Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
Download 80.45 Kb.
|
covered1
8 variant
Moliyaviy faoliyat – bo’limida aksiya chiqarishdan kelib tushgan tushum, uzoq va qisqa muddatli qarzlarni kelib tushishi va chiqimlar aks etadi. Bulardan tashqari korxona pul ishtirokisiz investitsiya va moliyaviy faoliyat bo’yicha chiqimlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, asosiy vositalarni uzoq muddatli kredit hisobiga sotib olish, kreditor qarzlarni aksiyani chiqarish va kreditlarga qo’shimcha aksiyani berish orqali bo’lishi mumkin.Korxona moliyaviy holatining sog’lomligini sharti bo’lib, pul mablag’larini kirimi korxonaning majburiyatlarini qoplay olishidir. Minimal miqdordagi pul mablag’larini yetishmasligi moliyaviy holat tangligiga sabab bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lish inflyatsiya natijasida pulni qadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag’larni samarali foydalanishga yo’naltirmaslik natijasida qo’shimcha daromad ololmasligi mumkin. Shu bois pul mablag’larini ratsional boshqarishni doimo nazorat qilish va tahlil qilish lozim. Bunday tahlil etishni amalda bir qancha usullari mavjuddir.Moliyaviy holat tangligini sabablaridan biri bu korxona joriy aktividagi pul mablag’larini joriy majburiyatlarga nisbatan keskin kamayib borishidir. Shu bois har oyda pul mablag’lari bilan muddati kelgan majburiyatlarni bir-biri bilan taqqoslab, tahlil kilish lozim.Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini tahlil qilish jarayonida ikkala uslub (to’g’ri va egri)ning qo’llanilishi bir-birini to’ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag’lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko’rsatib beradi.Xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari oqimini egri uslub orqali o’rganish uchun aloxida analitik hisobot tayyorlash lozim bo’ladi. Analitik hisobot tuzish uchun quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:«Buxgalteriya balansi» «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» (2 shakl);«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» (3 shakl);Bosh daftar;Jurnal-orderlar;Buxgalteriya hisobi ma’lumotnomalari va boshqalar.Pul oqimlari tahlilining egri uslubi natijalari bo’yicha quyidagi savollarga javob olishimiz mumkin bo’ladi:Korxonaning olgan sof foydasi uning pul mablag’lariga bo’lgan joriy talabini qoplash uchun yetarlimi?.Egri uslub orqali pul oqimlarini tahlil etishda yuqoridagi singari analitik hisobot tuziladi va pul oqimlarini hisoblash tizimi yaratiladi. Mazkur tizim orqali korxonaning pul oqimlariga har bir faoliyat turi qanday ta’sir ko’rsatayotganligi o’rganiladi. Egri uslubni qo’llash orqali har bir ko’rsatkich pul mablag’lariga qanday va qancha miqdorda ta’sir ko’rsatganligini ko’rishimizga imkon beradi. Jadvaldan ko’rinadiki, har ikkala uslub orqali ham pul mablag’lari qoldig’i bir xil natijani bermoqda. Bundan ko’rinadiki korxonada pul mablag’lari harakati buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri aks ettirib borilgan.Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimlarini tahlil qilish natijasida pul mablag’larining taqchillik sabablari to’g’risidagi dastlabki xulosalarni qilish mumkin bo’ladi.Bunday sabablarga quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:Xo’jalik sub’ektlarining mol-mulk va mahsulot sotish rentabelligini pastligi;Soliqlar va dividend to’lovlarining yuqori ekanligi;Korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo’lgan kapital xarajatlarining katta miqdorda amalga oshirilishi;Me’yordan ortiqcha bo’lgan zahira va xarajatlarni tashkil etishga pul mablag’larining yo’naltirilganligi;Korxonalarda aylanma mablag’lar aylanishining pastligi, ya’ni aylanma mablag’larning aylanishi sekinligi hisobiga korxona oborotiga pul mablag’larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo’shimcha pul mablag’larini jalb etilganligi;Balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to’lovlariga yuqori miqdorda to’lanmalar qilinganligi.Bugungi kunda xo’jalik sub’ektlarining umumiy pul oqimiga asosan mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum dinamikasi, mol-mulkning iqtisodiy rentabelligi va qarz mablag’lari bo’yicha to’langan foizlar summalari ta’sir etmoqda. 9 variant Ho'jalik yurituvchi subyektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o‘ziga xos prinsiplarga amal qilishi kerak. 0 ‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining (BHMS) birinchi sonida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida quyidagilar keltirilgan: — ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; — uzluksizlik; — xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlami baholash; — ishonchlilik; — ehtiyotkorlik; — mazmunning shakldan ustunligi; — ko'rsatkichlarning qiyosiyligi; — moUyaviy hisobotning betarafligi; 18 — aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; — hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi; — tushunarlilik; — ahamiyatlilik; — muhimlilik; — haqqoniy xolis taqdim etish; — tugatilganlik; — izchillik; — o‘z vaqtidalik; — ofFseting (moddalarning o'zaro qoplanishi); — xolislik. Yuqoridagi prinsiplarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilar uchun korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo'jalik jarayonlarini schyotlarda ikki yoqlama yozuv usulidan foydalangan holda aks ettirilishini bildiradi. Ushbu prinsipga ko‘ra, xo‘jalik jarayonining summasi bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettiriladi. Uzluksizlik prinsipi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqarishini va tugatish ehtimoli harakatida bo‘lmaydi. Agar korxona faoliyatida uzluksizlik prinsipining buzilish muhiti mavjud bo‘lsa, hisobotda beriladigan tushuntirish va izohlarda bu haqda ma’lumot keltirilishi lozim. Uzluksizlik prinsipi zaminida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xo‘jalik faoliyati davomida uzluksiz ravishda buxgalteriya hisobi yuritilishi shartligi yotadi. Korxona faoliyati tugaganida, buxgalteriya hisobini yuritish ham to‘xtatiladi. Xo'jalik muomalalari, aktivlar va passivlami baholash prinsipi korxonaning barcha m ulklarini va ro‘y beradigan barcha xo'jalik jarayonlarini yagona pul bahosida o‘lchanishiga asoslangan. 0 ‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchovi so‘m va uning qismi tiyinda olib boriladi. Ishonchlilik prinsipi yuritiladigan hisob ishlarining haqiqiyligi va xatosizligiga asoslanadi. Moliyaviy hisobotni naqadar ishonchli bo‘lishi, buxgalteriya hisobi dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlami naqadar haqqoniy ekanligiga bog‘liqdir Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidaiqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, bahorеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foydakorxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.Erkin iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning asosiymaqsadi foyda olishga qaratilganligi bois har bir xo`jalik yurituvchi sub'еktko`proq foyda olishga intiladi. Binobarin, foyda miqdorida jamiyatning korxonajamoasining va har bir xodimning manfaatlari o`z ifodasini topadi. Shu bois foydaiqtisodiy katеgoriya bo`lib u o`zida ishlab chiqarish va taqsimot orqali tovar - pulmunosabatlarini aks ettiradi. Xo`jalik yurituvchi sub'еktning olgan foydasa qanchako`p bo`lsa, har bir xodimni shuncha ko`p rag`batlantirishga, korxonani hartomonlama kеngaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag`iniko`paytirishga imkoniyati tug`iladi. Bundan jamiyat ham manfaatdor, zеrokorxonaning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa foydadan davlat byudjеtigato`lanadigan soliq ham shuncha ko`p bo`ladi. Shu bois erkin iqtisodiyot sharoitidafoyda olishning axamyati bеqiyos darajada oshganligini ko`rishimiz mumkin.Iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi o`sish sur'atlari o`z navbatida foydahajmini ham barqaror tarzda ko`payishiga olib kеldi. Moliyaviy natijakorxonafaoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanadigan yakunidir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatinibеlgilovchi asosiy mеzon - sof foyda hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlashuchun quyidagi oraliq foyda ko`rsatkichlarini aniqlash kеrak:1.Yalpi foyda = Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kеlgan foyda = yalpi foyda – davrxarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).3.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda= asosiy faoliyatdan olinganfoyda+olingan dividеndlar+ boshqa olingan dividеndlar ± olingan va bеrilganqarzlar bo`yicha foizlar ± boshqa olingan va to`langan foizlar ± valyuta kursi farqi± moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromad (xarajat).4.Soliq to`lagunga qadar foyda = umum xo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda ±favquloddagi foyda (zarar).5.Sof foyda (zarar) = soliq to`lagunga qadar foyda - foydadan soliq boshqasoliqlar va ajratmalar.Foydaning mutlaq miqdori korxonalarning xo`jalik yuritish borasidagisamaradorlik darajasini har tomonlama bеlgilamaydi. Shuning uchun nisbiyko`rsatkichlarni aniqlash kеrak. Bu ko`rsatkich - rеntabеllik ko`rsatkichlarihisoblanadi.Rеntabеllik ko`rsatkichi jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir ayrimkorxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichhisoblanadi Download 80.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling