Vazifalari. Bilimlar xajmini belgilashda geografiya


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1384357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI MAQSAD VA VAZIFALARI.BILIMLAR

M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. 
Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita 
kartasi nashr etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar 
bilan to`ldirildi. 1786 yilda Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. 
Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar: 
1. Kichik maktablar (ikki yillik) 
2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil 
davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga 
Yevropaning umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy 
geografiya o`qitilib, bunda dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, 
so’ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif berilar edi. Yuqori sinflarda 
Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX asr boshida 


Rossiyadagi barcha o’quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor 
kuchaytirildi. 
Gimnaziya maktablarini uchinchi sinfida haftasiga 14 soat geografiya o`qitilar 
edi. Bundan dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib so`ngra dunyodagi 
alohida mamlakatlarda ta’rif berilardi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va 
geografik statistika fanlari o’qitilar edi. E. F. Zablovskiy, K.A.Arsenev tomonidan 
yaratilgan darsliklar qo`llanilar edi. K.D.Ushiniskiy geografiya ta’limini
rivojlantirish yuzasidan bir qator ilg`or g`oyalarni o`rtaga tashladi. U darsliklarni 
rasmlar bilan boyitish, oddiydan murakkabga qarab ma’lumotlarni joylashtirishni 
ta’kidlab, ko’rsatib berdi. K.D.Usheniskiy bergan takliflar rus olimi 
D.D.Semyonov tomonidan hisobga olinib 1860-1867 yillar davomida uch qismdan 
iborat “Geografiya darslari” nomli kitob yaratildi. Unda o`lka geografiyasini 
o`rganishga, darslarni ko`rgazmali materiallar bilan boyitishga, o`quvchilarni 
mustaqil tarzda kartalar chizishga, har bir geografiya darsini ma’lum tizim asosida 
oddiydan murakkabga qarab o`rganishga e’tibor kuchaytirildi. D.D.Semyonov 
tomonidan yaratilgan darsliklar 15 martagacha qayta nashr qilinib, XIX asrning 
oxirigacha maktablarda o’qitildi. O`sha davrda K.Smirnov va D.Linberg 
tomonidan yaratilgan darsliklar ham maktablarda o’qtilar edi. Bu darsliklarning 
kamchiligi shunda ediki, ular murakkab tilda yozilib, rasm va chizmalari yo’q edi. 
Bu darsliklarda geografik nomlarga e’tibor kuchaytirilgan bo’lsada, ammo har bir 
matndan keyin savol va topshiriqlar yo`q edi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida geografiyaga oid ilg`or pedagogik
g`oyalar aks ettirilgan G. I. Ivanov, A. A Kruber, A. S. Barkov, S. G. Grigorev
muallifligida yangi darsliklar yaratildi. Darsliklarda geografik nomenklatura 
qisqartirildi, rasmlar bilan boyitildi, qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli faktlar 
kichikroq shriftlar bilan darslikka kiritildi. 
Maktab geografiyasini takomillashtirishda nashr qilingan bir qator yangi 
metodik qo`llanmalar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Jumladan N. Rayevskiy, 
S. Mecha, E. YU. Petri, S. P.Arjanova, A.P.Nechayev, B. P. Budanov tomonidan 
yaratilgan metodik qo`llanmalarda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, 


geografiyaga doir rasmlar bilan ishlash, savol va topshiriqlarni oddiylashtirish va 
boshqa yo`nalishlarda ilmiy metodik g’oyalar yaratildi.
1914 yilda maktabning yangi o`quv rejasi qabul qilindi. Unda geografiya faqat
quyi sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham o`qitilishi ko`rsatib qo`yildi. 1915 
yilda Moskva shahrida butun Rossiya geografiya o`qituvchilarining I syezdi 
o`tkazildi. Syezd ishtirokchilari o`z chiqishlarida geografiya fanini yana chuqurroq 
o`rganish yuzasidan o`z takliflarini berishdi. 1921 yilda taniqli geograf olim 
D.N. Anuchin rahbarligida geografiyadan umumdavlat o`quv dasturining loyihasi 
ishlab chiqildi. Unda ikkita asosiy masala ko`zda tutilgan edi.
1. O`quvchilarning geografiyani mustaqil o`rganishga qiziqishlarini oshirish. 
2. O`quvchilarning o`z o`lkasi geografiyasini chuqur o`rganishiga e’tiborini 
kuchaytirish ta’kidlanadi. 
1924 - 1927 yillar davomida maktab ta’limida DOK tomonidan yaratilgan maxsus 
dastur asos qilib olindi. Uning maqsadi maktab ta’limini mehnat bilan bog`lashga 
qaratilgan tizimni vujudga keltirishdan iborat edi. Maktabda alohida fanlar o`rniga
“Tabiat, mehnat, jamiyat” deb nomlanuvchi yo`nalishlar tuzildi. Bunday ta’lim 
o`quvchilarni chuqur georafik bilimlar bilan qurollantirishga jiddiy zarar yetkazdi. 
1927 yildan boshlab geografiya fani ya’na mustaqil fan sifatida maktablarda o`z
o`rniga tiklandi. Maktab geografiya ta’limini takomillashtirishda 1932 yil 25 
avgustda BKP ning o`quv dasturlari haqidagi qarorida maktab geografiya 
ta’limiga quyidagi o`zgarishlar kiritildi: 
1. Geografiya darslarida karta asosiy bilim manbai ekanligini hisobga olib, maktab 
uchun geografik kartalar, atlaslar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 
2. O`z Respublikasi, oblasti geografiyasini o`rganishga e’tibor kuchaytirildi.
3. Kapitalistik mamlakatlar geografiyasini o`rganishga ruhsat berildi.
4. O`quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimiga o`tildi. 
1934 yil 15 may “O`rta va boshlang`ich maktablarda geografiya fanini o`qitish 
haqida” hukumatning mahsus qarori qabul qilindi. Unga ko`ra maktab geografiya 
ta’limida quyidagi o’zgarishlar kiritildi: 


1. Oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qituvchilari tayyorlash maqsadida alohida 
fakultet va kurslar tashkil etildi.
2. O’z vatani geografiyasini o’rganish uchun o’quv soatlari 2 marotabaga
oshirildi. 
3. “Geografiya v shkole” ilmiy-metodik jurnalini nashr ettirish yuzasidan aniq 
tadbirlar belgilandi. 
4. Maktablar uchun yangi darsliklar, geografik atlas, karta va yozuvsiz kartalar 
ishlab chiqish yo`lga qo`yildi. 
5. Geografiya darslarining mazmunini to`ldirish maqsadida amaliy ishlarga yo`l 
berildi.
1958 yil 24 dekabrda “Maktab haqida qonun” qabul qilindi. U ko`p fanlar 
qatori geografiya faniga ham o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatdi. O`z o`lkasini 
o’rganish uchun maktab dasturida alohida o’quv soatlari kiritildi va oblastlar, 
o`lkalar, tumanlar kartalarini nashr qilishga ruxsat berildi. 1966 yildan mustaqillik 
yillarigacha sobiq sho`rolar hukumati tomonidan maktab geografiya o`quv 
dasturini mazmunan o`zgartirilgan 6 ta dasturi ishlab chiqildi va shu asosida 
maktabda V - X larda geografiya fanini o`qitish yuzasidan ishlar amalga oshirildi. 
1986 yilda qabul qilingan geografiya dasturi quyidagi jihatlari bilan oldingi 
dasturlardan farq qilar edi: 
1. Dasturda tayanch geografik tushunchalar alohida ajratib ko`rsatildi.
2. Geografiyadan amaliy ishlarning ikki turi ya’ni (A) mashq uchun bajariladigan 
amaliy ishlar, (B) yakuniy amaliy ishlar.
3. O`quvchilarning amaliy ko`nikmalarini aniqlashga doir talablar o`quv dasturiga 
kiritildi. 
4. O`quvchilarning bilimiga nisbatan har bir kurs uchun alohida talablar qo`yildi.
5. O`quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini odilona baholash maqsadida 
5 ballik baholash normasi o`quv dasturiga kiritildi. 
Geografiya fanini maqsad va vazifalari turli davrlarda o’zgarib va qaytadan
shakillanib turgan. O’qitishni maqsadini aniqlash 
qadimdan didaktika va 
 
geografiya o’qitish metodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib


kelmoqda. Ushbu muammoni qanday yechish maktab geografiyasining tuzilishi,
mazmunini va o’qitish metodlarini turlari bilan bog’liq. XX-asr davomida o’qitish
maqsadini ishlab chiqish muammosiga katta e’tibor berildi. Hozirgi davrda 
(XXI-asr) ham geografiya ta’limining mazmunini o’zgarishi 
munosabati bilan 
 
mazkur muammoga yanada ko’proq e’tibor berilmoqda.
Geografiya o’qitish metodikasi geografiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan
o’quv, jarayonlar, tamoyil (prinsip)lar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur
tamoyil va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab geografiya kursi bilan
bog’liq o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va
boshqarish imkonini beradi.
Geografiya o’qitish metodikasining obyekti - mazkur o’quv 
fani bilan 
 
aloqador bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy jarayon. 
Geografiya o’qitish metodikasining predmeti - geografik ta’limning maqsadi,
mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Geografiya o’qitish metodikasining maqsadi – geografiya o’quv 
fanlarining 
 
mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy
etish.
Geografiya o’qitish metodikasining vazifasi – geografiya o’quv fanlarining
mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy
etish. Shuningdek geografiya o’qitish metodikasi quyidagilarni ham o’z oldiga
vazifa qilib qo’yadi:
- bo’lajak o’qituvchilarga geografik o’quv fanlar bo’yicha chuqur va 
atroflicha bilim berish;
maktab geografiyasining ta’limiy,tarbiyaviy 
va rivojlantirish 
 
imkoniyatlarini ochib berish; maktab geografiyasining mazmunini zamon talablariga 
mos ravishda yanada takomillashtirish; maktab geografiyasi mazmuni va tuzilishida z
amonaviy fan yutuqlarini aks ettirish; - geografiya darslarini tuzilishi, o’lchamlari va 
turlarini yanada
takomillashtirish;
- geografiya o’qitishni yangi pedagogik va va 
axborot texnologiyalarini
 
ishlab chiqish va amalda qo’llash;


- geografik ekskursiyalar, tadqiqotlar o’tkazish texnologiyasini yanada
takomillashtirish; 
o’quvchilarda
amaliy
geografik
ko’nikmalarni
shakillantirish 
texnologiyasini takomillashtirish;
- o’quvchilarning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida kamol topishiga 
 
ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, 
vositalari va 
 
metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Geografiya o’qitish metodikasi talabalar va o’qituvchilarni o’qitish
nazariyasi va tarbiyasi bilan qurollantiradi.
Geografiya o’qitish metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda
gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan. Geografiya o’qitish metodikasini
geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-geografiya fani maktab geografiyasi mazmuni asosini tashkil qiladi va
uning rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Geografiya fanidagi yutuqlar va
o’zgarishlar maktab geografiyasining mazmunida va tuzilishida 
aks etib boradi
;
- geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks
etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy geografiya.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’tiladigan «Amaliy geografiya»
darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks etgan;
-o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida
qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: geografiyada keng
qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng qo’llaniladi
(haritalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan 
tadqiqot ishlari maktab 
 
geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan;
- geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining
rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Hozirgi paytda maktab
geografiyasida yangi-yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologik- geografik


sharoit; tizimli usul; geosiyosat : bashorat; baholash va h.k.
Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy asosini
tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika 
fani tomonidan asoslab 
 
berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika fani
geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va
munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni,
usullari hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi.
Geografiya o’qitish metodikasi fani didaktika faniga suyanibgina qolmasdan balki
uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, o’quvchilarning
geografik bilmi, ko’nikma va malakalarni baholash, geografik tasavvur, tushuncha,
g’oyalar tizimini shaklllantirish va boshqalar.
Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonunyatlarini
o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning ruhiy faoliyatini,
ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tomonlarni
o’rganadi. Geografiya predmetini o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash
qobiliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib
bo’lmaydi. Shu tufayli geografiya o’qitish metodikasi 
psixologiya fani bilan 
 
chambarchas bog’langan. 
Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviy bog’langan.
Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi geografiya ta’limida atrof- 
muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish masalalariga katta
e’tibor berilgan. Tabiiy geografiya boshlang’ich kursidan boshlab (5-sinf), umumiy
o’rta ta’lim geografiya predmetlarida tabiiy resruslardan oqilona foydalanish,
tabiat tarkiblarni xo’jalik faoliyati ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va atrof-
muhit muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan.
Geografiya ta’limi 
metodikasi tarix
, til va adabiyot va boshqa gumanitar
fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida geografik bilimlarning
rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiatni va uni o’zlashtirilish tarixini
o’rganish tarixiy manbalarinrini o’rganish bilan bog’liq. Geografik nomlarni to’g’ri


yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi va mazmunini 
aniqlashda tilshunoslik 
 
qonunyatlari va qoidalari asosida olib boriladi. Maktab geografiyasida jahon,
mamlakatlar va hududlarini o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va
undagi jarayonlarni o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin
ifodalar, talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi.
Geografiya o’qitish metodikasi kimyo, geografiya va qishloq xo’jaligi
fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik 
qobiqning kimyoviy 
 
tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va ularni oldini olish
yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi kimyo fanining yutuqlariiga asoslanadi.
Geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan tuproq, o’simlik qoplami,
hayvonot dunyosini va turli xil ekinlarni yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganishda maktab geografiyasi geografiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi
yutuqlariga asoslanadi.
Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish va tashkil qilishda,
zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda 
maktab geografiyasi matematika
,
statistika va axborot texnologiyalari fanlari yutuqlariga asoslanadi.
Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar
qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari ishlab
chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogik texnalogiyalar
fani yutuqlariga tayanadi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling