Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari tahlili


Download 80.45 Kb.
bet7/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
covered1

Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari tahlili.

Investitsion faoliyat deganda, investitsiyalash va investitsiyalarni amalga oshirish tushuniladi. Bunda investitsiyalar sifatida pul mablag‘lari, maqsadli bank qo‘yilmalari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, jumladan tovar belgilari, kreditlar, ixtiyoriy boshqa mulk yoki mulkiy huquq, foyda olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari obyektlariga jalb qilingan intellektual qimmatliklar namoyon bo‘ladi.Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:investorning o‘z moliyaviy va ichki xo‘jalik zaxiralari (foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqalar)byudjetdan tashqari fondlardan beg‘araz asosda ajratmalar;qo‘shma tashkilotlarning ustav kapitalida moliyaviy yoki o‘zgacha ishtirok shaklida, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalar shaklida taqdim etiladigan chet el investitsiyalari;turli shakldagi qarz mablag‘lari, chet el investorlari kreditlari, obligatsion zayomlar, banklar va boshqa institutsional investorlarning kreditlari;investitsion fondlar va kompaniyalar, sug‘urta jamiyatlari mablag‘lari, shuningdek, veksellar va boshqa mablag‘lar.Manbalarning dastlabki uch guruhi loyiha tashabbuskorining xususiy kapitalni vujudga keltirsa, to‘rtinchi guruh qarz kapital hisoblanadi.Qo‘yilmalar obyektlari bo‘yicha quidagilar farqlanadi:mulkiy investitsiyalar (moddiy investitsiyalar), ular tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi, ya’ni uskuna va jihozlar, bino, inshootlar, moddiy zaxiralarga investitsiyalar;moliyaviy investitsiyalar, masalan, aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar xarid qilish;nomoddiy investitsiyalar – kadrlar tayyorlash,tadqiqotlar, reklama va boshqalarga investitsiyalar.Investitsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi va chiqimida: asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari summalari, asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar summalari; nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘lari, nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag‘lar summalari; qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada to‘langan foizlar, qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi; boshqa investitsion faoliyatga oid to‘langan pul mablag‘lari kirim va chiqimi; investitsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi aks etadi.

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling