Vazifalari. Bilimlar xajmini belgilashda geografiya
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI MAQSAD VA VAZIFALARI.BILIMLAR
M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi.
Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita kartasi nashr etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar bilan to`ldirildi. 1786 yilda Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar: 1. Kichik maktablar (ikki yillik) 2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga Yevropaning umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy geografiya o`qitilib, bunda dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, so’ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif berilar edi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX asr boshida Rossiyadagi barcha o’quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor kuchaytirildi. Gimnaziya maktablarini uchinchi sinfida haftasiga 14 soat geografiya o`qitilar edi. Bundan dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib so`ngra dunyodagi alohida mamlakatlarda ta’rif berilardi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o’qitilar edi. E. F. Zablovskiy, K.A.Arsenev tomonidan yaratilgan darsliklar qo`llanilar edi. K.D.Ushiniskiy geografiya ta’limini rivojlantirish yuzasidan bir qator ilg`or g`oyalarni o`rtaga tashladi. U darsliklarni rasmlar bilan boyitish, oddiydan murakkabga qarab ma’lumotlarni joylashtirishni ta’kidlab, ko’rsatib berdi. K.D.Usheniskiy bergan takliflar rus olimi D.D.Semyonov tomonidan hisobga olinib 1860-1867 yillar davomida uch qismdan iborat “Geografiya darslari” nomli kitob yaratildi. Unda o`lka geografiyasini o`rganishga, darslarni ko`rgazmali materiallar bilan boyitishga, o`quvchilarni mustaqil tarzda kartalar chizishga, har bir geografiya darsini ma’lum tizim asosida oddiydan murakkabga qarab o`rganishga e’tibor kuchaytirildi. D.D.Semyonov tomonidan yaratilgan darsliklar 15 martagacha qayta nashr qilinib, XIX asrning oxirigacha maktablarda o’qitildi. O`sha davrda K.Smirnov va D.Linberg tomonidan yaratilgan darsliklar ham maktablarda o’qtilar edi. Bu darsliklarning kamchiligi shunda ediki, ular murakkab tilda yozilib, rasm va chizmalari yo’q edi. Bu darsliklarda geografik nomlarga e’tibor kuchaytirilgan bo’lsada, ammo har bir matndan keyin savol va topshiriqlar yo`q edi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida geografiyaga oid ilg`or pedagogik g`oyalar aks ettirilgan G. I. Ivanov, A. A Kruber, A. S. Barkov, S. G. Grigorev muallifligida yangi darsliklar yaratildi. Darsliklarda geografik nomenklatura qisqartirildi, rasmlar bilan boyitildi, qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli faktlar kichikroq shriftlar bilan darslikka kiritildi. Maktab geografiyasini takomillashtirishda nashr qilingan bir qator yangi metodik qo`llanmalar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Jumladan N. Rayevskiy, S. Mecha, E. YU. Petri, S. P.Arjanova, A.P.Nechayev, B. P. Budanov tomonidan yaratilgan metodik qo`llanmalarda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, geografiyaga doir rasmlar bilan ishlash, savol va topshiriqlarni oddiylashtirish va boshqa yo`nalishlarda ilmiy metodik g’oyalar yaratildi. 1914 yilda maktabning yangi o`quv rejasi qabul qilindi. Unda geografiya faqat quyi sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham o`qitilishi ko`rsatib qo`yildi. 1915 yilda Moskva shahrida butun Rossiya geografiya o`qituvchilarining I syezdi o`tkazildi. Syezd ishtirokchilari o`z chiqishlarida geografiya fanini yana chuqurroq o`rganish yuzasidan o`z takliflarini berishdi. 1921 yilda taniqli geograf olim D.N. Anuchin rahbarligida geografiyadan umumdavlat o`quv dasturining loyihasi ishlab chiqildi. Unda ikkita asosiy masala ko`zda tutilgan edi. 1. O`quvchilarning geografiyani mustaqil o`rganishga qiziqishlarini oshirish. 2. O`quvchilarning o`z o`lkasi geografiyasini chuqur o`rganishiga e’tiborini kuchaytirish ta’kidlanadi. 1924 - 1927 yillar davomida maktab ta’limida DOK tomonidan yaratilgan maxsus dastur asos qilib olindi. Uning maqsadi maktab ta’limini mehnat bilan bog`lashga qaratilgan tizimni vujudga keltirishdan iborat edi. Maktabda alohida fanlar o`rniga “Tabiat, mehnat, jamiyat” deb nomlanuvchi yo`nalishlar tuzildi. Bunday ta’lim o`quvchilarni chuqur georafik bilimlar bilan qurollantirishga jiddiy zarar yetkazdi. 1927 yildan boshlab geografiya fani ya’na mustaqil fan sifatida maktablarda o`z o`rniga tiklandi. Maktab geografiya ta’limini takomillashtirishda 1932 yil 25 avgustda BKP ning o`quv dasturlari haqidagi qarorida maktab geografiya ta’limiga quyidagi o`zgarishlar kiritildi: 1. Geografiya darslarida karta asosiy bilim manbai ekanligini hisobga olib, maktab uchun geografik kartalar, atlaslar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2. O`z Respublikasi, oblasti geografiyasini o`rganishga e’tibor kuchaytirildi. 3. Kapitalistik mamlakatlar geografiyasini o`rganishga ruhsat berildi. 4. O`quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimiga o`tildi. 1934 yil 15 may “O`rta va boshlang`ich maktablarda geografiya fanini o`qitish haqida” hukumatning mahsus qarori qabul qilindi. Unga ko`ra maktab geografiya ta’limida quyidagi o’zgarishlar kiritildi: 1. Oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qituvchilari tayyorlash maqsadida alohida fakultet va kurslar tashkil etildi. 2. O’z vatani geografiyasini o’rganish uchun o’quv soatlari 2 marotabaga oshirildi. 3. “Geografiya v shkole” ilmiy-metodik jurnalini nashr ettirish yuzasidan aniq tadbirlar belgilandi. 4. Maktablar uchun yangi darsliklar, geografik atlas, karta va yozuvsiz kartalar ishlab chiqish yo`lga qo`yildi. 5. Geografiya darslarining mazmunini to`ldirish maqsadida amaliy ishlarga yo`l berildi. 1958 yil 24 dekabrda “Maktab haqida qonun” qabul qilindi. U ko`p fanlar qatori geografiya faniga ham o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatdi. O`z o`lkasini o’rganish uchun maktab dasturida alohida o’quv soatlari kiritildi va oblastlar, o`lkalar, tumanlar kartalarini nashr qilishga ruxsat berildi. 1966 yildan mustaqillik yillarigacha sobiq sho`rolar hukumati tomonidan maktab geografiya o`quv dasturini mazmunan o`zgartirilgan 6 ta dasturi ishlab chiqildi va shu asosida maktabda V - X larda geografiya fanini o`qitish yuzasidan ishlar amalga oshirildi. 1986 yilda qabul qilingan geografiya dasturi quyidagi jihatlari bilan oldingi dasturlardan farq qilar edi: 1. Dasturda tayanch geografik tushunchalar alohida ajratib ko`rsatildi. 2. Geografiyadan amaliy ishlarning ikki turi ya’ni (A) mashq uchun bajariladigan amaliy ishlar, (B) yakuniy amaliy ishlar. 3. O`quvchilarning amaliy ko`nikmalarini aniqlashga doir talablar o`quv dasturiga kiritildi. 4. O`quvchilarning bilimiga nisbatan har bir kurs uchun alohida talablar qo`yildi. 5. O`quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini odilona baholash maqsadida 5 ballik baholash normasi o`quv dasturiga kiritildi. Geografiya fanini maqsad va vazifalari turli davrlarda o’zgarib va qaytadan shakillanib turgan. O’qitishni maqsadini aniqlash qadimdan didaktika va geografiya o’qitish metodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib kelmoqda. Ushbu muammoni qanday yechish maktab geografiyasining tuzilishi, mazmunini va o’qitish metodlarini turlari bilan bog’liq. XX-asr davomida o’qitish maqsadini ishlab chiqish muammosiga katta e’tibor berildi. Hozirgi davrda (XXI-asr) ham geografiya ta’limining mazmunini o’zgarishi munosabati bilan mazkur muammoga yanada ko’proq e’tibor berilmoqda. Geografiya o’qitish metodikasi geografiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan o’quv, jarayonlar, tamoyil (prinsip)lar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur tamoyil va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab geografiya kursi bilan bog’liq o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi. Geografiya o’qitish metodikasining obyekti - mazkur o’quv fani bilan aloqador bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy jarayon. Geografiya o’qitish metodikasining predmeti - geografik ta’limning maqsadi, mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. Geografiya o’qitish metodikasining maqsadi – geografiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etish. Geografiya o’qitish metodikasining vazifasi – geografiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etish. Shuningdek geografiya o’qitish metodikasi quyidagilarni ham o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi: - bo’lajak o’qituvchilarga geografik o’quv fanlar bo’yicha chuqur va atroflicha bilim berish; maktab geografiyasining ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berish; maktab geografiyasining mazmunini zamon talablariga mos ravishda yanada takomillashtirish; maktab geografiyasi mazmuni va tuzilishida z amonaviy fan yutuqlarini aks ettirish; - geografiya darslarini tuzilishi, o’lchamlari va turlarini yanada takomillashtirish; - geografiya o’qitishni yangi pedagogik va va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalda qo’llash; - geografik ekskursiyalar, tadqiqotlar o’tkazish texnologiyasini yanada takomillashtirish; o’quvchilarda amaliy geografik ko’nikmalarni shakillantirish texnologiyasini takomillashtirish; - o’quvchilarning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Geografiya o’qitish metodikasi talabalar va o’qituvchilarni o’qitish nazariyasi va tarbiyasi bilan qurollantiradi. Geografiya o’qitish metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan. Geografiya o’qitish metodikasini geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: -geografiya fani maktab geografiyasi mazmuni asosini tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Geografiya fanidagi yutuqlar va o’zgarishlar maktab geografiyasining mazmunida va tuzilishida aks etib boradi ; - geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy geografiya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’tiladigan «Amaliy geografiya» darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks etgan; -o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: geografiyada keng qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng qo’llaniladi (haritalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tadqiqot ishlari maktab geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan; - geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Hozirgi paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologik- geografik sharoit; tizimli usul; geosiyosat : bashorat; baholash va h.k. Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika fani geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, usullari hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. Geografiya o’qitish metodikasi fani didaktika faniga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, o’quvchilarning geografik bilmi, ko’nikma va malakalarni baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g’oyalar tizimini shaklllantirish va boshqalar. Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonunyatlarini o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning ruhiy faoliyatini, ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tomonlarni o’rganadi. Geografiya predmetini o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo’lmaydi. Shu tufayli geografiya o’qitish metodikasi psixologiya fani bilan chambarchas bog’langan. Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviy bog’langan. Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi geografiya ta’limida atrof- muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor berilgan. Tabiiy geografiya boshlang’ich kursidan boshlab (5-sinf), umumiy o’rta ta’lim geografiya predmetlarida tabiiy resruslardan oqilona foydalanish, tabiat tarkiblarni xo’jalik faoliyati ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va atrof- muhit muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan. Geografiya ta’limi metodikasi tarix , til va adabiyot va boshqa gumanitar fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida geografik bilimlarning rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiatni va uni o’zlashtirilish tarixini o’rganish tarixiy manbalarinrini o’rganish bilan bog’liq. Geografik nomlarni to’g’ri yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi va mazmunini aniqlashda tilshunoslik qonunyatlari va qoidalari asosida olib boriladi. Maktab geografiyasida jahon, mamlakatlar va hududlarini o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va undagi jarayonlarni o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin ifodalar, talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi. Geografiya o’qitish metodikasi kimyo, geografiya va qishloq xo’jaligi fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik qobiqning kimyoviy tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va ularni oldini olish yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi kimyo fanining yutuqlariiga asoslanadi. Geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan tuproq, o’simlik qoplami, hayvonot dunyosini va turli xil ekinlarni yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda maktab geografiyasi geografiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi yutuqlariga asoslanadi. Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish va tashkil qilishda, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda maktab geografiyasi matematika , statistika va axborot texnologiyalari fanlari yutuqlariga asoslanadi. Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari ishlab chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogik texnalogiyalar fani yutuqlariga tayanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling