Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Download 80.45 Kb.
bet12/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
covered1

VARIANT-10
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligi va ulaming oqimlarini o‘rganishning ahamiyati, mazmuni va vazifalari.Tarmoq va bo‘g‘inlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimida faoliyat turlarining salmoq darajalari ham turlicha bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya’ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlariga bo‘lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi iqtisodiy tanglik1ar. inqirozlar doimo mulk egalari, investorlarni yuzaga kelgan holatlar bo 'yicha muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Aks holda, sekin-sekin biznesdagi harakat yakun topadi va korxonalar yopiladi. Erkin iqtisodiyotda, xo'jalik yurituvchi subyektlar va mulk egalarini qiziqtiradigan eng muhim masala biznes samaradorligi va faoliyat natijaviyligini baholash, ular moliyaviy holatini tahlil etish masalasidir. Mazkur masala iqtisodiyotning bir maromda rivojlanishida ham muhim hisoblanadi. Shu sababli, bugungi kunda xo'jalik yurituvchi subyektlar boshqaruv apparati oldida bir qancha murakkab ya'ni, mavjud mulkiy holatga, iqtisodiy resurslarning tarkibiy tuzilishi va warning samaradorligi. faoliyatning natijaviyligi, to'lovga qobillik va moliyaviy barqarorligiga baho berish yuzasidan aniq taktik qarorlar tayyorlash bo'yicha qat or muammolarga duch kelinmoqda. Bugun, dunyoning barcha davlatlarini u yoki bu darajada qamrab olayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xo'jalik yurituvchi subyektlar oldiga nafaqat ichki muammolar haqida qayg'urishini, balki ko'proq tashqi muammolar ta'siridan himoyalanishini ham talab etmoqda. Afsuski, yuz berib bo'lgan jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi albatta o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Shuningdek, undan qutilib qolishning ham imkoni yo'q. Bu borada faqat, uning ta'sirini yumshatish, YO'qotishlar va iqtisodiy jabrlarni imkon qadar kamaytirish choralarini ko'rish lozim.

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling