Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


VARIANT-22 1. Budjetga to‘lovlar va ajratmalarning tahlili


Download 80.45 Kb.
bet28/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
covered1

VARIANT-22
1. Budjetga to‘lovlar va ajratmalarning tahlili.
Byudjetga to‘lovlar va ajratmalar deganda korxonalarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari tushuniladi. Ushbu majburiyatlar qisqa muddatli majburiyatlar hisoblanadi. Chunki qonunchilikka muvofiq ular joriy davrda qoplanishi zarur.
Soliqlar deganda – muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda – davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek‚ vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
10) benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:
- yagona ijtimoiy to‘lov;
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
2) davlat boji;
3) bojxona to‘lovlari;
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tahlili quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ishonchli va to‘liq axborot manbaini shakllantirish;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha korxona va soliq organidagi ma’lumotlarni taqqoslash;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘zgarish dinamikasini aniqlash;

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling