Vazifalari. Bilimlar xajmini belgilashda geografiya


Loyihalar (proyeksiyalar)-


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1384357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI MAQSAD VA VAZIFALARI.BILIMLAR

Loyihalar (proyeksiyalar)-bu Yer yuzasining xaritada tasvirlash 
usulidir. 
Yer 
dumaloq 
bo‘lganligi 
tufayli 
uni 
tekislikda 
tasvirlanayotganda ma’lum bir hatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bunday 
hatoliklarga asosan maydonni, uzunlik va burchaklarni tasvirlayotganda 


yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun turli xil (teng burchakli, teng maydonli, 
teng masofali va aralash loyihalar) qo‘llaniladi. 
 
Shartli belgilar-voqea va hodisalarni ma’lum bir belgilar 
yordamida xaritada tasvirlanishidir. Miqyosli shartli belgilar yordamida 
voqea va hodisalar haqiqiy o‘lchamlari bilan tasvirlanadi. Miqyossiz 
shartli belgilar bilan xaritalarning miqyosida ko‘rsatib, bo‘lmaydigan 
voqea va hodisalar tasvirlanadi (TETS, kon, shakllar, aholi yashaydigan 
joylar). Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo‘llar, chegaralar 
ko‘rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo‘nalishi, 
o‘rmondagi daraxtlarning turlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, 
harfli, sonli shartli belgilar ham bo‘ladi. 
Geografiya 
xaritalari 
hududiy 
ko‘lamiga, 
mazmuniga, 
masshtabiga, nimaga xizmat qilishiga, katta-kichikligiga va boshqa 
belgilarga qarab bo‘linadi. Xaritalar ixtisosiga qarab umumiy geografik 
va maxsus xaritalarga bo‘linadi. 
Umumiy geografik xaritalar yirik masshtabli (topografik) 
xaritalarga, o‘rtacha masshtabli, mayda masshtabli xaritalarga bo‘linadi. 
Maxsus xaritalarga dunyo xaritalari: iqlim xaritasi, tabiat zonalari 
xaritasi, o‘simlik xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi: tuproq xaritasi, 
aholi zichligi xaritasi, aloqa yo‘llari xaritasi va boshqa xaritalar, sanoat 
qishloq xo‘jaligi va transport tarmoqlari xaritalari va boshqalar kiradi. 
O‘quv jarayonida xaritalarga va stolga qo‘yiladigan xaritalarga 
bo‘linadi. 
Devoriy xaritalar, asosan darsda materialni bayon etayotgan vaqtda 
ko‘rsatish uchun, takrorlash mashq qilish va o‘quvchilarning bilimlarini 
tekshirish vaqtida foydalaniladi. Devoriy xaritalar odatda ancha uzoqdan 
o‘qitiladi. Shuning uchun ham bunday xaritalar katta o‘lchamda nashr 
etiladi.
Stolda foydalaniladigan xaritalar darslikka ilova qilingan xaritalar, 
atlas xaritalar, darslik matndagi xaritalar ba’zan esa ayrim xaritalardan 
iborat bo‘ladi. Stolda foydalaniladigan asosiy xaritalar bo‘lgan mustaqil 
darsliklarga ilova qilib berilgan xaritalar devoriy xaritalar kabi rangdor 
bo‘ladi. Stolga qo‘yiladigan barcha xaritalar, devoriy xaritalardan farq 
qilib, o‘quvchilarning sinfda va uyda individual ishlari uchun 


foydalaniladi. Bu xaritalar yaqindan qarab o‘qishga mo‘ljallangan va 
shunga ko‘ra o‘lchami kichik va devoriy xaritalarga qaraganda 
masshtabi ham mayda bo‘ladi. 
Darslik matnidagi xaritalar ilova qilib berilgan xaritalardan farq 
qilib, asosan bir rangdagi maxsus tabiiy va iqtisodiy xarita-sxemalardan 
iborat bo‘ladi. Ularning mazmuni darslikning tegishli matniga 
moslashadi. Geografiya o‘qitishda globus o‘ziga xos kartografik qurol 
hisoblanadi. Katta va kichik globuslar bor. Katta globuslar butun sinfga 
ko‘rsatish uchun, kichik globuslar esa har bir o‘quvchining xaritada 
mustaqil ishlayotganida foydalaniladi. Lekin bunday xaritalar qimmat 
bo‘lganligidan maktablarda hozircha ulardan kam foydalaniladi. 
Har bir geografik xarita kartografik turdan, quruqlik va suvlarning 
muayyan masshtabda chizilgan yozuvsizlaridan, shartli belgilardan, 
geografik nomlar va raqamlardan iboratdir. Shunga ko‘ra 
o‘quvchilarning geografik xarita haqidagi bilimi kamida quyidagi 
shartlarni o‘z ichiga olishi kerak: 
1. Dasturda ko‘rsatilgan geografik nomlarni bilish va tegishli 
kartografik tasavvurlar bo‘lishi. 
2. Xaritaning shartli belgilarini bilish va xaritaning tuzilishini 
tushunish kerak. 
Buning ma’nosi shuki, o‘quvchilar eng avval, dasturda ko‘rsatilgan 
geografik obektlarning nomlarini esda tutishlari, ularning geografik 
o‘rnini va xaritada bir-birlariga nisbatan joylashishini tasavvur eta 
olishlari, ularni xaritadan topa bilishlari va to‘g‘ri ko‘rsata olishlari 
kerak. O‘quvchilar, shuningdek, xaritaning eng muhim yozuvsiz 
xaritalarini tasavvur eta olishlari lozim. 
Xaritaning tuzilishi to‘g‘risida eng boshlang‘ich bilimga ega 
bo‘lmasdan turib, ya’ni xaritaning voqelikni aks ettirishini 
tushunmasdan, uning masshtabini, undagi yo‘nalishlarni, kartografik 
turning ahamiyatini tushunmasdan turib xaritani chinakam bilib 
bo‘lmaydi. 
Uslubiyotda xaritani o‘qiy olish deganda hududni va ayrim 
geografik obektlarni xarita asosida ta’riflab bera bilish tushuniladi. 


XIX asrning oxiridagi mashhur uslubiyotchi A.Brizgalov 
o‘quvchilarga xaritani o‘qiy olishni o‘rganishda o‘qituvchining 
vazifalari mana bunday obrazli qilib ifoda etgan edi: “...Qani endi 
o‘quvchi xaritaga, masalan, musiqachi o‘z notalariga qanday 
munosabatda bo‘lsa, shunday munosabatda bo‘lsa, ya’ni u biron-bir 
mamlakatning xaritasiga ko‘z tashlar ekan, xaritada berilgan geografik 
ma’lumotlardan shu mamlakat aholisining hayoti to‘g‘risida har holda 
to‘g‘ri xulosalar chiqara oladigan bo‘lsa. Xaritani tashkil etadigan 
geografik belgilar shunday ma’lumotlarga aylanishi kerakki, o‘quvchi 
bu ma’lumotlar asosida, musiqachi nota belgilari va uning bir guruhini 
to‘plab, o‘z ongida muayyan tovushlar yig‘indisini hosil qilgani kabi o‘z 
xulosalarini chiqara olsin...”. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling