Vazifalari. Bilimlar xajmini belgilashda geografiya


Erotosfen 2 tomli “Geografiya” nomli asarni yozgan. Shu tufayli ham uni “Geografiyaning otasi”


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1384357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI MAQSAD VA VAZIFALARI.BILIMLAR

Erotosfen 2 tomli “Geografiya” nomli asarni yozgan. Shu tufayli ham uni
“Geografiyaning otasi” deb aytiladi.
Mashhur geograf, tarixchi Strobon ham 17 tomli “Geografiya” nomli asarini 
yozadi. Unda mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar yaqqol aks etgan. Eng muhimi 
antik davr olimlarining Yer to`g`risidagi fikrlarini umumlashtirib bergan.
Qadimgi dunyoning eng mashhur astronom va geograflaridan biri Ptolomey 
ham geografiya faniga salmoqli hissa qo’shgan. U 8 tomdan iborat “Geografiya” 
nomli asar yozgan. Ayniqsa, Ptolomey tuzgan kartalar birmuncha mukammal 
bo’lgan. Uning kartalaridan bir necha yuz yillar davomida foydalanib kelingan. 
Ayniqsa, O`rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al – Xorazmiy va
Al - Beruniylarning geografiya sohasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir. 


Geografiya fanini maktablarda o`qitish G`arbiy Yevropada XVII asrning 
ikkinchi yarmida boshlangan. Rossiyada esa XVIII asrning boshidan geografiya 
mustaqil fan sifatida o`qitilgan. 
Pyotr I Rossiyada iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishi ta’limda 
aloqalarni kuchayishi munosabati bilan geografiyaga ehtiyoj kuchaydi. 1710 yilda 
noma’lum Yevropalik tomonidan “Geografiya yoki yerning qisqacha ta’rifi” 
darsligi nashr ettirildi. 
1719 yilda Rossiyalik olim Iogann Gyubner tomonidan “Yerning umumiy 
ta’rifi” darsligi yaratildi. Bu darsliklarning bir qator kamchiliklari mavjud edi. Ular 
murakkab tuzilgan bo`lib, o`quvchilar yoshiga mos emasligi, ko`proq matematik 
geografiyaga doir ma’lumotlar bilan boyitilgani uchun ularni o`zlashtirish qiyin 
kechar edi. 
XVIII asrning birinchi yarmida Kaspiy dengizining qirg`oqlarini, Shimoliy 
Muz okeanidagi orollarni, Kamchatkani va Kuril orollarini o`rganish yuzasidan 
katta ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Maktablarda mashhur geograf olim 
V.N.Tatishev tomonidan yaratilgan “Rossiya geografiyasidan ocherklar” kitobi 
birinchi darslik sifatida foydalanildi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling