Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Download 80.45 Kb.
bet22/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
covered1

1. Moliyaviy leveridj tahlili.
Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning iqtisodichilar va menejerlar tomonidan baholashga o‘tilganiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatkichni baholash bir qancha moliyaviy koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xususiy kapitalning majburiyatlarga nisbati orqali baholanadi. Uning natijasiga qarab xo‘jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik darajasiga baho berish mumkin.
Moliyaviy leveridj moliyaviy richag (dastak) deb ham nomlanadi. Uning mazmunini o‘z mablag‘lari manbasi bilan qarz kapitali o‘rtasidagi nisbatda xo‘jalik subyektining foydasiga ta’sir etish darajasini baholash tashkil etadi. Shuningdek, xo‘jalik subyektining istiqboldagi moliyaviy barqarorligini tahlil etish va bashoratlashda ham ushbu bog‘liqlik nisbatidan kelib chiqiladi.
Moliyaviy leveridj quyidagi formula asosida aniqlanadi:
ML = QK / XK
Bu yerda:
ML – moliyaviy leveridj;
QK – qarz kapitali;
XK – xususiy kapital.
Mazkur formula xo‘jalik subyektining moliyaviy risklarini ham aks ettiradi. Koeffitsiyentning optimal darajasi sifatida 05.-0.8 daraja qayd etiladi.
Moliyaviy leveridj samaradorligini baholash, tahlil etishning maqsadi xususiy va qarz kapitalidan foydalanish samaradorligini o‘rganishdan iborat.
Moliyaviy leveridj samaradorligini quyidagi bog‘lanishda ifoda etish mumkin:
MLs = (ROA – Fo‘s) (1 – Ss) • QK / XK
Bu yerda:
MLs – moliyaviy leveridj samaradorligi;
ROA – aktivlar rentabelligi;
Fo‘s – o‘rtacha foiz stavkasi;
Ss – soliq yuki;
QK – qarz kapitali;
XK – xususiy kapital.
2. Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
Korxonalarni kreditga layoqatliligini baholashni tasdiqlangan me’yoriy dalolatnomalari va nizomlariga tayangan holda har bitta biznes subyektini kreditni, qarzni qaytarib berish layoqati o‘rganilmog‘i lozim.
Uzoq muddatli kreditlar – uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar yuzasidan, ularni sotib olish, qurish, ta’mirlash, ilmiy yangiliklar kiritish kabi yo‘nalishlarda) moliyalashtirish yuzasidan bir yildan ortiq muddatga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlar – joriy, aylanma aktivlarni to‘ldirishga, savdo hajmini oshirishga va boshqa maqsadlarga bir yilgacha muddatga beriladi.

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling