Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to’lov layoqatining tahlili


Download 80.45 Kb.
bet14/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
covered1

2. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to’lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansi aktivi likvidligi bo‘yicha, kapital va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, majburiyatlar to‘lovga tortilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi.Aktivlarning birlashgan va tarkib qatorlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish uslubiyoti belgilangan. Ushbu uslubiyot xorij amaliyotiga to‘la mos tushadi va tarkib bo‘yicha nisbiy ifodalardagina farq etadi.Aktiv tomon:- doimiy harakatdagi aktivlar (A1);- tez pulga aylanadigan aktivlar (A2);- sekin pulga aylanadigan aktivlar (A3);- qiyin pulga aylanadigan aktivlar (A4).Passiv tomon:- to‘lov muddati kelgan majburiyatlar (P1);- qisqa muddatli majburiyatlar (P2);- uzoq muddatli majburiyatlar (P3);- doimiy passivlar (P4). Buxgalteriya balansi likvidligini baholashda balansni tuzish davriyligiga (choraklik, yarim yillik va yillik) muhim ahamiyat qaratish lozim. Ko‘pincha korxonalar faoliyatining mavsumga bog‘liqligi, eksport va import qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini bog‘liqligiga ko‘ra uni yillik oralig‘ini o‘rganish tavsiya etiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini baholashda eng muhim sifat ko‘rsatkichi bu – to‘lov layoqati ko‘rsatkichidir. Korxonani to‘lovga layoqati to‘lov imkoniyatlarini, ya’ni uning o‘z majburiyatlarini to‘lashga qodirligini xarakterlaydi. Likvidlilik bilan to‘lov qobiliyati bir-biridan farq qiladi. Likvidlilik qarzlarni to‘lash uchun mablag‘lar mavjudligini ko‘rsatsa, to‘lov qobiliyati qarzni uzish imkoniyati borligini ko‘rsatadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarga quyidagi ko‘rsatkichlar kiritiladi:- mutlaq to‘lov layoqati;- oraliq to‘lov layoqati;- joriy (umumiy) to‘lov layoqati.
VARIANT-13
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlili.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi deganda ularning yuzaga chiqish qatorlari tushuniladi. Qatorlarning yagona tarkibini buxgalteriya balansining tegishli qatorlariga mos ravishda tuzib chiqish mumkin. Debitorlik qarzlari: xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan bo‘linmalarning qarzi, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi, xodimlarga berilgan bo‘naklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi va boshqa debitorlik qarzlari.Kreditorlik qarzlari: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz va boshqa kreditorlik qarzlari.Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik tahlilida qarzlarning tarkibi, muddati, hajmigagina emas, balki ularning balansiga ham muhim ahamiyat qaratiladi. 2. Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri.Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab chiqarish va inson omillaridir.Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar, tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular, bilimlar, axborotlar).Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin. Buxgalteriya balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda) siklik jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‘ra (operatsion, investitsion, moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda asosiy kapitalning, joriy aktivlarda aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi.Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga) nazarda tutiladi.Korxonalarning o‘z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‘lash imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi.Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi.

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling