Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


VARIANT-21 1. Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili


Download 80.45 Kb.
bet27/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
covered1

VARIANT-21
1. Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Korxonada raqobatdoshlikni ta’minlash birinchi navbatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, faoliyat natijaviyligini o‘stirishga va uning istiqboldagi ko‘rsatkichlarni qay darajada ta’minlashiga bog‘liq.
Sof foyda hajmining o‘sishi ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishning, mehnatga munosabatni o‘zgartirishning, investitsion jozibadorlikni oshirish va bozor aktivligini ta’minlashning ham zaruriy sharti ham hisoblanadi.
Sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
1.Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda:

  1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi

  2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga

  3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi

2.Asosiy faoliyatning foydasi:

  1. Boshqa operatsion xarajatlar

  2. Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari

  3. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

3. Umumxo‘jalik faoliyatidan foydaning

  1. Moliyaviy faoliyatdan daromadlar

  2. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar

Sof foyda va uning omilli tahlili:
Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi: ∆ R = R1 – R0
Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi: ∆R1 = ∑ q1p1- ∑ q1 p0


2. Kreditga layoqatlilikni baholashda tijorat banklarining kredit siyosatining o‘ziga xos jihatlari.
Bank Kredit siyosati – joriy yil mobaynida bank kredit portfelini shakllantirish, xususan, kreditlash borasidagi bank faoliyatining Markaziy bankning kredit munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari talablaridan kelib chiqib, kreditlash tamoyillariga mosligini ta’minlash, kredit portfelini samarali boshqarish, kredit berish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni baholash hamda ularni minimallashtirish, kredit monitoringi o‘tkazish va uni so‘ndirish jarayoni bilan bog‘liq amallarni belgilash, kredit portfelini diversifikatsiyalash hamda bank foiz siyosatini yuritish bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisidan iboratdir.
Bank kredit siyosatining asosiy maqsadi – mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga yo‘naltirish hisobiga yuqori daromad olinishini ta’minlashga qaratilgan.
Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalda joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruv a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Kredit siyosati hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevori hisoblanadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan kredit siyosati kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:
- Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog‘liq masalalar;
- Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati (eng ko‘p kredit summalari va turlari);
- Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami majburiyatlar;
- Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari ko‘rsatiladi.
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi.



Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling