Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning import operatsiyalari tahlili
Download 80.45 Kb.
|
covered1
2. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning import operatsiyalari tahlili . Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni import qilish import qiluvchining* import kontrakti (yaʼni, import, markazlashtirilgan import, birja va yarmarka import shartnomalari) va invoys asosida amalga oshiriladi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq, import qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo kelishuvlarini (kontrakt, invoys) tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridir;import kontrakti — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga import qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontraktdir.invoys (hisob-faktura) — xalqaro tijorat amaliyotida sotuvchi tomonidan xaridorga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar roʻyxati, ularning miqdori va xaridorga yetkazib berilgan narxlari, tovarlarning rasmiy xususiyatlari, yetkazib berish shartlari, joʻnatuvchi va oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatdir.Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 55 va 56-moddalariga muvofiq, “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi.Bojxona toʻlovlari toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda Davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 197-son qaroriga muvofiq, “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiriladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:– bojxona yuk deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish yoʻli bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno;– transport hujjatlari, oʻrov varagʻi bundan mustasno;– tovarlarning kelib chiqishi sertifikati (manfaatdor shaxsning xohishi boʻyicha va uning zarurligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda).Eksport qiluvchi mamlakatning eksport bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona bojidan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga (2013-yil 20-mart roʻyxatdan oʻtkazish raqami 2436) kiritilgan tovarlarning bojxonada rasmiylashtiruvi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Bojxona deklaratsiyasi taqdim etilmagan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvi umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi
Download 80.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling