2. Kreditga layoqatlilikni moliyaviy koeffitsientlarda baholash.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholashda moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy jihatdan o‘rganganda moliyaviy ahvoliga hozirda bank amaliyotida keng qo‘llanilib kelayotgan moliyaviy koeffitsiyentlardan foydalanib baho beriladi.Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy jihatdan o‘rganganda asosan moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganishga va kelgusidagi moliyaviy ahvolini bashoratlashga e’tibor qaratish zarurdir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy ahvoliga baho berishda banklar amaliyotida bir qancha metodlardan foydalanib kelinmoqda. Bulardan eng aniq natija beradigan metodlardan biri kompleks tahlil metodidir. Kompleks tahlil metodi xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy ahvolini kompleks o‘rganish asosida aniq xulosa shakllantirish imkonini beradi.
Amaliyotda kreditga layoqatliligini baholashda quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi: korxonaning joriy aktivlari aylanish ko‘rsatkichlari; korxonaning debitorlik qarzlari ko‘rsatkichlari; korxonaning kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari; tovar-moddiy zaxiralari aylanuvchanligi. Korxonaning joriy aktivlari aylanish koeffitsiyenti (Kak) aktivlardan foydalanish samaradorligini va aylanish tezligini ko‘rsatadi.
Kak = MST (010-satr 2-shakl) / joriy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati ((Ayb+Ayo)/2, 390-satr 1-shakl)
Korxona debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti (Kdm) debitorlik qarzlari aylanishi tezligini va davrini ifodalaydi.
Kdm = MST (010-satr 2-shakl) / Debitorlik majburiyatlari o‘rtacha yillik qiymati ((DMyb+DMyo)/2, 210-satr 1-shakl)
Korxona kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyenti (Kkm) kreditorlik qarzlarining aylanish tezligini va davrini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |