminlaydi; 

Download 100.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling