Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
VARIANT-14 1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy hajmini tahlili
Download 80.45 Kb.
|
covered1
VARIANT-14
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy hajmini tahlili. Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to‘laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o‘tgan edik. Kreditorlik majburiyatlari yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin. Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo‘lgan tomonlar bo‘yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to‘lash muddatlari bo‘yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to‘lanmagan mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko‘rsatkichlariga murojaat qilinadi. Kreditorlik majburiyatlarini tahlil etishda ularning yuzaga kelish o‘rni, muddati va tarkibiga alohida ahamiyat qaratilmog‘i lozim. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘yilishi korxonaga nisbatan turli iqtisodiy ogohlantirishlarning qo‘llanilishiga, iqtisodiy jarimalarga hamda korxonaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Kreditorlik majburiyatlarining to‘lash muddatlari bo‘yicha quyidagi tarkibini berib o‘tish mumkin: – to‘lash muddati kelgan majburiyatlari; – to‘lash muddati o‘tib ketgan majburiyatlari. Kalendar yili davrining taqsimi bo‘yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin: – 1 oygacha bo‘lgan; – 1 oydan 2 oygacha bo‘lgan majburiyatlar; – 2 oydan 3 oygacha bo‘lgan majburiyatlar; – 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan majburiyatlar; – 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan majburiyatlar; – 1 yildan ortiq mududatga bo‘lgan majburiyatlar. Debitorlik qarzlarini boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali ular hajmini ortib borishining oldini olish borasida quyidagi amaliy chora-tadbirlardan foydalanish mumkin: ■ xaridor va buyurtmachilar bilan muddati uzaytirilgan hamda muddati o‘tgan hisob-kitoblar ustidan nazoratni izchil tarzda olib borish; ■ bir yoki bir nechta yirik xaridorlar tomonidan mahsulot va xizmatlar haqining to‘lanmay qolishi riskini pasaytirish maqsadida ko‘p sonli xaridorlar bilan ishlashga intilish (https://fayllar.org/butunlay-tilakka-berilamiz-ichki-intilish-bilan-butun-vujudimi.html); ■ debitorlik va kreditorlik qarzlari nisbatiga katta e’tibor qaratish; debitorlik qarzining kreditorlik qarzidan sezilarli darajada ortib ketishi qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarining jalb etilishiga, bu esa, o‘z navbatida yuqori stavkali foiz xarajatlarining kelib chiqishiga olib kelishi bilan korxonaning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu nisbatning maksimal chegarasi 1,0 hisoblanadi; ■ pul mablag‘lari harakati (pul mablag‘larining kirimi va chiqimi)ni sinxronlashtirish, ya’ni debitorlik qarzlarining to‘lanishi va kreditorlik qarzining so‘ndirilishi davrini maksimal darajada bir-biriga yaqinlash ■ zamonaviy hisob-kitob usullarini qo‘llash orqali yo‘ldagi pul mablag‘lari hajmini qisqartirish; ■ debitorlik qarzlarini ixtisoslashgan faktoring kompaniyalariga yoki korxona xaridorlaridan qarzlarni qaytarib olish bilan shug‘ullanuvchi banklarga sotish; ■ selektivlik – ya’ni ma’lum tovarlar guruhi va turlari kreditga sotilmay, balki faqatgina o‘z vaqtida pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladigan oraliqlarni aniqlash. Bunday vaziyat ma’lum tovarlarga bo‘lgan talabning juda ham ortib ketadigan davrlarda vujudga keladi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlarni «2/10 to‘liq 30» sxemasida sotishga debitorlik qarzlarini kamaytirish yo‘llaridan biri sifatida qaraladi. U quyidagi tartibda ishlaydi: ► agar xaridor mahsulotni olgan kunidan boshlab 10 kun ichida mahsulot qiymatini to‘lab bersa, unga mahsulot bahosining 2 %miqdorida chegirma beriladi ► agar xaridor mahsulot qiymatini 11 kun bilan 30 kun oralig‘ida to‘lasa, mahsulot qiymatining 100 %ini to‘laydi; ► agar xaridor mahsulot qiymatini bir oy davomida to‘lamasa to‘lov vaqtiga qarab jarimaga tortiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishni bitta dastur asosida va uni nazorat qilish asosida uddalab bo‘lmaydi. Buning uchun bevosita keng qamrovli dastur ishlab chiqish lozim. Download 80.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling