2. Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari: ekspert baholash tizimi va balli (skoring) baholash tizimi.
Jahonda va mamlakatimiz amaliyotida kreditga layoqatlilikni baholashda quyidagi mezonlarga tayaniladi
mijoz faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi
Har bitta bankning kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimi (Skoring tahlil tizimi) bir-biridan farq qiladi.
Xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimida kreditga layoqatlilik – bu xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini, ularning krediti o‘z vaqtida va to‘la qaytirish qobiliyatini baholash deb ta’rif berilgan.
Xo‘jalik subyektlarining kreditga layoqatliligi bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmaydi va har bir tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatadigan mijozlari faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Kreditga layoqatlilikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi koeffitsiyentlardan iborat:
1. Qoplash koeffitsiyenti: QK = JA – KDX – KX – MUDQ / JM
2. Likvidlilik koeffitsiyenti: LK = PM + KMI + DQ – MO‘DQ / JM
3. Mustaqillik koeffitsiyenti: MK = XK / BJ
Kreditlarning muddatligi uning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu sababli kredit resurslarini uzoq va qisqa muddatlarga jalb etishda uning qaytarilishiga muhim ahamiyat qaratiladi. Kredit resurslari kechiktirilgan to‘lovlar yuzasidan foizlar summasi bilan birgalikda qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |