Vaqtinchalik nizom


Download 100.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi100.12 Kb.
#1833156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
36 DXSh

g) Xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini 
monitoring qilish sohasida: 
davlat funksiyalari amalga oshirilganligi natijalari boʻyicha xususiy sektorning 
maʼlumoti umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, shuningdek, umumlashtirilgan 
maʼlumotlar asosida ular amalga oshirilganligining samaradorligi va sifatini 
baholash; 
xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalari samarasiz yoki sifatsiz amalga 
oshirilganligi holati aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish hamda 
oʻtkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish 
boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish; 
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda davlat funksiyalarini reeystrini 
shakllantirish, dasturlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi; 
vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv 
funksiya va vakolatlari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi; 
xususiy sektorga oʻtkazish imkoniyati mavjudligi va iqtisodiy samaradorligi 
nuqtai nazaridan davlat funksiyalari obyektiv tahlil qilinadi; 
xususiy sektorga moslashtirgan holda davlat funksiyalarining mazmun-
mohiyati aniqlashtiriladi; 
xususiy sektorga oʻtkazishga taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy 
roʻyxati tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi; 
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutuvchi
normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kelishish; 


“Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida va davlat 
funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmini amalga 
oshirilishi yuzasidan davlat funksiyalarini roʻyxatini shakllantirish, bozor 
tayyorligini tahlil qilish va xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalarini 
samarali amalga oshirilayotgani boʻyicha monitoring olib borish hamda vujudga 
kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi; 
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, 
xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun 
elektron maydoncha faoliyatini yuritib boradi; 
davlat organlarining funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks 
mexanizmi mohiyati va ahamiyatini, samaradorligi yuzasidan soʻrovlar uyushtirish 
va natijasini tahlil qilish hamda ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqadi. 
h) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi 
xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish 
amaliyotini monitoring qilish sohasida: 
davlat-xususiy 
sheriklik 
loyihalarini 
amalga 
oshirishni 
shuningdek,
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalarni 
muntazam monitoring qilib boradi; 
tegishli tarmoqlarda ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olingan holda, davlat-
xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga doir takliflarni 
ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik 
birlashmalari mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb 
qiladi; 
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qiladi, 
bunday sheriklikni tashkil etishning xususiy sektor uchun oshkoralik
va jozibadorlikni taʼminlaydigan yangi shakllari hamda uslublarini joriy etish, shu 
jumladan davlat-xususiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan 
normalarni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida budjet 
mablagʻlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanishda
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda tasdiqlangan muddatlar va shartlarga 
rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; 
qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda budjetdan mablagʻ ajratish uchun davlat-
xususiy sheriklik sohasidagi ustuvor loyihalarning prognoz parametrlari haqida 
Vazirlikka axborot kiritadi. 

Download 100.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling