2. Raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish qobiliyatini tahlili.
Dunyoning barcha davlatlari uchun bosh maqsad bu iqtisodiy o‘sishga, xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Shu sababli‚ jahonning barcha davlatlarida raqobatdosh xo‘jalik yuritish tuzilmalarini yaratishga, ularni modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy, samarali shakllariga o‘tishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.
Korxonani raqobatdoshligi – uning bozordagi raqiblariga nisbatan ustunligi va iqtisodiy naflilikka ega bo‘lishidir. Raqobatdoshlik kompleks ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Uni baholashdan maqsad – korxonaning tarmoq, hudud va xalqaro bozordagi o‘rnini belgilashdan iborat.
Korxona raqobatdoshligini baholash algoritmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- baholash maqsadini aniqlash;
- baholash, tahlil etish faoliyat turlarini belgilash;
- taqqoslash tanlovi;
- ko‘rsatkichlarini tanlash va tasniflash;
- ko‘rsatkichlarni baholash va tahlil etish;
- ko‘rsatkichlar baholash natijalarini umumlashtirish;
- raqobatdoshlikni baholash xulosalarini tayyorlash.
VARIANT-24
1. Umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari tahlili.Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy va umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX
Bu yerda:
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari.
Xo‘jalik umumiy (oddiy) faoliyatidan keladigan daromadlar va xarajatlar moddalari muayyan miqdorga etsa va xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati operatsiyalari mazmuni juda muhim bo‘lsa, bu moddalarning mohiyati va miqdori ochib ko‘rsatilishi kerak.
Moliyaviy hisobotlarga‚ tushuntirishlarda ochib ko‘rsatishni talab qiladigan muhim xo‘jalik operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kechiktirish, shuningdek‚ kechiktirishga xarajatlar bo‘yicha har qanday zaxiralarni bekor qilish;
- uzoq muddatli investitsiyalarni tugatish;
- faoliyatini to‘xtatish;
- sud jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;
- zaxiralarni bekor qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |